Korxonafondlari va vositalarining tarkibi. Tadbirkorlikkapitali tarkibida asosiy kapital, belgilovchi rol o‘ynaydi. Uningmiqdor va sifat jihatdan o‘sIshi, takomillashib borIshi IshlabchiqarIshning yuksak texnika darajasini ta’minlaydi va shu asosda samaradorligini o‘stiradi.
Asosiy kapitalning miqdor jihatdan o‘sIshi unga qo‘yiladigan investitiyalar hajmiga, sifat jihatdan takomillashIshi esa investitiyalarning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 2000 yilrespublikada asosiy kapitalga qo‘yilgan investitiyalar hajmi 696,3 mlrd. so‘mni tashkilqilib, uning386,5 mlrd so‘mi yoki 55,5 foizi IshlabchiqarIsh obyektlarini kurIsh, kengaytirIsh, rekonstruksiya qilIsh va texnikaviy qurollantirIsh Ishlariga sarflangan.
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi, ular orasida: asosiy kapitalning tarkibi (tarkmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanIsh va taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vosiatalrini yangilari bilan almashtirIsh yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalni takror IshlabchiqarIsh o‘zaro bog‘langan ichki jarayonlarga: asosiy kapital eskirIshi, amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanIshga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirIshining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanIsh jarayonida va harakatsiz turIsh natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirIsh.
Mehnat vositalari jismoniy eskirIsh bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirIshning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi.
Ma’naviy eskirIshning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasidaular qiymatining pasayIshida ifodalanadi.
Ma’naviy eskirIshning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning IshlabchiqarIshga kirib kelIshi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanIsh maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirIshdan ko‘riladigan zararning oldini olIshning asosiy o‘qli mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanIsh hisoblanadi.
Amortizatsiya va uningnormasi. Asosiy kapitalni takror IshlabchiqarIsh uchun qilingan harajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borIshiga qarab, uningqiymatini asta-sekin Ishlabchiqarilgan mahsulotga o‘tkazIsh, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arIsh jarayonidan iborat.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiynormasi asosiy kapitalni takror IshlabchiqarIshning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravIshda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital remont qilIshga) mo‘ljallangan.
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanIsh samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va haqazo.
Aylanma kapital harkati va samaradorligi.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanIsh samaradorligini aniqlash va uni oshirIsh omillarini ko‘rsatib berIsh muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitaldan foydalanIshning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi xalq xo‘jaligi miqyosida mahsulotning material sig‘imi (Msig) mahsulot yaratIshda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining YalpiMilliy mahsulot (YAMM) yoki Milliy daromadga (Md) nisbati sifatida aniqlanadi:
Korxonamiqyosidagi material sig‘imi (Msig kor) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining Ishlabchiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi: