Mavzudagi asosiy tushunchalar.
1. Ishlab chiqarish omillari(resurslar) bozori-moddiy resurslar bozori va mexnat bozorini uz ichiga oladi.
2.Moddiy resurslar bozorida bevosita ishlab chiqarish maxsuli bulmish, mashina , uskuna, energiya, moddiy va tabiiy boyliklar bozori ob’ekti buladi.
3.Mexnat bozori ish kuchini sotish va sotib olish bilan boglik munosabatlar bulib, uning ob’ekti maxsus bulgan ish kuchidir.
4.Bozor Iqtisodiyoti taraqqiyotiga ishsizlik xos bulib, u friktsion, strukturaviy yoki davriy bulishi mumkin.
5.Ishsizlikni oldini olish va bu soxada ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda Davlat asosiy rol uynaydi.
6.Jamiyatda ishga yaroksizlar, nogionlar, kariyalar, kup bolali oilalar mavjudki, ular doimo yordamga muxtojdirlar. Ularni ijtimoiy ximoyalash Davlatning vazifasi bulib xisoblanadi.
7.Axolini ijtimoiy ximoyalash daromadlarni kayta taksimlash yuli bilan amalga oshirilib, asosan, Davlat byudjeti xisobiga bajariladi.
8.Bozor Iqtisodiyotining ijtimoiy yunalishda bulishi inson manfaatidan kelib chikadi. Bozor tizimida iqtisodiy tanlov tamoyili asosida daromadlarda tafovut mavjud bulib, u turmush darajasiga ta’sir etadi.
13. Mavzu: Agrar munosabatlari va agrobiznes
Reja:
13.1. Agrar Munosabatlari va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.
13.2. Yer mulkini va xo‘jalik yuritish obyekti.
13.3. Yer rejasi tushunchasi, yer rejasini turlari.
13.4. Agrasanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim bo‘g‘inidir. Unda insoniyat hvyoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, “Respublika sanoatining ko‘pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to‘qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o‘tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqdir”. Demak, aholi uchun zarur tovarlar bozorini to‘ldirish uchun qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Agrar sohasida ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan unumli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Ma’lumki, 1924 yildagi yer – suv islohotlaridan keyin SSSR hududida yerga xususiy mulk bekor qilingan bo‘lib, umumhalq mulki deb e’lon qilingan edi. Ammo ayni paytda sobiq SSSR dan ajralib chiqqan ayrim mamlakatlarda yerga xususiy mulkchilikni joriy qilish jarayoni ketyapdi. Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki bo‘lib, u uzoq muddatga foydalanishga berilyapti.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudodlar: yer o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshilb boradi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonlarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek davlat, xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli bino, inshootlari, transport vositalari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvga qo‘yilgan hayvonlar, yem-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg‘i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida sanoatga nisbatan uzoqroq muddatni tashkil qilganligi sababli aylanma kapitalning ko‘pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsusiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kambayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtida bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan: seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombayinlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos.
Bizning mamlakatimizda Respublikamizning ya’ni amalining nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi. Lekin bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirmoqda. Buning natijasida ilgarigi ko‘plab jamoa va davlat xo‘jaliklari o‘rniga dehqon, fermer va shirkat xo‘jaliklari vujudiga keltirildi. 2002 yilning boshida fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 55400 taga, shirkat xo‘jaliklari soni esa 1900 taga yetadi.
¡zbekiston «yer-davlat mulki umummilliy boylik...» bo‘lganligi sababali yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. ¡zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek, «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin»
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda dehqon, fermer va shirkat xo‘jaliklari amalga oshiradi.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to‘liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodichilar o‘rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha xilma-xil va ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan nzariyalarga duch kelamiz.
Lekin biz bu yerda turli nazariyalar to‘g‘ri, noto‘g‘riligi haqida to‘xtalib munozara qilmaymiz uning o‘rniga rentaning mazmuni va uning hosil bo‘lish sabablari haqida to‘htalamiz.
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish) ning shakllari. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok, (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta – 1, va – 2, monopol renta, mutqol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat) ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar yerga xo‘jalik obyekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differensial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta – 1 va differensial renta – II ga bo‘linadi.
Differensial renta – 1 yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida sarf-harajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo‘llardan uzoq joylashgan yer uchastkalari mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo‘ladi.
Ер участкаси
|
Ижтимоий ишлаб чиқариш харажатлари, (сўм)
|
ўртача фойда (сўм)
|
Ижтимоий қиймат (сўм)
|
Ялпи маҳсулотнинг видуал қиймати
|
Маҳсулот
нинг индивидуал қиймати
|
Ижтимоий қиймат бозор баҳоси
|
Ялпи сотилган маҳсулот (сўм)
|
Дифференциал рента - 1
|
А
|
8000
|
2000
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
Б
|
8000
|
2000
|
10000
|
25
|
400
|
500
|
12500
|
2500
|
В
|
8000
|
2000
|
10000
|
30
|
333
|
500
|
15000
|
5000
|
Biz jadvalda bir miqdorga ega bo‘lgan lekin hosildorligi turlicha, uch xil yer uchastkasini (xo‘jalikni) misol qilib oldik.
Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan diferensial renta 1 ni tashkil qiladi.
Diferensial renta 2 xo‘jaliklarni rivojlantirish, yer unumini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish: yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Ijara hiqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inoot va shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdordan bir-biriga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi meyoriga.
Shundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bq
bunda, R – renta, r1 – osuda foizi normasi, B – yer bahosi,
Faraz qilaylik, R – 15 ming dol., r1 – 5 foiz. Bunda, B – 300 ming dol. Ga teng bo‘ladi. Yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo‘ladi.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Bular eng avvalo, ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko‘lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga bog‘liq.
Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo‘jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, xalq xo‘jaligi oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo‘lishi va rivojlanishida ifodalanadi.
Agrosanoat – majmuasi (ASM) – bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi xalq xo‘jalik tarmoqlaridir. ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat taomrqlari, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan marmoqlar, ikkinchi soha – qishloq xo‘jaligining o‘zi; uchinchi soha – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish).
Agrosanoat majmuasi tarkibida to‘rtinchi soha odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan anfratuzilma muhim o‘rin tutadi. Bular yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo‘jaligi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o‘z ichiga oladi.
Prezidentimiz I.A.arimov ta’kidlaganidek, “Qishloqni yangilash va qayta qurish chora – tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega”. Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Faqat 2000 yil davomida qishloqda 2019,8 km suv quvurlari tarmog‘i ishga tushirildi, 4002,2 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag‘ bilan ta’minlanadigan barcha manbalar hisobidan umumiy maydoni 6,97 mln. kv m uy-joy binolari foydalanishga topshirildi. Qishloqda 145 qishloq vrachlik punktlari qurildi, 17 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan umumta’lim maktablari ishga tushirildi.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi. iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlashorqali foyda ko‘rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yokm ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish ¡zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jiligi” da islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslangan.
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina – traktor saroylari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlov kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir.
Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanish, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib.yu kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlb chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilanshug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bilan tashkil qiladi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgachabarcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |