Xo’jalikning natural shakli. Natural xujalik qadimiy xujalik tiplaridan biri bulib, ishlab chikarilgan maxsulotlar fakat ishlab chiqaruvchilarning uz extiejlari uchun chikariladi. Natural xujalik tovar ishlab chiqarishga qarama-qarshi bulib, xar yuir ishlab chikaruvchi uzi uchun kerakli barcha maxsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Natural xujalik kapitalizmgacha bulgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda xukmron bulib, ishlab chikaruvchi kuchlar va ijtimoiy mexnat taksimotining tula rivojlanmaganligini ifodalaydi. Natural xujalik shakli barcha ijtimoiy- iqtisodiy tizimlarda mavjud bulib, ular bir-birlari bilan almashishi tufayli uzgarib bordi. Kishlok xujaligining xukmronligi va ishlab chiqarishning bevosita iste’mol xarakteriga egaligi natural Xo’jalikning muxim va belgilovchi xususiyatidir.
Natural ishlab chiqarishdagi mexnat tor doiralarda berk (epik) ishlab chiqarish organizmida ijtimoiy xususiyat kasb etadi, Insonlar O’rtasida ishlab chiqarish munosabatlari bevosita namoyon buladi. Konservatizm, ananaviylik ishlab chiqarishning chegaralanganligi natural xujalik shakli uchun xos xususiyatlardir.
Ishlab chikaruvchi kuchlar taraqqiyoti juda xam oddiy va sodda rivojlanish darajasiga ega. Natural xujalik tovar ishlab chiqarish tomonidan asta-sekin sikib chikariladi va tovar xujaligi ustunlikka ega buladi. Masalan, feodalizm sharoitida renta shakllarining rivojlanishi tufayli ishlab berish rentasi, don maxsulotlari, obrok pul rentasi utadi. YA’ni rentaning natural shakllari pul rentasi bilan almashadi.
Xo’jalikning tovar shakli ijtimoiy ishlab chiqarishning ma’lum bir shakli bulib, insonlar O’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mexnat natijalari bulgan maxsulotlarining oldi-sotdi jarayonida amalga oshadi. Xo’jalikning tavar shakli va iste’molchilar O’rtasidagi munosabatlarining maxsus usuli bulib, ijtimoiy mexnatning aloxida talabi sifatida ayrim mexnatning yalpi ijtimoiy mexnatga kushilishi aks ettiradi. Tovar xujaligi natural xujalikka qarama qarshi bulib, u ishlab chikaruvchining ma’lum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini talab kiladi. Tovar xujaligining asosi birinchidan, ijtimoiy mexnat taksimotining rivojlanishi va xar bir ishlab chikaruvchining ma’lum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilarning bir birlaridan ma’lum iqtisodiy aloxidaligidirki, bu iqtisodiy mustakillikda namoyon buladi. Manashu shart-sharoit tovar xujaligini zarur kilib kuyadi va uning rivojlanishiga sabab buladi.
Tovar xujaligi, yukorida aytganimizdek, ibtidoiy jamoa tuzumi oxirida vujudga kelib, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim ikkinchisi bilan almashuvi tufayli usib, rivojlanib bordi. Agar kapitalizmgacha bulgan ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda tovar xujaligi ikkinchi darajali, tobe xolda bulgan bulsa, kapitalizm sharoitida jamiyat iqtisodining barcha tarmok soxalariga kirib borib, bu jamiyatning elementar zarrasiga aylanadi. Xozirgi davrda tovar xujaligining klassik shakli asta-sekin davlatning ishlab chiqarishga aralashuvi, uni tartiblashtirishi natijasida xozirgi davrga moslashadi.
Tovar xujaligida tovar ishlab chiqarish uziga xos qarama-qarshiliklarga egadir. Bir tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilarning mexnati zarur bulib, ijtimoiy xarakterga ega. Ikkinchi tomondan, tovar ishlab chikaruvchilar mexnati aloxidadir. U uzining xususiy mexnati sifatida amalga oshirib, uz maxsuloti bozordi sotilgan sharoitdagina ijtimoiy xarakterga ega buladi. Demak, tovar ishlab chiqarishga sarflangan mexnat bunday sharoitda xam ijtimoiy, xam aloxida xususiy mexnatdir. Aynan shu xolat tovar xujaligining asosiy ziddiyatini Tashqil kiladi. Sababi ijtimoiy mexnat ta’siroti rivojlanishi turli turdagi kasblarning kupayishiga, bu uz navbatida turli tuman maxsulotlarning bozorda paydo bulishiga olib keladi. Xususiy va boshka aloxida mulklar ishlab chiqaruvchilarni bir-biridan ajratib, ular mexnatini ishlab chiqaruvchilarning xusuiy ishi kilib kuyadi va rakobatga chorlaydi.
Tovar xujaligida, xususiy mexnat bilan ijtimoiy mexnat O’rtasidagi ziddiyat ishlab chiqarishni stixiyali sur’atda rivojlan-tiradi. Tovar ishlab chikaruvchilar O’rtasidagi rakobat va moddiy differentsiya kuchayib, ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning kuchli va kup mikdorda sifatli ishlab chiqarish kuvvatiga ega bulganlarining yanada boyishi sodir buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |