“ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi


Umumiqtisodiy xususiyatdagi munosabatliklar



Download 450,89 Kb.
bet107/155
Sana27.03.2022
Hajmi450,89 Kb.
#513280
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси фанидан Маъруза матн

1. Umumiqtisodiy xususiyatdagi munosabatliklar. Bunda milliy daromadlardagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi munosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
2. Tarmoqlararo munosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat halq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda chratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki mahsulot aylantirib o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi.
3. Tarmoq ichidagi munosabatlar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichdagi mutonosiblik alohida olingan tarmoq tarkibdagi soxa va ishlab chikarishlar urtasidagi boglikni ifodalaydi. Masalan, sanotning ishlab chiqarish vostalar va istmol byumlar ishlab chiqaradigan soxalari, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik soxalar urtasidagi mutanosibliklar va x.k.
4. Xududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim xududlari o‘rtasidagi bog‘liklikni xam taqazo qiladi. Yuzaki karaganda xududlar urtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iktisodiy rivojidagi roli tulik namoyon bo‘lmaydi. Lekin aloxida xududiy bulinmalar (viloyat,tuman,shaxar va boshka xududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘likligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperasiyasi va kommunikasiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bogliklikning axamiyati yakkol ko‘rinadi.
5. Davlatlararo mutanosiblar. Bu mutanosiblikni ikki holati taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari halqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlb chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko‘zda tutiladi.
- Mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy rejalardan samarali foydalangan holda jaiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish.
- To‘la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va ishlashni xohlaganlarni to‘liq hamda samarali ish bilan ta’minlash.
- Narx – navoning nisbiy barqarorligiga erishi va uni inflyatsi ta’siridan holi qilish.
- Iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investisiyalash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab borish.
- Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik hollarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘yadi. Shu sababli iqtisodiyotning barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartishiga, ya’ni tanglik hollarga barham berishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir meyorda saqlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqarishga jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobiga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib qoladi. Shu sababli respublikada 90 – yillarning o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko‘zga tashlanadi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita yetakchi tarmog‘i sanoat va qishloq xo‘jaligini isloh qilish va qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq qishloq xo‘jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997 yil keskin burilish davr bo‘ldi, islohotlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning o‘sishidan (101,8%) yuqori bo‘ldi. Bu ijobiy tamoyillar 1998 va undan keyingi yillarda mustahkamlab borildi. Natijada 2001 yilda YAIM – 4,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi – 8,1 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari – 4,5 foizga ko‘paydi. Davlat byudjeti kamaymadi YAIM ning bir foizidan oshmadi. Naqt pul emissiyasi YAIM ga nisbatan 16,4 foizdan omadi.
Tarkibiy siyosatning hududi jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujudga kelgan xududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Respublika iqtisidiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgarishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qiqartishi, halq xo‘jaligining xom ashyo yetishtirishga qaratilgan bir tomonlama yo‘naltirishni bartaf etish va uning eksport imkoniyatini vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalari hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar-respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqllikgini ta’mlovchi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni-neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Halq xo‘jiligini takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng muhim mutanosiblikni ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e’tibor beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infatuzilmasining muhandislik kommunikasiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurilishlar faol investisiya siyostining o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Tashqi investisiyalarni jalb qilishda bevosita investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, halqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy –kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, Respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish vka iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘l tutilgan hozirgi sharoitda ham «iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish» iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu o‘z navbatida boy tabiiy zaxiramiz, mineral xom ashyo, mehnat resurslarimizdan, intellektual hamda ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to‘liq va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom ashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.

Download 450,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish