1. Jamg’arilgan boylik.
2. Tabiiy boylik.
Milliy boylik o’tmishdagi va hozirgi avlodlar mehnati bilan yaratilgan hamda tabiat in’om etgan barcha moddiy ne’matlar, to’plangan bilimlar, malaka va mahoratlar majmuasidan iborat. U mamlakatning sotsial iqtisodiy qudratini ifodalash bilan bir qatorda aholi farovonligini oshirish omili bo’lib ham hisoblanadi.
Milliy boylik hajmi odatda yil boshi yoki oxirida quyidagicha aniqlanadi:
MB = AF + AV + ASHM
Bu yerda: MB-milliy boylik; AF - asosiy fondlar (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari); AV - aylanma vositalar; ASHM - aholining shaxsiy mulki.
Qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab milliy boylik ikki guruhga bo’linadi.
Moddiy g’amlama va zahiralar milliy boylikning;
xom ashyo;
yoqilg’i;
materiallardan iborat bo’lgan qismidir
Moddiy g’amlamalar uzluksiz faoliyatni ta’minlash uchun korxona va firma omborlarida saqlanadigan optimal miqdordagi moddiy mablag’lar.
G’amlamasiz ishlab chiqarish bir me’yorda o’solmaydi. Ammo milliy boylikning haddan tashqari ko’p miqdorda g’amlamaga aylanishi uning harakatini sekinlashganini belgilaydiki, buni ijobiy xodisa deb bo’lmaydi.
Zaxiralar bu turli favqulotda holatlar sodir bo’lganda qo’llash maqsadida g’amlangan moddiy boylikdir.
Aylanma fondlari bu ishlab chiqarish vositalarining bitta ishlab chiqarish tsiklida tamomila iste’mol qilinadigan qismi bo’lib, uning qiymati to’laligicha tayer mahsulotga ko’chadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
mehnat ashyolari g’amlamalari (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, joriy tamirlash uchun ehtiyot qismlari va h.k.);
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim fabrikatlar;
kelajak uchun mo’ljallangan (yangi mahsulotni, yangi texnologiyani o’zlashtirish va h.k.uchun qilinadigian) harajatlar.
Aylanma fondlar asosiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 19-20% ni tashkil qiladi. Ular yil davomida bir necha marta aylanadi. SHu sababli yil davomida sarflangan resurslarning umumiy hajmi ularning o’rtacha yillik hajmiga qaraganda bir necha baravar ko’p bo’ladi.
Aylanma fondlar o’z harakati jarayonida muomila fondlari bilan bog’langandir (tayyor mahsulot, pul mablag’lari) va muomila fondlari ham bitta doiraviy aylanish natijasida dastlabki pul shakliga o’tadi.
Aholining mol-mulki ularning turmush darajasini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichdir. Uning tarkibiga uzoq muddat xizmat qiluvchi quyidagi iste’mol buyumlar kiradi:
mebel;
transport vositalari;
sovutgichlar;
gilamlar;
kiyim kechaklar;
turli qimmatbaho taqinchoqlar;
uy-joy anjomlari (qandillar, isitgich buyumlar, televizor, magnitafon, videokamera, fotoapparat, videomagnitafon h.k.)
Milliy boylik yaratilishi, manbai jihatidan ikki qismdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |