Yalpi ichki mahsulot – bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichidir. U mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha rezidentlar tomonidan pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini anglatadi.
YaIM quyidagi usullarda hisoblanishi mumkin;
ishlab chiqarish;
taqsimlash;
pirovard foydalanish usulida.
Yalpi ishlab chiqarish hajmi yaratilgan mahsulotlar (M) va xizmatlar miqdorini (X) ularning bozor narxiga (R) ko’paytmasidan iborat.
YaIM = MR + XR
YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun tarmoqlar yoki sektorlar bo’yicha guruhlangan barcha mustaqil rezidentlarning yalpi qo’shilgan qiymati (YaQQ) jamlanadi, ya’ni
YaIM = YaQQ
YaQQ = JIM – ORM
Bu yerda JIM – jami ijtimoiy mahsulot, ORM – oraliq mahsulot.
YaIMni harajatlariga asoslanib hisoblanayotganda uning tarkibiga unumsiz xarajatlar qo’shilmaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi;
davlatning transfert to’lovlari (qariyalar, nogironlar nafaqalari, talablar stipendiyalari, qaytarilmaslik sharti bilan sarflangan mablag’lar)
xususiy transfert to’lovlari (masalan, talabalarning o’z uylaridan har oy oladigan subsidiyalar, badavlat odamlarning turli hayriyalari va boshqalar)
qimmatli qog’ozlar oldi-sottisi jarayonidagi xarajatlar, bular ishlab chiqarishga o’z ta’sirini bilvosita ko’rsatsada, mahsulot qiymatiga qiymat qo’shmaydi;
ishlatilgan buyumlar.
Taqsimlash usulida YaIM quyidagi birlamchi daromadlarni jamlash yordamida aniqlanadi.
YaIM = MX+ S+ YaF
Bu yerda : MX- yollangan xodimlarning mehnat xaqi, S - ishlab chiqarish va importga soliq(ishlab chiqarish va importga berilgan subsidiya soliq summasidan ayrib tashlanadi)YaF -yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar.
Pirovard foydalanish usulida YaIM quyidagicha hisoblanadi:
YaIM = PI + YaJ + EIK
Bu yerda : PI-pirovard iste’mol, ya’ni iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar; YaJ - yalpi jamg’arma; EIK - mahsulotlar va xizmatlar eksporti va importining qoldig’i.
Yalpi jamg’arma (YaJ) YaIMning tarkibiy qismidir. U joriy davrda ishlab chiqarilgan, Shu davrda iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlarning harid qilingan sof qismidir. YaJ quyidagicha hisoblanadi:
YaJ = AK + MAM + KBB
Bu yerda: AK - asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi; MAM - modiy aylanma mablag’lar g’amlamalarining qoldiq qismi (+, -); KBB- sof harid qilingan qimmatbaho buyumlar.
YaIM ning haqiqiy dinamikasi to’g’risida tassavur hosil qilish uchun uni hisoblashda baho ta’sirini bartaraf etish, ya’ni YaIM fizik hajmining indeksini hisoblash zarur.
YaIM fizik hajmining indeksi quyidagicha hisoblanadi:
q1r0
Jq = --------
q0p0
Bu yerda : Jq - YaIM fizik hajmining indeksi; q1 q0 - bazis va joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmi; p0 - ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning bazis davrdagi bahosi; q1r0 - joriy davrda hajmi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati (bazis baholarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |