Yaim bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi



Download 20,4 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi20,4 Kb.
#364858
Bog'liq
Документ (2)


YaIM - bu mamlakatning iqtisodiy faoliyatini umumlashtirib ifodalovchi

ko’rsatkichdir. U mazkur mamlakat hududida joylashgan barcha rezidentlar

tomonidan pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatini

anglatadi.

YaIM jami ijtimoiy mahsulot (JIM=S+V+M) dan tubdan farq qiladi. Bu farqlar

quyidagilardan iborat.

• YaIM - bu iste’molga tayyor hayotiy ne’matlarini bildiradi. Shu sababli

uning tarkibiga qayta ishlash yoki qaytadan sotishga mo’ljallangan

mahsulotlar kirmaydi. Bu degan so’z, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol

qilingan oraliq mahsulot va xizmatlar qiymati (masalan, xomashyo, material,

yonilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa, transport xizmati, ulgurji savdo, tijorat

va moliyaviy xizmatlar va boshqa) YaIM qiymatiga qo’shilmaydi. Aks

holda YaIM takroriy hisoblashlardn xoli bo’lmas edi.

• YaIM - bu ichki mahsulotdir. Chunki u mazkur mamlakat hududida

joylshgan barcha rezidentlar (qaysi millat va qaysi davlat fuqarosiga mansub

ekanligidan qat’iy nazar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar

qiymatini ifodlaydi.

• YaIM tarkibiga mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan

olgan daromadlari (A) bilan xorijiy davlatlarga beriladigan birlamchi

daromadlar (B) o’rtasidagi tafovut (±ΔD) kirmaydi.

YaIM quyidagi usullarda hisoblanadi: ishlab chiqarish usulida; taqsimlash

usulida; pirovard foydalanish usulida.

YaIM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsulotlar hajmi, miqdori,

soni aniqlanadi. Masalan, tonnada ko’mir, paxta, don, tsement; kubometr bilan esa

yog’och, taxta, gaz aniqlanadi.

Mahsulotlar xilma-xil va xossasi turli-tuman bo’lganidan ularni yagona

moddiy naturada aniqlab bo’lmaydi, aytaylik xizmatlarning umumiy o’lchami yo’q.

Masalan, o’qitish yoki davolash xizmatini tonna, metr, kubometr orqali o’lchab

bo’lmaydi. Shu sababli ularning ko’lami (hajmi, miqdori, soni) pul bilan, necha pullik

xizmat ko’rsatilganiga qarab aniqlanadi. Yalpi ishlab chiqarish (YaICh) hajmi

yaratilgan tovarlar (T) va xizmatlar miqdorini (X) ularning bozor narxiga (R)

ko’paytmasidan iborat:

YaICh= ∑ TR+∑ XR

YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun tarmoqlar yoki sektorlar

bo’yicha guruhlangan barcha mustaqil rezidentlarning yalpi qo’shilgan qiymati

(YaQQ) jamlanadi, ya’ni:

YaIM= ∑ YaQQ yoki

YaQQ= YaICh - ORM

bu erda, YaICh - Yalpi ishlab chiqarish, ya’ni mazkur davrda ishlab chiqarilgan tovarlar

va xizmatlar qiymati;

ORM - oraliq mahsulot, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida to’la iste’mol

qilingan tovarlar va xizmatlr qiymati.

Milliy hisoblar tizimi metodologiyasiga binoan ishlab chiqarilgan tovarlar va

xizmatlar qiymati (YaICh) quyidagilarni o’z ichiga oladi: barcha tovarlar (bevosita

o’zining iste’moli, yoki jamg’armasi, shuningdek boshqa institutsional birliklar

uchun ishlab chiqarilgan tovarlar, aylanma moddiy g’amlamalar o’simi); boshqa

institutsional birliklarga, xususan davlat boshqaruv organlari va notijorat

tashkilotlariga ko’rsatilgan xizmatlar qiymati; uy xo’jaligi va yashash uchun

ko’rsatilgan zarariy xizmatlar qiymati. Tekin xizmat (ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy

xo’jaligi uskunalarini ta’mirlash, supurish kabi)lar qiymati YaICh qiymatiga

qo’shilmaydi.

Oraliq mahsulot (ORM) - bu mazkur davr mahsulotini (xizmatini) ishlab

chiqarish maqsadda to’liq iste’mol qilingan mahsulot yoki xizmatdir. Uning tarkibiga

quyidagilar kiradi: xom ashyo va materiallar, yoqilg’i, energiya, urug’lik, ozuqa,

oziq-ovqat mahsulotlari, medikamentlar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqalar;

boshqa institutsional birliklar va ayrim shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va

xizmatlr uchun to’lovlar (transport xizmati, ta’mirlash, aloqa, hisoblash markazlari

xizmati, reklama, bank, sug’urta, yuristlar xizmati va h.k.); xizmat safari to’lovlari.

ORM xaridorlar sotib oladigan bahoda hisoblanadi.

YaIM pirovard mahsulot va xizmatlarni anglatadi, ya’ni iste’molga, tayyor

hayotiy ne’matlarni bildiradi. Shu sababli qayta ishlash va qaytadan sotishga

mo’ljallangan mahsulotlar, ya’ni oraliq mahsulot qo’shilgan qiymat (QQ) tarkibiga

kirmaydi.

Qo’shilgan qiymat bilan oraliq mahsulotning yig’indisi yalpi ishlab chiqarishga

teng bo’ladi.

Qo’shilgan qiymat (QQ) deganda bozor bahosida yangidan yaratilgan mahsulot

va xizmatlar yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga iste’mol qilingan xom ashyo va

materiallar kirmaydi.

YaICh, ORM va QQ larning qanday shakllanishi jarayonini kostyum ishlab

chiqarish misolida ko’rib chiqamiz (13.1 - jadval) YaIM ning shakllanish jarayoni

Bu erda,

A' - boshqa firmada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, mazkur firma uchun

esa boshlang’ich xom ashyo (jun), buyumlashgan qiymat (s);

B - mazkur firmada jundan yigirilgan ip, sarflangan jonli mehnat (V1),

yaratilgan yangi qiymat (V+m)1 -QQ;

A+B - ishlab chiqarishning birinchi bosqichi uchun tayyor mahsulot (ip),

ikkinchi bosqichi uchun yarim fabrikat (ORM);

V - mazkur firmada ipdan to’qilgan gazmol, ikkinchi bosqichda sarflangan

jonli mehnat (V2), yaratilgan yang qiymat ((V+m)2 -QQ;

A+B+V - ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi uchun tayyor mahsulot

(gazmol), uchinchi bosqichi uchun esa yarim fabrikat (ORM);

G - mazkur firmada gazmoldan tikilgan kostyum, uchinchi bosqichda

sarflangan jonli mehnat (V3) , yaratilgan yangi qiymat (V+m)3 -QQ;

A+B+V+G - ishlab chiqarishning so’nggi bosqichida ishlab chiqarilgan tayyor

mahsulot (kostyum).

Misolimizda: Oraliq mahsulot - bu jun, ip, gazlama; Qo’shilgan qiymat - bu

sarflagan jonli mehnat evaziga yaratilgan mahsulot; pirovard mahsulot - bu kostyum.

Harflar ishtirokida:

ORM= A + (A+B) +(A+B+V)= 3A+2B+V

QQ = B+V+G

YaICh= A+B+V+G

YaO= (3A+2B+V) +(B+V+G) =

3A+3B+2V+G

YaO - bu korxona (firma) doirasida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida

bir necha marta takror qatnashgan oraliq mahsulotlar qiymatining yig’indisidir. U

firmaning yalpi ishlab chiqarish oboroti deb yuritiladi.

YaIMni harajatlarga asoslanib hisoblanayotganda uning tarkibiga unumsiz

xarajatlar qo’shilmaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi: davlatning transfert

to’lovlari (qariyalar, nogironlar nafaqalari, talabalar stipendiyalari, qaytarilmaslik

sharti bilan sarflangan mablag’lar); xususiy tarnsfert to’lovlari (masalan,

talabalarning o’z uylaridan har oyi oladigan subsidiyalar, badavlat odamlarning turli

xayriyalari va boshqalar); qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi jarayonidagi harajatlar. BuIshlab chiqarish boqichlari

ORM

QQ


ORM+ QQ

1. Boshlang’ich xom ashyo

A'

B A+B


2. Yarim fabrikat A+B V A+B+V

3. Tayyor mahsulot A+B+V G A+B+V+G

Jami 3A+2B+V B+V+G 3A+3B+2V+Gxarajatlar garchi ishlab chiqarishga o’z ta’sirini bilvosita ko’rsatsa-da, mahsulot

qiymatiga qiymat qo’shmaydi; ishlatilgan buyumlar.

Bulardan tashqari YaIM tarkibiga uy-ro’zg’or doirasida ishlab chiqarilgan

mahsulot qiymati ham qo’shilmaydi. Masalan, o’z ehtiyoji uchun mebel tayyorlash,

uy qurish, iste’mol buyumlarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va

h.k.


Shuningdek, YaIM tarkibiga pinhoniy iqtisod sohasida ishlab chiqarilgan

mahsulot qiymati ham qo’shilmaydi. Chunki u mahsulotlar bo’yicha rasmiy statistik

ma’lumotlar yo’q. Davlat bunday axborotga ega emas.

Inson bor ekan, uning ehtiyoji, iste’moli mavjuddir. Iste’mol xilma-xildir.

Ularni uch guruhga bo’lish mumkin: uzoq muddatli iste’mol buyumlari (avtomobil,

mebel, sovutkich, gilam, magnitofon, foto kamera va boshqalar); joriy iste’mol

buyumlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, sigaret, tish tozalash pastasi va h.k.); maishiy

xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj (yurist, vrach, sartarosh, aloqa, transport, gigiena va

boshqalar) lar.

Bu ehtiyojlar tegishli xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar shaxsiy

iste’molni qondirish uchun sarflangan xarajatlardir.

Har qanday mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar

ikki guruhga bo’linadi: bozor tovarlari va xizmatlari; nobozor tovarlar va xizmatlar.

Bozor tovarlari va xizmatlariga quyidagilar kiradi: sotilgan yoki barter qilingan

tovarlar va xizmatlar; ish xaqini to’lash maqsadida xodimlarga natura shaklida

berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar; o’z tasarrufida bo’lgan korxonalarning

iste’moli uchun berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar (masalan, qo’shimcha

xo’jaligi tomonidan mazkur korxona oshxonasi, bog’cha, dam olish uylari uchun

berilgan oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqalar); ishlab

chiqaruvchining ixtiyorida qoladigan tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab

chiqarish.

Nobozor tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar tarkibiga qo’yidagilar kiradi: o’z

iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar (masalan, dehqon va fermer

xo’jaliklarida yoki qo’shimcha xo’jaliklarda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik

mahsulotlari, o’z kuchi bilan bajarilgan qurilishlar, shaxsiy uyida bajarilgan xizmatlar

va h.k.); boshqa institutsional birliklarga bepul qilingan xizmatlar va berilgan tovarlar

(masalan bepul tibbiy xizmat ko’rsatish, ta’lim berish, boshqaruvni amalga oshirish

va boshqalar); nobozor maqsadi yoki ishlab chiqaruvchining moddiy aylanma

mablag’ga aylantirishga mo’ljallangan tovarlar va tugallanmagan ishlab chiqarish.

Taqsimlash usulida YaIM quyidagi birlamchi daromadlarni jamlash

yordamida aniqlanadi:

YaIM = MH+S+YaF

Bu erda,

MH - yollangan xodimlarning mehnat haqi; S - ishlab chiqarish va importga

soliq (ishlab chiqarish va importga berilgan subsidiya soliq summasidan ayirib

tashlanadi); YaF - yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar.

g’llangan xodimlarning mehnat haqi quyidagi ikki muhim unsurni o’z ichiga

oladi: mehnat (ish) haqi; xodimlarning sug’urtasi uchun ajratmalar. Mehnat haqi barcha ko’rinishdagi haq va to’lovlarni, ya’ni turli qo’shimcha

to’lovlar, mukofotlar, pul va natura shaklidagi rag’batlarni o’z ichiga oladi. Bularning

hammasi tannarx va korxona foydasi hisobidan beriladi. Mehnat haqi soliq

to’lovlarini bajarmasdan oldin hisoblanadi.

Sotsial sug’urta uchun ajratmalar xodimlarning kelajakda nafaqa olish

huquqiga ega bo’lishi uchun amalga oshiriladi. Sotsial nafaqalar davlat, sug’urta

tashkilotlari, davlat va nodavlat nafaqa fondlari tomonidan beriladi. Bunday

nafaqalarni berish zaruriyatini quyidagilar belgilashi mumkin: kasalligi tufayli

davolanishga muhtoj bo’lish, bola tug’ilishi, nogiron yoki qarib qolishi;

boqimandagilarni ta’minlash zaruriyati; boquvchisini yo’qotganlarni qo’llabquvvatlash; nafaqaga chiqish, ishsizlik, kasalligi tufayli umuman yoki to’liq ishlay

olmaydganlrni qo’llash; ta’lim uchun to’lay olmaydiganlarga madad berish; kam

daromadlilarning uy-joy, kommunal xizmat haqlarini to’lay olmaydiganlarni qo’llabquvvatlash va h.k.

Ishlab chiqarish va importga soliq - bu ishlab chiqarish va tovar (xizmat)lar

importi yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalanganligi uchun davlat soliq

tashkilotlariga qaytarib olmaslik sharti bilan majburiy to’lanadigan to’lovlardir∗

.

Yalpi foyda yalpi aralash daromadlar - bu barcha to’lovlarni, ya’ni



yollangan xodimlarning mehnat haqi, ishlab chiqarish va import uchun to’langan

soliqni yig’ib tashlangandan keyin QQ ning qismidir.

Yalpi foyda va yalpi aralash daromad quyidagicha hisoblanadi:

• makroiqtisodiyot bo’g’inda:

YaF=YaIM-MH-S+SS

bu erda,

SS - ishlab chiqarish va importni qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan subsidiya.

• tarmoqlar va sektorlar bo’g’inida:

YaF=QQ-MH-QQS-BS+ITS+BSS

bu erda,

QQS - qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari mahsulot va import uchun soliq;

BS - ishlab chiqarishga solinadigan boshqa soliqlar;

ITS - importdan tashqar mahsulot uchun ajratilgan subsidiya;

BSS - ishlab chiqarish uchun ajratilgan turli subsidiyalar.

Pirovard foydalanish usulida YaIM quyidagicha hisoblanadi:

YaIM = PI+YaJ+EIQ

bu erda,

PI - pirovard iste’mol, ya’ni iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlar;

YaJ - yalpi jamg’arma;

EIQ - tovarlar va xizmatlar esporti va importi qoldig’i. vard iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlarga quyidagilar kiradi: uy

xo’jaligi - rezidentlarning iste’mol tovarlar va xizmatlarga qilgan sarflari; uy

xo’jaligiga xizmat qiluvchi davlat boshqarish organlari (byudjet tashkilotlari), no

tijorat tashkilotlarining individual va jamoa iste’moli uchun qilgan sarflari.

Bunday guruhlash pirovard iste’mol uchun qilinadigan sarflarni kim

moliyalashtirishini ko’rsatadi.

Uy xo’jaligining iste’mol tovarlari va xizmatlarga qilgan sarflari (PIux)

quyidagicha aniqlanadi:

PIux= Itx + Itx + Iuich

bu erda,

ITx- iste’mol tovar va xizmatlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar;

Itx- mehnat haqi evaziga natura shaklida olingan va iste’mol qilingan tovarlar,

xizmatlar, sovg’alar va h.k.

Iuich- uy xo’jaligining o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan

tovarlari va xizmatlari.

Davlat boshqarish organlari va notijorat tashkilotlarining pirovard iste’mol

uchun qilgan xarajatlari (PIdbo) quyidagicha aniqlanadi:

PIdbo= JX-TT+SOTXq+XKux

bu erda,

JK - davlat boshqarish organlari va no tijorat tashkilotlarini saqlab turish uchun

qilingan joriy xarajatlar (asosiy kapital iste’moli ham kiradi);

TT - davlat boshqarish organlari va notijorat tashkilotlari ishlab chiqargan

tovarlar va xizmatlarini bozor bahosida sotishdan tushgan tushumlar;

SOTXq - uy xo’jaligiga juda past narxda yoki tekinga berish uchun ishlab

chiqaruvchilardan sotib olingan iste’mol tovarlari va xizmatlar qiymati.

XKux - uy xo’jaligi iste’moli uchun sotib olingan tovar va xizmatlar xarajatini

davlat sug’urta fondi evaziga qoplangan qiymat (masalan, nogironlar

sotib oladigan avtomobillar, benzin uchun qilgan xarajatlarini qoplash).

Davlat boshqarish organlarining pirovard iste’moli jamoa xizmati uchun

qilingan jami harajatlar qiymatiga teng.

Yalpi jamg’arma YaIMning tarkibiy qismidir. U joriy davrda ishlab

chiqarilgan, ammo shu davrda iste’mol qilingan tovar va xizmatlarning xarid qilingan

sof qismidir. YaJ quyidagicha hisoblanadi:

YaJ=AK+MAM+QBB

bu erda,

AK - asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi;

MAM- moddiy aylanma mablag’lar g’amlamalarining qoldiq qismi (+,-);

QBB - sof xarid qilingan qimmat baho buyumlar.

Asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi (AK) - bu kelgusida yangi daromad

yaratish maqsadida yangi asosiy fondlarni xarid qilish uchun ajratilgan mablag’dir:

AK=AFso-AFichch

bu erda,

AFso- yangi asosiy fondlarni sotib olish uchun ajratilgan mablag’lar; AFichch- joriy davrda ishlab chiqarish safidan chiqarilgan asosiy fondlar

qiymati;

Moddiy aylanma mablag’lar g’amlamalarining o’zgarish (MAM)

quyidagicha aniqlanadi:

MAM=ICh§+TICh+TM+ST

bu erda,

ICh§ - ishlab chiqarish g’amlamalari qiymatining o’zgarishi (+,-);

TICh - tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatining o’zgarishi (+,-);

TM - tayyor mahsulot qiymatining o’zgarishi (+,-);

ST - takror sotish uchun mo’ljallangan tovarlar qiymati (+,-).

Sof xarid qilingan qimmat baho buyumlar (QBB) - bu yangi iqtisodiy

kategoriya bo’lib milliy hisoblar tizimida 1993 yildan boshlab paydo bo’ldi.

Qimmatli buyumlar ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida emas, balki ulardagi

qiymatning qadrini saqlab qolish maqsadda xarid qilinadi. QBBlar qadri vaqt o’tishi

bilan oshsa oshadi-ku, ammo kamaymaydi. Bularga qimmatli metallar va toshlar,



zargarlik buyumlar, antikvarlar, har xil kollektsiyalar va boshqalar kiradi.
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish