Internet-banking — mijoz - bank tizimining takomillashgan turidir. Internet-banking bank mijozlari uchun bir qator qo’shimcha afzalliklarga ega:
Mijoz va bank o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar real vaqt rejimida o’tkaziladi. Siz kompyuteringiz ekranida bankda to’lov hujjatlariga ishlov berishning barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin;
Sizning manzilingizga kelgan to’lovlar to’g’risida ma’lumot, bankka kelib tushishi bilan yangilanib turadi;
Uzatiladigan axborotni ruxsat etilmagan tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kriptografiya formatidan foydalanib, shifrlash bilan ta’minlanadi.
Aloqa qiluvchi tomonlar elektron raqamli imzolardan (ERI) foydalanadi. Identifikatsiyalash tizimi operatsiyani o’tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlashni kafolatlaydi.
Tomonlarning ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar tomonlarning imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan qog’oz hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo’ladi.
Internet-banking tizimini ulash va undan foydalanish uchun quyidagilar kerak bo’ladi:
Bank hisobraqamingizga xizmat ko’rsatuvchi ATB "Madad Invest Bank" bankining filialiga buyurtma berish;
Internet-banking tizimidan foydalanib bank hisobraqamiga xizmat ko’rsatish shartnomasini tuzish
Internet-banking tizimiga kirish uchun ushbu net-banking.madadinvestbank.uz url manzilidan foydalaning.
Mobil banking
mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.
Mobil Banking orqali siz :
Hisob-raqam to’g’risida ma’lumotlarni ko’rish;
O’z hisob-raqamlaridan o’tkazmalarni amalga oshirish;
Ushbu bank uchun kredit to’lovlariga to’lovlarini amalga oshirish;
Omonatlarni nazorat qilish;
Xulosa Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o‘sib bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Kundan – kunga aholining banklarga ishonchi ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmi o‘sib borishida ko‘rib borishimiz mumkin.
Аholi murojaatlari bilan ishlash, ularni eshitish va tezkor chora koʼrish tadbirlari mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan bu tizim bugun oʼz samarasini bermoqda.
Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʼgʼrisida namunaviy Nizom” talablariga muvofiq, har oy yakuni boʼyicha davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan oʼtkazilgan uchrashuvlar natijalari toʼgʼrisida maʼlumotlar umumlashtirib, tahlil qilingan holda muhokama etish uchun bank rahbariyatiga kiritiladi.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʼra, murojaatlar bilan ishlash yoki tegishli tarkibiy boʼlinmalar tomonidan umumiy koʼrsatkichlar, murojaatlarda tez-tez koʼtarilgan masalalar, aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoidabuzarliklar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʼrilgan choralar aks ettirilgan maʼlumotnomalar (sharhlar) tuziladi. Davlat organi rahbariga muammoni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritiladi.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʼra, tuzilgan maʼlumotnomalar tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. Yuqoridagi qonun hujjatlari talabiga muvofiq, “Madad invest” АTIB Bosh ofisiga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilib chiqildi.
Murojaatlarning 409 tasi kredit shartnoma shartlariga oʼzgartirish kiritish, 374 tasi uy-joy uchun kredit, isteʼmol va taʼlim, 262 tasi tadbirkorlik faoliyati uchun kredit olish masalalariga oid. Shuningdek, 82 tasida kassalar faoliyati, valyuta operatsiyalari, terminal va plastik kartalar bilan bogʼliq, 61 tasida chakana xizmatlar bilan bogʼliq, 44 tasida ishga kirish va xodimlar ish faoliyati bilan bogʼliq, 127 tasida boshqa – naqd pul, hisobraqamlarga xizmat koʼrsatish, homiylik, yuridik va boshqa masalalar koʼtarilgan.
Ipoteka bankka kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismini uy-joy uchun imtiyozli shartlar asosida yaʼni, davlat tomonidan subsidiya ajratilgan holda kredit olish masalasi tashkil etadi.
.
Kredit shartnomasi shartlariga oʼzgartirish kiritish, yaʼni kredit toʼlov muddatini uzaytirish masalasi yuzasidan ham murojaatlar bor. Respublikamizda koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadida Ipoteka bank tomonidan ajratilgan aksariyat kreditlar boʼyicha toʼlovlar 2020 yil 6 oyi (aprelь-sentyabrь) davomida undirilmagan va kreditning umumiy davrida keyingi oylarga teng taqsimlangan.
Jismoniy va yuridik shaxslar uydan chiqmagan holda murojaat yoʼllashi uchun ham sharoit yaratilgan. Yana bir qulaylik bank veb-saytida murojaat yoʼllash uchun alohida imkoniyat mavjud.
Shuningdek, bank rahbariyati va mutasaddilar ishtirokida sayyor qabullar oʼtkazilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida kelib tushgan murojaatlar ogʼzaki murojaat sifatida roʼyxatga olinadi va belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi. Shulardan kelib chiqib, bank mijozlari, jismoniy va yuridik shaxslar oʼz murojaatini yoʼllasa, ularning masalasini tezkorlik bilan joyida hal qilish imkoniyati yanada ortadi va tizim takomillashib boraveradi.
Mamlakatimiz bank tizimini rivojlanishiga albatta mamlakatimiz rahbarining “2017-2021 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror talablarini bajarilishi o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ushbu qarorning bajarilishini esa bank tizimimizga xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilayotgan “barqaror” darajalarida ham ko‘rishimiz mumkin.