51
Yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy
samaradorligni aniqlash kerak. SHu sababli yangi texnika
va texnologiyalarni joriy
etish asosida real sektor tarmoqlarida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori
ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini
aniqlash zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
mashina
va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda
takomillashgan turlari va konstruktsiyalari;
mahsulotning kimyoviy va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini
yaxshilash;
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish;
jihozlarni modernizatsiyalash;
bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari;
ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini
tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab
chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika tarqqiyotini jadallashtirish
kerak. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin.
CHora-tadbirlar albatta, samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, baholamasdan
fan-texnika bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini
hisoblash tartibi uslubiy
qo‘llanmalarda izohlab berilgan.Ularga quyidagilar kiradi:
kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha Namunali
(Tipovaya) metodika;
iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflaridan
foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
korxonalar
va
ishlab
chiqarish
birlashmalari
boshqaruvining
avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi;
boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini
aniqlash metodikasi
(GOST-24.702.85).
mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy
samaradorligini aniqlash metodikasi;
atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun
sarflangan harajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash
tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar real sektor tarmoqlarida
yangi texnikadan, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formula yordamida ifodalanadi:
S = (X
1
- X
2
) x A
2
Bu erda: S - yillik iqtisodiy samara, so‘m;
X
1
va X
2
- yanga texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga
sarflangan,
keltirilgan harajatlar (T
E
n
x K);
52
A
2
-hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik
hajmi.
Yangi texnikaning samaradorligini hisoblash va tahlil etishda uning ijtimoiy
natijalari va oqibatlarini ham hisobga olish kerak. Ular jumlasiga, mehnat sharoitlarini
yaxshilash, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash, hodimlarning bilimi va ilmi hamda
malakasini oshirish,
atrof-muhitni muhofaza qilish, inson faoliyati uchun eng yaxshi
sharoitlar yaratish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: