"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi


  1.3. Ish vaqtini kuzatish turlari va uslublari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana22.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#505639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari

 


17 
1.3. Ish vaqtini kuzatish turlari va uslublari 
Ish vaqtidan foydalanish bevosita ish joyida kuzatish usuli mehnatni 
normallashda keng qo„llaniladi. Bunday kuzatishdan maqsad ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va ilg„or tajribani o„rganish vaqtni normal bajarilmasligining 
sabablarini aniqlash, mehnat jarayonini rayionallashtirish va ish vaqtining zoe ketgan 
sabablarini izlashdan iboratdir. 
Kuzatilgan maqsadga qarab kuzatishning xronometraj ish vaqti fotografiyasi, 
fotoxronometraj va kino ossilografiyasi hamda momentli linzali kuzatish turlari 
mavjuddir. 
Xronometraj - bu ish usullari yoki operatsiyasini elementlari qancha davom 
etishini o„lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o„tkazishdir. 
Ish vaqti fotografiyasi - bu ish smenasida yoki smenaning bir qismi 
mobaynidagi vaqt sarfining hammasini o„lchash maqsadida bevosita ish joyida 
kuzatish o„tkazishdir. 
Ayrim hollarda ish smenasining bir qismida xronometraj o„tkazib, keyin esa ish 
vaqtini 
fotografiya 
qilishgani 
yaxshi 
chiqadi. 
Bunday 
aralash 
kuzatish 
fotoxronometraj deb ataladi. 
Kuzatishlar mahsus xujjat bilan - xronometraj xronokarta, ish vaqti 
fotografiyasi esa fotokarta ko„rinishda rasmiylashtiriladi. Kuzatish natijalari mahsus 
varaqalarga-kuzatish varaqlariga yoziladi. 
Har qanday turdagi kuzatishning uchta: tayyorgarlik, qayd qilish va natijalarni 
ishlash bosqichlariga bo„lish mumkin. 
Tayyorgarlik bosqichida, odatda kuzatish ob‟yekti tanlanadi, kuzatuvchi 
o„zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va nihoyat, 
kuzatish ob‟yekti to„g„risidagi qisqacha ma‟lumotlar kuzatish varaqasiga yoziladi. 


18 
Mehnat normalarini hisoblashda foydalaniladigan normal vaqt sarfi 
normalarining progressiv bo„lishini mehnat va uskunalar ish unumi o„sishini 
rag„batlantirish kerak. Shu sababli normativlar ishlab chiqish uchun professional 
bilimi va ko„nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini 
biladigan va normalarni muntazam oshirib bajarayotgan ijrochilarning kuzatish 
kerakdir. 
Ravshanki, bunday ijrochilarning ko„rsatkichlar o„rtacha ko„rsatkichlardan 
yuqori bo„lishi kerak. Muayyan sanoat tarmog„i korxonalarida keng foydalanish 
uchun vaqt normativlarning ishlab chiqayotgan ish usullarining davom etishiga ta‟sir 
qiladigan omillar chegarasini va ishlatish sharoitlarini aniq belgilab berish maqsadida 
bunday omillarni analiz qilish muhim muammodir. Masalan, stanoklardagi stanok
tipi, priborlar soni, ularning rangi - ish usullari davom etish vaqtining omillari bo„lib 
xizmat qiladi. Davom etish vaqtining alohida omillarini aniqlash uchun ish usulining 
mazmunini bu usulning texnologik jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqqan hamma 
omil va harakatlarini analiz qilish kerak bo„ladi. 
Eng oqilona ish usullarini va ish uslublarini tanlab olish uchun ishlab chiqarish 
ilg„orlari va novatorlarini kuzatish kerak, qoloqlar va normani bajarayotganlar ishini 
o„rganish esa ish vaqti isrof bo„layotgani sababini aniqlashga yordam beradi. 
Kuzatish ob‟yekti kutilgan maqsadlarga muvofiq ana shunday tanlanadi. 
Kuzatishdan ko„zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish 
uslubikasi hakida kuzatuvchiga oldindan instruktsiya berilishi, u kuzatish ob‟yekti 
bilan tanishtirib qo„yilishi kerak, normal vaqt sarfi haqida ma‟lumot olish uchun ish 
joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xududi shu ishning yoki operatsiyaning 
bajarilish loyihasiga batamom mos holda keltirilishi kerak. 
Kuzatishdan maqsad ilg„orlar tajribasini yoki qoloqlik sabablarini o„rganishdan 
iborat bo„lsa, ish joyi o„zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy 
xususiyatlarining hammasi kuzatish jarayonida qayd qilib boriladi. 


19 
Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o„tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar, 
shu jumladan ish usulini davom etish vaqti omillarini ham tafsilotini yozish bilan 
tugallanadi. Tafsilot pirovord natijalarni harakteri, bu natijalar qanday sharoitda 
olinishi haqida aniq tasavvur hosil qiladigan bo„lishi kerak. Sharoit tafsiloti 
quyidagilardan iborat bo„ladi: 
a) ijrochining ishlab chiqarish harakteristikasiga (ixtisosi, staji, yoshi, 
normalarni bajarish darajasi); 
b) bajariladigan ishning yoki operatsiyaning harakteristikasi (bajariladigan 
ishning nimaga mo„ljallangan ekani, artikuli); 
v) uskunalarning harakteristikasi (mashinaning tipi, ish organlarining soni); 
g) texnologik jarayonning harakteristikasi (tezliklar); 
d) ish joyini tashkil etish harakteristikasi (qanday rejalanganligi, asbob va 
moslamalar bilan jihozlanganligi); 
e) mehnat qilish tevarak-atrof muhitining harakteristikasi (temperaturasi, 
namlik, yoritilganligi); 
j) yana boshqa tashkiliy shartlarning harakteristikasi (xizmat ko„rsatish zonasi, 
o„zaro yordam va boshqalar). 
Kuzatish ob‟yektining tafsiloti odatda ma‟lum formada bo„ladigan kartaning 
o„ng tomoniga yoziladi. 
Qayd qilish bosqichi - bu kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir 
bo„layotgan hodisalarni ro„yxatga olishdan iborat. Kuzatuvchi tafsilot yozishga 
minimum vaqt sarflab protsess elementlarni mazmuniga va vaqtni aniq o„lchab 
borishga maksimum e‟tibor berilishini nazarda tutish kerak. Buning uchun kuzatuvchi 
kuzatish varaqasi hamda vaqt o„lchash pribori mahkamlab qo„yilgan mahsus planshet 
bilan ta‟minlangan bo„lishi kerak. Yana shu maqsadda hodisalarning to„la nomlari 
o„rniga, ayniqsa ular kuzatish mobaynida ko„p marta takrorlanadigan bo„lsa, shartli 
indekslar yozib borilishi ma‟qul. Kuzatishdan maqsad nimaligiga qarab qayd qilish


20 
uzluksiz va tanama bo„lishi mumkin.
Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan vaqt 
hisobga olinadi va o„lchanadi. 
Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan vaqt 
hisobga olinadi va o„lchanadi. Masalan, ijrochining foydali ish bilan bandlik 
darajasini 
aniqlash 
uchun 
vaqt 
sarflarini 
hammasini 
ularning 
nimaga 
mo„ljallanganligiga muvofiq o„lchash, ya‟ni uzluksiz qayd qilish kerak bo„ladi. Biror 
bir ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan bir 
nechtasini o„lchash, ya‟ni tanlama qayd qilish kerak bo„ladi. 
Mehnat jarayonidagi alohida eelementlarning bajarilishi vaqtini o„lchash uchun 
kuzatuvchi, ulardan har birining aniq mazmunini va ular orasidagi chegaralarni aniq 
bilish kerak. Jarayondagi har bir elementning boshlanish va tugash paytlarini 
bildiruvchi tashqari alomatlar qayd nuqtalari deb ataladi. Qayd nuqtalari har qanday 
o„lchash usulida ham ish vaqtining hammasi hisobiga olinadigan qilib tanlanishi 
kerak. 
Joriy vaqt bo„yicha uzluksiz qayd qilish bu talabga eng yaxshi javob bera oladi. 
Bu usul jarayondagi oldingi elementning tugashi, qayd nuqtasi undan keyingi 
elementning boshlanishi, qayd nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bunda qayd qilish 
mobaynida ish vaqti uzluksiz hisobga olib boriladi. Tanlab qayd qilishda har qaysi 
elementga ikkitadan boshlanish va tugatish qayd nuqtalarini belgilab olish kerak. 
Bunda vaqt alohida sanash usulida o„lchanadi. Ish usullarining qayd nuqtalari 
sifatida usul boshidagi birinchi hakarakatning boshlanish payti va usulni aniqlovchi 
oxirgi harakatning tugallanish payti olinadi. 
Agar ishchi bitta mashinaga xizmat ko„rsatsa, unda mashinaning har qanday 
talabi bilan to„xtash paytini qayd nuqtasi mashina yoniga kelib to„xtagan payt, 
mashinaning to„xtash oxirgi qayd nuqtasi hamma hollarda ham mashina ishga tushirib 
yuborilgan payt bo„ladi. 


21 
Alohida sanash usulida tanlab qayd qilish, odatda, alohida ish usullari orasida 
albatta bo„ladigan pauzalarni hisobga olmaydi. Qayd qilishning umumiy davom etishi 
va qayd qilish vaqti kuzatishdan kuzlagan maqsadga qat‟iyan muvofiq tanlanishi 
kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobilyati dinamikasi, kunduzgi va kechki 
ishlash xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Mehnat jarayonini harakterlaydigan 
yakuniy o„rtacha ma‟lumotlar qanchalik aniq bo„lishi talab qilinishiga qarab vaqt 
necha marta o‟lchanishi topib olinadi. 
Natijalarni qayta ishlash bosqichi kuzatuvchi maqsadlariga mos hisoblashlar 
yo„li bilan qayd qilish natijalarini aniqlashdan va ularni analiz qilishdan iborat 
bo„ladi. 
Yakunlashda kuzatuvchidan olingan ma‟lumotlardan foydalanish yuzasidan 
takliflar belgilab chiqiladi. Natijalarni qayta ishlash usullari nixoyatda xilma-xil 
bo„lib kuzatish maqsadlariga batamom bog„liq bo„ladi. 
Ish vaqti sarfini o„lchash uchun strelkali va Raqamli priborlar, yozuvchi yoki 
avtomatik registratorlar ishlatiladi. Sekundomer, xromoskop, xrograflar strelkali 
priborlar jumlasiga kiradi. Sekundomerning sekund strelkasi knopkani bosish bilan 
yurgizib yuboriladi, ikkinchi bosishda strelka to„xtaydi, uchinchi bosishda esa strelka 
noll xolatiga keltiriladi. Strelkaning to„xtashi vaqtni o„lchashni uzib qo‟yib 
o‟lchangan vaqt bo„lsa, qancha davom etganini qayd etib qo‟yish imkonini beradi. 
Xronoskop - qisqa vaqt bo„laklarini o„lchashda ishlatiladi. Uning aosiy strelkasi 
3,6 sekund yoki 10 sekundda, qo‟shimcha strelka esa 3 minutda bir aylanib chiqadi. 
Xronoskop ham sekundomer singari ishlaydi. Uni qisqa ish usullarini o„lchashda 
ishlatgan ma‟quldir. Xronograf - bu bir strelkali sekundomer prinsipida ishlaydigan 
strelkali qo„l soatidir. 
Strelkali priborlarda vaqtni ikki usulda o„lchash mumkin: alohida sanash usuli 
(takrorlama usul) va joriy vaqt usuli (uzluksiz usul) vaqtni alohida sanash usulida 
o„lchash quyidagilardan iborat. 


22 
Mehnat jarayonidagi o‟lchanadigan elementning boshlanish paytida sekund 
strelkasi yurgizib yuboriladi. Tugash paytida esa to„xtatiladi, strelka ko„rsatkichi 
yozib olinadi va u yana nol xolatiga qaytarib qo„yiladi. Navbatdagi o„lchashlarning 
har qaysisi yana shu tartibda bo„ladi. Joriy vaqt bo‟yicha o„lchash usuli shundan 
iboratki, bunda sekund strelkasini sur‟atga olish boshlanishida yurgizib yuboriladi, 
kuzatish payti kuzatilganda esa to„xtatiladi, alohida protsess elementlari chegaralari 
esa ular tugashi paytida bir strelkali sekundomerning yurib to„rgan sekund strelkasi 
ko„rsatishga qarab qayd etiladi. Strelkali priborlar yordamida vaqt o„lchash sermehnat 
ish. Kuzatuvchi juda ko„p yozib borishi bilan birga ish qanday kechayotganini kuzatib 
turishi kerak, bu esa xatolarga sabab bo„ladi. Yozish natijalarini avtomatik qayd 
etadigan priborlar kuzatuvchi ishini yengillashtiradi. 
Ko„pssiferbilatli strelkali priborlar qayd qilish protsessida yozib borishni talab 
qilmaydigan, eng oddiy priborlardan hisoblanadi. Ularda ikki xil schetchik bo„lib,
ulardan bittasi protsessning alohida elementlari bajarilishi vaqtini jamlab boradi, 
ikkinchi esa ularning takrorlanishi hisoblab boradi. Bunday priborlar bir yo„la 10-13 
kg turli elementlar vaqtini qayd etish imkonini beradi. Vaqt schetchigi ko„rsatishi 
protsess elementlarining har qaysisi bo‟yicha takrorlanish schetchigi ko„rsatishga 
bo„lish yo„li bilan elementlarning davom etish vaqti aniqlanadi. Vaqtni alohida 
sanashlar qayd etilmasligi, shuningdek xatoga yo„l qo‟ymaslikning iloji yukligi 
bunday priborlarning kamchiligi hisoblanadi. 
Xronograflar protsessning har bir o‟lchanadigan elementi qancha davom 
etishini avtomatik qayd etib boradi. Ular yozish qurilmasidan va qog„oz lentaning 
o„zgarmas tezlikda harakterlanib turadigan mexnanizmdan iborat. Boshqaruv 
knopkasi bosilganda yozish qurilmasining perosi (qalami) lentaga belgi qo‟yadi. 
Lentani ikkita belgi oralig‟idagi uzunligiga qarab alohida o‟lchanadigan vaqtlar 
qancha davom etgani aniqlanadi. Bunda kuzatuvchi vaqtni yozib borishdan ozod 
bo„ladi. 


23 
Raqam yozish (bosish) priborlarda protsessning uzatiladigan har elementi 
uchun mo‟ljallangan soat mexanizmi raqamli barabanchalar bo„ladi. Raqamli 
barabanchaning tegishli joylari bosilganda qayd qilish haqidagi ma‟lumotlar mahsus 
lentaga bosilib qoladida, natijada tayyor kuzatish kartasi xosil bo„lib chiqadi. 
Ommaviy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlari normativlarini tadqiq etish hamda 
ishlab chiqarish uchun hisoblash mashinalar va elektron hisoblash mashinalari 
ishlatilgani ma‟quldir. Bunda vaqt sarfi magnit lentasiga perfolenta yoki perfokartaga 
yozilib boriladi, natijalar esa mahsus programmaga binoan EXM da ishlanib olinadi. 
Bevosita ish joyida kuzatishning yuqorida bayon etilgan usullarining hammasida ham 
ijrochining ham ishdan chalg‟itadi va psixologik ta‟sir ko„rsatadi, bu esa kuzatish 
natijasiga ta‟sir ko„rsatadi. 
Sanoat televizion qurilmalaridan foydalanish bu kamchiliklarni bartaraf etish 
imkonini beradi. Ularni ishlash vaqti fotografiyasi gruppali bo„lganda ishlatish eng 
samarali chiqadi. Biroq ijrochining ish joyida yo‟qligi sababini, ayrim xollarda esa 
bajarilayotgan ish harakterini bilib bo„lmasligi bu usulning muhim kamchiligi 
hisoblanadi. Kinoga olish va ossilografiyalash yordamida mehnat jarayonini to„liq 
tadqiq etish mumkin. Bo„lar mehnat jarayonidagi hamma elementlar bajarilishining 
mazmuni va ketma-ketligini, shuningdek barcha vaqt sarfini batafsil va nihoyatda 
aniq qayd etish imkonini beradi. Kinogrammaning keyin o„rganish va amal qilish 
uchun qayta-qayta qo‟yib ko‟rib, ortiqcha va noratsional bajarilgan harakatlarni, 
amallar va usullarni topish shuning natijasida bekor ketgan vaqtni aniqlash mumkin. 
Bunday tadqiqotga asoslanib, mukammalroq mehnat uslublarini ishlab chiqish va 
uning hamma elementlariga vaqt normativlari belgilab chiqish mumkin. Kinoga olish 
shuningdek ilg„or tajribani o„rganish, ko„rsatishi va tarqatishda ham samarali usul 
xizmati o‟tashi mumkin. 
Ossillografiyalash usuli operatsiyalarning mashina elementlarini va mashinani 
qo„l elementlarini tadqiq etishda ishlatiladi. U mashinalarning turli organlaridan 


24 
ularga ulab qo„yiladigan elektr datchiklar tizimi orqali signallar olib, protsess qanday 
o‟tayotganini kuzatuvchining ishtirokisiz, avtomatik ravishda qayd etish imkonini 
beradi. 
Ish vaqtini ishlatish turlari va uslublarini bilgan xolda har bir kuzatish turini 
alohida-alohida ko‟rib chiqamiz. 
To„la ish kuni uning qismi davomida istesnosiz barcha ish vaqti (bevosita 
ishlab chiqarish va boshqa xil ishlar) sarfini kuzatish va o„lchash yo„li bilan ish 
vaqtidan foydalanishni aniqlash ish vaqti fotografiyasi deb ataladi. 
Ish kunini fotografiya qilishdan ish vaqtida ishchilarning ish vaqtida va 
jihozlardan foydalanish darajasini, zoe ketayotgan ish vaqtlarini aniqlashda, ularni 
bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda, ish o‟rniga xizmat 
ko„rsatish, dam olish va hokazo normativ vaqtlarni belgilashda, ilg„orlar tajribasini 
qidirib topishda foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish mehnatni tashkil qilish formasi va kuzatiladigan ishchilar 
sonidan kelib chiqib ish vaqti fotografiyasining turlari quyidagi ramda tasvirlangan. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish