2. “RO‟ZIMATJON OTA” MCHJDA ISH VAQTIDAN FOYDALANISH
DARAJASI TAXLILI
2.1. Ish vaqtidan samarali foydalanish darajasi tahlili
Ish vaqti fondi miqdori jamiyat boyligining miqdorini belgilaydi. Yaratilgan
moddiy boyliklar hajmi, faqat ularni ishlab chiqarishda sarflangan vaqtiga emas,
balki, insonning aniq foydali faoliyatning samaradorligiga, o„z ish vaqtidan samarali
foydalanganliga bog„liqdir.
Ish vaqtidan foydalanish va uning befoyda sarf bo„lishini har tomonlama tahlil
qilish undan tejamli foydalanish va isrof bo„layotgan ish vaqtini bartaraf qilish,
mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy vazifalaridair. YUqori mehnat unumdorligiga
erishishning shartlaridan biri ham ish vaqtidan to„liq foydalanishdir, ya‟ni uni iqtisod
qilishdir. Ish vaqtini iqtisod qilish - bu har qanday foydasiz, unumsiz, ishlab
chiqarishga daxldor bo„lmagan ish vaqtining yo„qotish bilan bog„liq elementlarni
bartaraf etishdir.
Ish vaqtidan to„liq foydalanish mehnat unumdorligini o„stirishning asosiy
omillaridan hisoblanadi. Ish vaqtidan oqilona foydalanish – bu mavjud resurslaridan
iloji boricha to„liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirishga
qaratishdir.
Ish vaqtidan foydalanishning tahlil qilishning asosiy yo„nalishi ish vaqtining
yo„qotishini tahlil qilishda, smena ichida ish vaqti yo„qotilishini aniqlash asosiy
masala bo„lib, bu mehnat unumdorligini o„stirishning asosiy omillaridir.
Smena ichidagi yo„qotishning katta qismi tashkiliy texnik nosozliklar bilan
sodir bo„ladi. Bunda xom-ashyo materiallari, detallarni, instrumentlarni o„z vaqtida
bermaslik, joriy remont va mashinalar nosozligi kiradi. Bu bilan birga shuni aytib
o„tish kerakki, smena ichidagi yo„qotishlarga ish joyini tayyorlamaslik, uning
32
tozaligiga rioya qilmaslik, intizomsizlik kabilar sabab bo„ladi. Topshirilgan ishni
yaxshi bajarmaslik, belgilangan kun tartibini buzish, kechikish, ishdan erta ketish,
sababsiz ishga chiqmaslik, ishlamasdan sexda bekor yurish, bularning hammasi
mehnat intizxomini buzish hisoblanadi. Smena ichida bo„ladigan ish vaqtlarining
yo„qotishlarini tahlil qilish, uni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash –
korxonalarning oldida turgan asosiy vazifadir. Menat unumdorligining o„sishi
bevosita ish vaqtidan foydalanishga bog„liq. Afsuski, ko„p korxonalarda ish vaqtidan
qoniqarsiz foydalaniladi. Ayniqsa, hozirda ishlab chiqarishni jadallashtirish sharoitida
bekor yo„qotilgan har bir daqiqaning bahosi qimmatga tushmoqda. Butun sanoat
bo„yicha har bir daqiqaning yo„qotilishi, millionlab so„mga kam mahsulot ishlab
chiqarish demakdir. SHuning uchun mehnat unumdorligining oshishi bilan ish vaqti
har bir daqiqasining ham qimmati oshib boradi. SHu sababli korxonalarning ish vaqti
hajmini aniqlash va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning ish vaqti hajmi deb barcha xodimlarning bir yillik ish kunida
bajarishi lozim bo„lgan ish soatlari yig„indisiga aytiladi.
Ish vaqtini tahlil qilish uchun uning umumiy hajmini (UHIV) aniqlab olish
lozim bo„ladi. Ushbu ko„rsatkich barcha xodimlar sonini (X) har bir xodimning
o„rtacha ishlagan ish kunlari (IK) va bir kundagi ish vaqti (Vx) muddatiga
ko„paytirish yo„li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
UHIV = X * IK * Vx (2.1.1)
Ish vaqti hajmini bevosita asosiy ish bilan band bo„lgan xodimlarni (AX)
aniqlash uchun barcha xodimlar sonidan (X) boshqaruvda band bo„lgan xodimlar va
xizmatchilar (BX) soni ayriladi:
AX = X – BX (2.1.2)
Ishchilar ish vaqti hajmini ham barcha xodimlar ish vaqti singari aniqlash
mumkin. Bu ko„rsatkich ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlashda, unga ta‟sir
33
etuvchi omillarni aniqlashda qo„llaniladi. Ish vaqti hajmining tahlili ushbu
ko„rsatkichlarni aniqlashdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |