"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi


Muommoning o„rganilganlik darajasi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana22.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#505639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari

Muommoning o„rganilganlik darajasi. 
Iqtisodiy ta‟limotlar asoschilari 
tomonidan ushbu masala yuzasidan asos hisoblangan g„oyatlar yaratilgan. Bu 
xususdagi V.Peggi, A.Smit, D.Rikardo, J.M.Keynslarning g„oyatlari, L.Valras, 
K.Makkonell, S.Bryu, A.Filippe, M.Fridmen, J.Marshall, Bansal Vipul K., kabi jaxon 
tan olgan iqtisodchi olimlar qarashlari, garchi ular turli iqtisodiy tizim g„oyatlarini 
tarannum etishgan bo„lishsada, ularni bir maqsad - iqtisodiy rivojlanish va 
barqarorlikka erishish muammolari birlashtirib turgan. 
Respublikamizning shu soha olimlaridan Q.Abduraxmonov, A.Ortikov., E.X. 
Maxmudov, B.J.Safarov kabi kuplab olimlarning fikr va muloxazalari o„rganildi. 
Tadqiqot amaliy ahamiyati. 
Malakaviy amaliyot ob‟ekti hisoblangan, 
“Ro‟zimatjon ota” MCHJning rasmiy statistika ma‟lumotlaridan keng foydalanildi. 
Tadqiqot natijasida olingan xulosalarni “Ro‟zimatjon ota” MCHJda xodimlarning ish 
vaqtidan foydalanishni yaxshilash bo‟yyicha qo„llash mumkin. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Mavzuni yoritish va mavjud muammolarni hal 
etish davomida quyidagi yangiliklarga erishildi: 
xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash talablari va uning o„ziga 
xos xususiyatlari yoritib berildi; 
BMIning tuzilishi va hajmi.
Bitiruv nalakaviy ishi mantiqan bir-biri bilan 
bog'liq holda ketma-ket joylashtirilgan kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro'yxatidan tarkib topgan.



 
1. KORXONADA XODIMLAR ISH VAQTIDAN FOYDALANISHNI 
YAXSHILASH MASALALARI 
1.1. Ish vaqti to„g„risida tushuncha va ish vaqti sarfi uning turkumlanishi
O„zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114- moddasida, “Xodim ish 
tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o„z mehnat 
vazifalarini bajarish lozim bo„lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi” deb yozilgan. Undan 
tashqari shu yuqorida ko„rsatilgan. Mehnat kodeksining 115-moddasida “Xodim 
uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo„lishi mumkin 
emas” deb ham ko„rsatilgan. Shu moddada “Olti kunlik ish haftasida har kunlik 
ishning muddati etti soatdan ortib ketmasligi lozim” deb ham ko„rsatilgan. Shunday 
ekan, ish vaqti deganimizda O„zbekiston Respublikasi davlat tomonidan qonun bilan 
belgilangan ma‟lum vaqt birligi tushuniladi. Bu vaqtda korxona va tashkilotlarda 
xodimlar o„zlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda 
muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun normasini belgilash kerak, buning 
uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilishini o„rganish va aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Ish joylarida ish vaqti ko„p yo„nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning 
ba‟zilari foydali, ba‟zilari esa befoyda bo„ladi. Foydali sarflar juda murakkab 
strukturaga ega bo„lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga turlicha 
ta‟sir ko„rsatadi. Ish vaqtining bekor ketishiga ham turli sabablar bo„ladi, ularni 
bartaraf qilishga alohida yondoshish kerak bo„ladi. Korxonalarda jami ish vaqti fondi 
to„g„ri foydalanishni tashkil qilish muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning eng 
muhim vazifalaridan biridir. 
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta ishchining soat hisobida 
muayyan vaqt (smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana shu 



ishlab chiqarishda ishlayotgan hamma xodimlarning soniga ko„paytirish yo„li bilan 
aniqlash tushunaladi. 
Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun barcha ish vaqti, ya‟ni ish kuni 
(ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish 
topshirig„ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda ishchi u yoki bu 
sabablarga ko„ra ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish bilan band bo„lmagan tanaffus 
vaqtlariga bo„linadi. 
Ishlab chiqarishda buni kuzatayotgan xodimning ish vaqtini hamda jihozlarni 
ishlab turishini o„rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi ijrochining ish 
bilan band bo„lgan vaqti bilan jihozning bekor turib qolgan vaqtini yoki buning aksini 
o„z ichiga olganligi uchun vaqt sarfini ham ishchiga nisbatan, ham jihozga nisbatan 
klassifikatsiyalarga bo„lib, alohida qarab chiqishi kerak. Buni quyidagi sxemalarda 
ham ko„rib chiqish mumkin. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish