"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi


-rasm. Xodimning ish vaqti tarkibi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana22.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#505639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari

 
1.1.1-rasm. Xodimning ish vaqti tarkibi
 
Xodimning ish vaqti
Ish vaqti
Tanaffus vaqti 
Ishlab 
chiqarish 
topshirig„ini bajarish 
uchun 
sarflanadigan 
vaqt
Ishlab 
chiqarish 
topshirig„ini 
ko„zda 
tutilmagan 
ishlarni 
bajarish 
uchun 
sarflanadigan



Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga 
bo„linadi. Ish vaqti o„z navbatida ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish uchun 
sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig„ini ko„zda tutilmagan ishlarni 
bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo„linadi. 
Ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash uchun 
texnologik jarayonda ko„zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish vaqti bilan 
bog„liqdir. Bu xildagi vaqt norma belgilanishi lozim bo„lgan vaqt bo„lib, u vaqt 
normasi tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig„ini bajarish uchun kerakli vaqt 
unumli ish vaqtiga kiradi. 
Ishlab chiqarish topshirig„ida ko„zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish vaqtiga 
va unumsiz ish vaqtiga bo„linadi. 
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig„ida 
ko„zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo„lib qolgan ishlar 
kiradi. 
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko„zda tutilmagan, ammo uning 
bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko„paytirishga yoki uning sifatini yaxshilashga 
xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli zagatovkalarda 
ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan oldingi operatsiyalarda 
yo„l qo„yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo„lgan braklarni tuzatish 
noto„g„ri yig„ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig„ish, ishchining zagatovkani, 
asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k. ana shunday 
unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig„i bilan nazarda tutilmagan 
ishlarga sarflanmaydgan vaqt normallashtirilmaydigan ish bo„lib, unga norma 
belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi. 
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo„sh turib 
qolishidir. 
Uni 
normallashtirilgan 
tanaffuslarga 
va 
normmallashtirilmagan 
tanaffuslarga bo„linadi.



Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog„liq 
bo„lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari 
tufayli jihozlarni to„xtab qolishi bilan bog„liq bo„lgan tanaffuslardir. 
Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki 
xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay bo„sh 
turib qolgan vaqtini o„z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga jihozlarni 
amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab 
qo„yilmagan butun bo„sh turib qolgan vaqti kiradi. 
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ichida 
tanaffuslar sodir bo„lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan barvaqt 
ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish ketayotgan paytda 
ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish, normada 
ko„rsatilgandan ortiq dam olib o„tirish va h.k. kiradi. 
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini bir ko„rib chiqqan klasifikatsiya 
doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo„lish mumkin. 
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga norma bilan belgilangan doirada 
topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo„lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-
yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko„rsatish vaqti, dam olish va 
shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil 
qilish ishlari bilan bog„liq bo„lgan tanaffus vaqtlari kiradi. 
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo„sh 
turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt normasi tarkibiga 
kiritilmasligi turgan gap. 
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish vaqtini normallashtiriladi 
va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo„lishdan maqsad ularni qanchalik unumli 
ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga keltiradigan 


10 
sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko„p bo„lganligi uchun ularni bir-biriga 
yaxshiroq, o„xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish hamda har bir 
kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq Tariflab berish kerak bo„ladi. Foydali sarf 
qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Ulardan ba‟zilari 
normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o„zining tutgan o„rnidan, ya‟ni 
salmog„idan qat‟iy nazar foydali bo„ladi. Shuning uchun ham ularning salmog„i 
qancha ko„p bo„lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo„ladi, 
jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi. 
Ba‟zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko„payib ketishi 
mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib yuborishi 
mumkin. 
Ba‟zan bu xildagi vaqt sarfiga yo„l qo„yishga to„g„ri keladi, bunga sabab 
jihozlarning texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil 
qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo„ladi yoki bo„lmasa bunga kishi 
organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo„ladi. 
Demak, bunday sarflarni cheklab qo„yish ishchining mehnat samaradorligini 
oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun ish 
vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini shunday kategoriyalarga, 
ya‟ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat ko„rsatish, texnikaviy 
jarayonlar bilan bog„liq bo„lib, reglamentga solingan dam olish va tanaffus vaqtlariga 
bo„lishni taqazo qiladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish