Realizatsiya tushumlari miqdori
|
Soliq turi
|
Soliq stavkasi
|
Soliqlarni to‘lash tartibi
|
1.
|
100 mln. so‘mgacha
|
Daromad solig‘i
|
12 % ёки qat’iy miqdordagi summada
|
Soliqlarni yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdordagi summada to‘lashni tanlashi mumkin.
|
2.
|
100 mln.so‘mdan
1 mlrd. so‘mgacha
|
Aylanmadan soliq yoki
QQS va Foyda solig‘i
|
4 % yoki 15 %
|
100 mln. so‘mdan oshgan summadan aylanmadan soliqni to‘lashga o‘tadi yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tishi mumkin
|
3.
|
1 mlrd. so‘mdan ortiq
|
QQS va Foyda solig‘i
|
15 %
|
QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi yoki foyda solig‘ini soddalashtirilgan tartibda to‘lashni tanlashi mumkin.
|
1.1.Yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan soliqlar va yagona ijtimoiy to’lov. Qat’iy belgilangan soliq.
Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliqni to‘laydi.
Qat’iy belgilangan soliq yakka tartibdagi tadbirkorning kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat'i nazar, qat'iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullangan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.
Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Masalan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshirgan taqdirda, Toshkent shahriga belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha qat’iy soliq to‘laydi. Agar ushbu tadbirkor Zangiota tumanida faoliyatini amalga oshirsa, eng kam ish haqining 3 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |