Suv resurslarining ham ahamiyati ko'p funktsiyali. Sanoatda suv xususan suv va issiqlik elektr stantsiyalari, qora va rangli metallurgiya, tsellyulozaqog'oz, gidroliz, sintetik tola ishlab chiqarishda, to'qimachilikda ko'p sarflanadi (ayrim ma`lumotlarga ko'ra, sanoat butun xalq xo'jaligida sarflanadigan suvning 40 foizini iste`molqiladi). Masalan, 1 tonna sintetik tola ishlab chiqarish uchun 2000 m3, 1 tonna ip gazlamasiga 1260 m3, 1200 ming kVt quvvatga ega bo'lgan issiqlik elektr stantsiyasi uchun esa 1200 mln3 suv sarflanadi. Demak, bu va shungao’xshash sanoat korxonalarining suv sig'imi juda yuqori. Mazkur omilning qishloq xo'jaligi va ayniqsa sug'orma dehqonchilikdagi o’rni yanada yuqori va an`anaviyroq. Zero, dastlabki madaniylashgan, rivojlangan joylar aynan Yer yuzining sug'orma dehqonchilik rayonlarida, vohalarda vujudga kelgan (Nil del'tasi, Mesopotamiya, hindGang pasttekisligi, Xuanxe daryosining o’rta qismi, Movarounnahr va b.). - Suv resurslarining ham ahamiyati ko'p funktsiyali. Sanoatda suv xususan suv va issiqlik elektr stantsiyalari, qora va rangli metallurgiya, tsellyulozaqog'oz, gidroliz, sintetik tola ishlab chiqarishda, to'qimachilikda ko'p sarflanadi (ayrim ma`lumotlarga ko'ra, sanoat butun xalq xo'jaligida sarflanadigan suvning 40 foizini iste`molqiladi). Masalan, 1 tonna sintetik tola ishlab chiqarish uchun 2000 m3, 1 tonna ip gazlamasiga 1260 m3, 1200 ming kVt quvvatga ega bo'lgan issiqlik elektr stantsiyasi uchun esa 1200 mln3 suv sarflanadi. Demak, bu va shungao’xshash sanoat korxonalarining suv sig'imi juda yuqori. Mazkur omilning qishloq xo'jaligi va ayniqsa sug'orma dehqonchilikdagi o’rni yanada yuqori va an`anaviyroq. Zero, dastlabki madaniylashgan, rivojlangan joylar aynan Yer yuzining sug'orma dehqonchilik rayonlarida, vohalarda vujudga kelgan (Nil del'tasi, Mesopotamiya, hindGang pasttekisligi, Xuanxe daryosining o’rta qismi, Movarounnahr va b.).
- Issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab chiqarishga o’xshash tarmoqlarni ko'proq rivojlantirish talab etiladi. Obhavo va iqlim transportning ko'pgina turlarini rivojlantirish va joylashtirishga ham ta`sirqiladi. Shuningdek, tabiiy geografik sharoitlar rekreatsiya va turizm sohalarini tashkil etishda ham katta ahamiyatga ega.
- Suv mo'l bo'lgan hududlarda, odatda, sholi, sazavot kabilar ekiladi. Paxta ham ancha suvtalabdir. qizig'i shundaki, yer maydoni bor joyda, suv etishmaydi va aksincha suv ko'p tog'li hududlarda sug'orma dehqonchilikni rivojlantirish mushkul. To'g'ri, har ikkalasi muhayyo bo'lgan joylarham yo'q emas. Ammo bunday joylarda havo harorati etishmasligi mumkin. Demak, qishloq xo'jaligi va ayniqsa uning serdaromad tarmog'i dehqonchilik uchun uch asosiy omil: yer, suv vaharorat zarur. Albatta, bu mazmunda yer faqat oddiy ekin maydoni mazmunidagina emas, balki uning tuproq qatlami bilan ahamiyatlidir. Binobarin, agroiqlimiy resurslarni harorat, suv va tuproq birligida ko'rish yanada to'g'riroq bo'ladi.
- O'zbekiston Respublikasining yer boyligi ancha katta (maydoni 448,9 ming kv.km.). Uning iqlim sharoitlarihamqulay-ba`ziqishloq xo'jalik mahsulotlarini bir yilda 2-3 marta hosilini olish mumkin. Biroq,qishloq xo'jaligida mavjud yerlardan unumli foydalanish uchun irrigatsiya va melioratsiya, agroinfrastruktura tizimini rivojlantirish, ekologik muammolarni hal qilib berish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |