Ishlab chiqarish iktisodiyoti I



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana16.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#498106
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
ishlab chiqarish iqtisodiyoti (1)

Kadrlarni tanlash
- korxonaning muvaffaqiyatli ishlashining 
bosh muammolaridan biri. Firmaning taqdiri ularning ish sifatiga 
bog‘liqdir. Xodimlarni to‘g‘ri tanlash va keyinchalik ular bilan ish-
lash ko‘pgina potensial muammolarni hal qilishi va rahbar hamda 
jamoa o‘rtasida yaxshi munosabatlarning o‘rnatishga yordam berishi 
mumkin. 
Korxonada kadrlar bilan har bir kuni olib boriladigan ish kadr-
larga bo‘lagan talabni baholashdan, ishga qabullash, kadrlarni 
o‘qitish, xodimlarning ishlarini baholash, nazorat, ularni boshqarish, 
kadrlar siyosatini rejalashtirish, yaxshi ishlashni rag‘batlantirishdan 
iboratdir. 
Kadrlarga bo‘lgan talabni noto‘g‘ri belgilash yoki ularni no-
to‘g‘ri tanlash ularning, masalan, boshqa ishga yaxshiroq to‘g‘ri 
kelishlari sababli, o‘ylamay tayinlangan joylarida samarasiz ishlash-
ga olib kelishi mumkin. 
Xodimlarni tanlash mumkin bo‘lganliklari uchun ham ishga olish 
mumkin. Bu ularning qobilyatlari, ishga munosabati, ichki intizomi, 
mas’uliyati, qay darajada adolatli ekanlik, sadoqati haqida ko‘proq 
tasavvur berishi mumkin. Kadrlarni ishga olishda va ular bilan ish-
lashda qonuniy talablarga rioya qilish zarurdir. 
Xodimlarning ishi sifati baholaganda

• uning ma’lum bir davr mobaynidagi ishi ko‘rsatkichlarini tahlil 
qilish; 
• muvafaqqiyatlarini ko‘rsatish; 
• aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mulohazalar bildirish; 
• kelajakka vazifalar belgilash; 
• xodimlarga ularning ishlari sifatini baholash natijalari bo‘yicha 
o‘z fikrlarini aytish imkoniyatini berish; 
• intizomga oid har qanday shikoyat yoki savolni muhokama qi-
lish zarur. 
Davlat, moliya tizimi, ijrochi xokimiyatining konkret vakillari bi-
lan o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlarga aniq rioya etish aso-


58 
siga qurish lozim. 
Tadbirkorlikda o‘zini tutish o‘z imijini yaratish va uni ishlab tu-
rishga, iste’molchi oldida va ishbilarmonlar doirasida obro‘–e’tibor 
qozonishga, ishonchli va haqiqiy sherik nomi darajasini oshirishga 
yordam berishi kerak. Lekin bunda doim tijorat surini saqlashni 
yoddan chiqormaslik kerak bo‘ladi. 
Kadrlar moddiy–texnika bazasining eng muhim tarkibiy qismini 
tashkil etadilar. Ular ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita 
bog‘liqdirlar, ishchilar, mutaxassislar va xizmat ko‘rsatish xodim-
laridan yig‘iladigan sanoat ishlab chiqarish xodimlari (SICHX) ni 
tashkil kiladilar. SICHX ning asosiy qismi – ishchilar. 
Ilmiy–texnik taraqqiyot ta’siri ostida ishchilar va mutaxassislarn-
ing sanoat tarmoqlari buyicha taqsimlanganida tarkibiy o‘zgarishlar 
ro‘y bermoqda. Boshqaruv tarkibining yuqori, o‘rta va quyi 
bo‘g‘inlarining roli haqida siz “Menejment” kursidan batafsil bilib 
olasiz. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish