Sana
|
Amaliyotdagi
ish joyi
|
Bajarilgan ishlar
|
Rahbarning imzosi
|
|
|
|
|
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan bank mas’ul xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali tasdiqlaydi.
V. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA TIJORAT BANKI VA INSTITUTDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishi uchun byudjetdan tashqari tijorat bankining buyrug‘i bilan tegishli viloyat, shahar va tumanlarga qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Dasturda belgilangan operatsiyalarni o’rganishda amaliyotning umumiy rahbari hamda har bir ishchi o‘rnida alohida rahbar tayinlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi:
Ish joyi
|
Ish joyidagi rahbarining ismi-sharifi
|
Amaliyot boshlanishmuddati
|
Amaliyotning tugash muddati
|
Hisobotni rasmiylashtirish
va topshirish muddatlari
|
|
|
|
|
|
Bank rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning malakaviy amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga tayinlangan Bankning mas’ul xodimi rahbarlik qiladi.
Bank tomonidan tayinlangan rahbar har bir ish joyida amaliyotni tashkil qilishda, talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Rahbar talabaning dasturda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng, umumiy rahbar talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha xulosani talabaning kundaligida yozib beradi. Shu bilan birga talabaga amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi buyruqdan ko‘chirma beradi.
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash tartibini tushuntirish;
amaliyot rahbari talabalarning tanishuv amaliyoti obyektiga borishi, joylashishi, amaliyot o‘tashi hamda hisobotni tayyorlanishi yuzasidan kafedra yig‘ilishida doimiy hisobot berib borish;
amaliyot rahbari talabalarning Tanishuv amaliyotini o‘tash davrida to‘liq nazoratni tashkil qilish;
amaliyot rahbari (zarur hollarda) amaliyot obyektlari bo‘yicha (individual shakllarda va institutdan uzoq masofalarga belgilanganda) xizmat safariga chiqadi;
amaliyot dasturini to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat qilib borish;
kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish;
amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |