“Maxam-Chirchiq” AJ O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalardan biri bo‘lib, mamlakatdagi birinchi azot zavodi bazasida tashkil etilgan. 80-yildan ortiqroq korxona O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyo mahsulotlarini yirik ishlab chiqaruvchisi deb hisoblanadi. Barqarorlik va mustahkamlik korxonani mahalliy va xorijiy korxonalar oldida yirik va raqobatbardosh ishlab chiqaruvchi sifatida tavsiya etdi. Bugungi kunda korxonada 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda: karbamid, ammiakli selitra , ammoniy sulfat, KAS, suyuq texnik ammiak, suvli texnik ammiak, konsentrlangan nitrat kislotasi, konsentrlanmagan nitrat kislotasi, katalizatorlar, suyuq va gazsimon ikki oksidli uglerod. Ushbu mahsulotlar sanoatning ko‘p tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Shu jumladan kimyo, elektronika, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq ovqat va qishloq xo‘jaligida.
“Maxam-Chirchiq” AJ tarkibida O‘zbekiston hududida yagona bo‘lgan katalizator ishlab chiqarishi ishlab turibdi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati sertifikat bilan tasdiqlanadi.
“Maxam-Chirchiq” AJda Menedjment tizimi rasmiylashtirilib joriy etilib, xalqaro standartlar talablariga ISO 9001 «Sifat Menedjmenti Tizimi», ISO14001 «Ekologik menedjment tizimi», ISO 50001 «Energomenejment tizimi», ISO 45001 «Sog‘liqni saqlash va kasbiy xavfsizlikni ta’minlash menejmenti tizimi»ga - muvofiq ishlab kelmoqda. Sifatni boshqarish tizimi iste’molchilarning talab va istaklarini, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, faoliyatning barcha turlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Korxona «CERT INTERNATIONAL» sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan.
O'tkazilgan sertifikatlash auditi natijalariga ko'ra korxonaga mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida menejment tizimiga muvofiqlik sertifikatlari berildi, bu esa ichki bozorni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Integrallangan menedjment tizimi ishlab chiqish va joriy etish jarayonida ishlab chiqarishimizda xalqaro standartlarning barcha talablari bajarildi. O‘tkazilgan xalqaro audit natijalari va xalqaro darajadagi muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi tavsiyasi buning isbotidir
Yuqori tashkilot rahbariyati tomonidan Menedjment Tizimi tahlili asosida ishlab chiqilgan tadbiralarning bajarilishi doimiy takomillashish uchun katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz SNG mamlakatlaridan tashqari uzoq xorij mamlakatlarida ham yuqori talabga egadir. Korxonamiz faoliyatining asosiy aspektlarini yoritib, sizlar bilan uzoq davom etadigan va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishimizga ishonch bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |