KALIY (K)
Kaliy-o‘simlikning asosiy rivojlanish jarayonlarining boshqaruvida qatnashib, ular hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Shu jumladan: fermentlar faoliyatini oshiradi, fotosintez jarayonida ishtirok etadi, o‘simlik to‘qimalaridagi moddalarning almashinuvini boshqaradi, uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi, o‘simlikdagi suv balansini boshqaradi, o‘simliklarning stresslarga, jumladan sovuqqa, qurg‘oqchilikka, pestitsidlarga va kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarga ta’siri. Kaliy o‘simliklarda turli fiziologik funksiyalarni bajaradi. U sitoplazma kalloidlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning suvlanishini ko‘paytiradi, bo‘rtishi va yopishqoqligini oshiradi, bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvini yaxshilashga, hamda o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishga ta’sir etadi.
Kaliy tanqisligi ayrim metabolik jarayonlarning buzilishiga olib keladi, natijada hosildorlikning kamayishi va sifatning yomonlashishi yuzaga keladi. Kaliy o‘simliklarning sovuqqa chidamliligini, hujayralardagi osmatik bosimning ko‘payishi va ular tarkibidagi shakarning ko‘tarilishi hisobini oshiradi.
Kaliy bilan etarli oziqlanishda o‘simliklarning kasalliklarga bardoshligi, masalan donl io‘simliklarda “muchnistaya rosa” va zang kasalliklariga, sabzavotlar va kartoshkada mog‘or qo‘zg‘atuvchilariga qarshiligi oshadi.
Kaliy poyalarning mustahkamligini, o‘simlikning yotib qolishga chidamliligini, zig‘ir va kanop tolasi miqdorini va sifatini oshiradi.
MAGNIY (Mg)
Magniy o‘simliklar uchun eng muhim oziqlantiruvchi moddalar tarkibiga kiradi.Shuning uchun o‘simliklarning o‘sish davrida to‘g‘ri oziqlantirish juda muhim.Azot,fosfor va kaliydan keyin magniy o‘simliklarning muhim oziq moddalarga kiradi.Bunday holda magniy bosh rol o‘ynaydi, chunki u xlorofil hosil bo‘lishi uchun zarur. Magniysiz o‘simlik fotosintezni bajara olmaydi.Magniy tabiiy ravishda bog‘ tuprog‘ida mavjud.O‘rtacha og‘ir va og‘ir tuproqlarga qaraganda yengil, qumli va kislotali tuproqda kamroq bo‘ladi.Shunday qilib yengil va kislotali tuproqlarda magniy ko‘pincha yetarli emas.Bundan tashqari yog‘ingarchilik va sug‘orish har yili 1 kvadrat metr bog‘ tuprog‘idan tahminan 4 grammdan 8 grammgacha magniyni olib tashlaydi va o‘simliklar tuproq magniyini boshqa oziq moddalar bilan bir qatorda o‘zlashtiradi.O‘sish jarayonida va quruq davrda o‘simliklarning magniyga bo‘lgan ehtiyoji eng yuqori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |