Tortuv generatori yakori.
Tortuv generatorining og‘irligini kamaytirish
27
uchun GP-311B (BM) generatorinini yakor korpusi qismlardan payvadnlanib
yig’ilib tayyorlangan (2.11-rasm). Yakor korpusining chetida flanets bo‘lib, u
dizelning tirsakli vali bilan mufta orqali ulanish uchun mo’ljallangan. Qarama-
qarshi tomondan esa qovurg‘asimon vtulkadan iborat. Vtulkaning ichki qismiga
yakorning qisqartirilgan vali presslash yo‘li bilan o‘rnatilgan. To‘liq val o‘rniga
qisqartirilgan val qo‘llanishi yakor massasini kamaytirishga olib keladi.
Qovurg‘asimon vtulkaning tashqi halqasi generator kollektorini o‘rnatilishi uchun
xizmat qiladi. Tortuv generatori yakorining vali rolikli podshipnikga tayanadi.
Podshipnik qopqoq va halqa bilan yopilgan.
Tortuv generatori yakor o‘zagi qalinligi 0.5mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat
segment listlardan yig‘ilgan bo‘lib, siqib qo‘yadigan shayba va shpilkalar
yordamida mahkamlanadi. O‘zak listlari bir-biridan izolyatsiyalanganligi sababli
o‘zakdagi energiya yo‘qotish miqdori kamayadi va o‘zakni uyurma toklar bilan
qizishi kamayadi. Bu listlar tashqi sirtida tishlari bo‘lib, tishlar orasida pazlar hosil
bo‘ladi. Bu pazlarga yakor chulg‘ami joylashtiriladi.
2.11. - rasm. GP-311B tortuv generatori yakori:
1- kollektor shpilkasi; 2- manjeta; 3- tsilindr; 4- disk; 5,8- chulg‘am ushlagich; 6- qirra; 7-
qurilmalar qismlarini bir-biriga mustahkamlaydigan pona; 9- ventilyatsiyaga oid yakor listi; 10-
o‘rta yakor listi; 11- chetki yakor listi; 12- mikanit prokladkasi; 13- siquvchi konus; 14- vtulka;
28
15-val.
Yakor chulg‘ami ikki yo‘lli nosimmetrik halqasimon tenglashtiruvchi
birikmali chulg‘am hisoblanadi. Chulg‘am seksiyalardan tashkil topgan. Tayyor
seksiyalar yakor o‘zagi pazlari orasiga joylashtiriladi va kollektor plastinalari bilan
ulanadi.
Yakor cho'lg'ami yig'ilishida, avval kollektor tomonidan kollektor bo'yicha
1-94 qadam bilan har bir o'tkazgichga bir donadan kesim yuzasi bo'yicha o'lchami
1,32x6,3 mm bo'lgan tenglashtiruvchi cho'lg'amlar joylashtiriladi. Tenglashtiruvchi
cho'lg'amlar soni yakor cho'lg'amlari soniga teng bo'lib 465 donani tashkil qiladi.
Yakorga cho'lg'amlari yakor o'zagiga yig'ilishida avval har bir pazlarga
cho'lg'am ostiga va cho'lg'am va shisha tekstolitli pona ostiga shisha tekstolitli
izolyacion material qo'yiladi.
Yakor cho'lg'amlari izolyacion material bilan o'ralgandan so'ng, har bir
pazga cho'lg'am sekciyasining bir tomoni qo'yiladi. Bunda bir pazda ikki
cho'lg'amning bir tomoni joylashtiriladi. Har bir cho'lg'amda uchtadan
ko‘ndalang
kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi 2.83x5.5 o‘lchamli bir o‘ramli mis
o‘tkazgichli sim joylashtirilgan. Bu simlar magnit maydon ta'sirida hosil bo'ladigan
uyurmaviy kuch ta'sirini kamaytirish uchun ikkita simdan yig'iladi. Har bir sim
qalinligi 0,1 mm bo'lgan bir qavat LS markali slyudamato bilan, cho'lg'am
tomonini tashkil qiluvchi uch sim qalinligi 0,13 mm LSE markali 3 qavat
izolyacion material bilan izolyaciyalangan.
Yakor cho'lg'ami kollektor bo'yicha 1-3, yakor pazlari bo'yicha 1- 16 qadam
bilan joylashtirilgan (2.12.-rasm). Yakor cho'lg'amining nosimmetrikligi pazdagi
cho'lg'amlardan birini qo'shni pazga o'tkazish bilan amalga oshiriladi. Buning
uchun yakor kollektoriga qarama - qarshi tomonidan cho'lg'am uzilib qo'shni pazda
joylashgan cho'lg'am simi bilan payvandlanadi va bir vaqtning o'zida ikki paralel
cho'lg'am hosil qilinadi.
29
2.12-rasm. Yakor cho’lg’amini pazlarda joylashuv sxemasi
Tortuv generatori ishlash jarayonida uning yakori yuqori tezlikda
harakatlanadi va yakor chulg‘ami seksiyalariga markazdan qochma kuch ta’sir
etadi. Yakor o‘zagi pazlariga yakor chulg‘ami seksiyalari izolyatsiyalangan
shishatekstolitli ponalar bilan ushlab turiladi. Yakor cho'lg'amlarining pazlardan
tashqari qismi shishamatoli bandaj bilan o'ralib issiq havoda pishirilib yahlit
holatga keltiriladi. Shishali bandaj ingichka po‘lat simli bandajdan farqli o‘laroq
elektr mashinaning magnit maydoniga ta’sir o‘tkazmaydi.
Kollektor tortuv generatori yakor chulg‘amida induktsiyalanayotgan
o‘zgaruvchan EYuKni to‘g‘irlash uchun xizmat qiladi. Kollektor ko‘p miqdordagi
misdan tayyorlangan kollektor plastinalaridan iborat bo‘ladi. Masalan GP-311B
tortuv generatori 465 ta kollektor plastinaliridan tashkil topgan. Kollektorni yig‘ish
jarayonida bu plastinalar orasiga izolyatsiya-lovchi mikanitli prokladka qo‘yib
yig‘iladi. Mikanit bu elektr izolyatsiya-lovchi material bo‘lib, shaffof mineral
yupqa listlarni yopishtirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Yig‘ilgan kollektor yakor
vtulkasiga presslanadi. Bundan tashqari yig‘ilgan kollektor plastinalari va kollektor
korpusi orasi ham izolyatsiyalanadi. Kollektor plastinalarining asosi “qaldirg‘och
dumi” shaklida tayyorlanadi. Yig‘ilgan kollektor yakorning vtulka qismiga
30
presslab o‘rnatiladi. Kollektor plastinalarining chiqib turuvchi toj qismiga yakor
chulg‘amlari kavsharlanadi. Egiluvchan toj (петушок) qismining bir uchi
kollektor plastinalariga, ikkinchi uchi esa yakor chulg‘amlariga kavsharlanadi.
Elektr mashinalarning kollektoridan tok cho‘tkalar yordamida olinadi.
Lokomotivlarda yuqori sifatli elektr grafit cho‘tkalardan foydalaniladi. Bo‘
cho‘tkalarga ko‘mir kukuni bog‘lovchi material sifatida qo‘shib tayyorlanadi. Ular
brusok shaklida kerakli o‘lchamgacha presslanadi va elektr pechlarda yuqori
harorat 3000 ºC gacha qizdiriladi. Termik ishlov berish natijasida uglerod o‘zining
boshqa ko‘rinishi grafitga o‘tadi. Cho‘tkalarga termik ishlov berish jarayoni
grafitatsiya deyiladi. Grafitatsiya cho‘tkalar sifatini sezilarli darajada oshishiga
olib keladi. Natijada cho‘tkalar yumshoq, mustahkam, eyilishga chidamli bo‘lib,
kollektorni kamroq eyilishiga olib keladi va katta tok o‘tkazish xususiyatiga ega
bo‘ladi.
Cho‘tkalarning ishchi yuzasi kollektorga moslashtiriladi (pritirka qilinadi).
Ya’ni cho‘tka va kollektor jips yopishib turishi uchun cho‘tka sirtini kollektor
yuzasida silliqlab ishlov beriladi. Cho‘tkalar sirpanuvchi kollektor yuzasi tsilindr
shaklida tayyorlanadi va puxtalik bilan silliqlanadi.
Cho‘tkalarni zarb va vibratsiya bilan ishlashini oldini olish uchun
kollektorga nisbatan burchak ostida yoki rezinali amortizator bilan o‘rnatiladi.
Cho‘tka maxsus cho‘tka o‘rnatiluvchi latundan tayyorlangan cho‘tka
ushlagichlarga o‘rnatiladi (2.13 -rasm).
Cho‘tkaushlagichning vazifasini cho‘tkani to‘g‘ri holatda, kollektor sirtiga
jipslab ushlab turishdan iborat. Buning uchun cho‘tka ushlagichlarda prujinalar
mavjud. Cho‘tkaushlagichlarda cho‘tkalar rezinali amortizator bilan o‘rnatilgan.
Elektr toki cho‘tkalardan egiluvchan mis o'tkazgichlar (shunt) orqali o‘tkaziladi.
Shuntning ikkinchi uchi cho‘tkaushlagich braketi bilan ishonchli biriktirilgan.
31
2.13 – rasm. Cho‘tka ushlagich va cho‘tka:
1-rezinali nakladka; 2- siquvchi richag; 3- cho‘tkaushlagich korpusi; 4- cho‘tka.
GP-311B tortuv generatorida asosiy qutblar soniga mos ravishda o‘nta
alyuminiy braketi mavjud. Har bir braketda 9 ta cho‘tkaushlagich va 9 ta
ikkilangan cho‘tka mavjud. Izolyatorlardagi braketlar aylanuvchi traversalarga
ulanadi (2.14-rasm). Traversalar tortuv generatori podshipnik shchitida o‘rnatilgan.
Traversa cho‘tkaushlagichni ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash jarayonida qulaylik
yaratish uchun aylanish imkoniyatiga ega.
2.14– rasm. Traversa:
1- traversa; 2-tok yig‘uvchi shina; 3-tishli uzatma
Dizel ishlash jarayonida uning tirsakli vali plastinali mufta yordamida tortuv
32
generatori qutblari hosil qilgan magnit maydonida tortuv generatori yakorini
aylanma harakatga keltiradi. Yakor chulg‘amlarida EYuK induktsiyalanadi. Tashqi
zanjir ulanganda elektr toki yakor chulg‘amlaridan bir guruh kollektor plastinalari
orqali o‘tib, musbat ishorali chulg‘am ushlagichlar orqali tortuv elektr dvigateliga,
so‘ngra esa manfiy ishorali chulg‘am ushlagichga va boshqa guruh kollektor
plastinalaridan yakor chulg‘amiga qaytib keladi.
Generatorda manfiy va musbat qutblar o‘zaro navbatma-navbat joylashadi,
ya’ni manfiy qutb musbat qutbdan keyin keladi, so‘ngra yana manfiy qutb
joylashadi (2.15. rasm).
33
2.15-rasm generator qutblarini ulanish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |