pnevmatik tormozlanish va radiostanciya zanjirlari TEP 70 teplovoziniki kabi qilib
tayyorlangan.
Boshqaruv dasturlari kiritilgan,principial elektr zanjir elektr qurilmalariga
boshqaruvchi ta'sir ko'rsatadigan tizim quydagi vazifalarni bajaradi:
- dizelni avtomatik ishga tushirish, va dizel tirsakli valini aylanishlar
chastotasini masofadan
turib boshqarish;
- dizelni ishga tushirishdan avval va to'htatilgandan so'ng avtomatik moyni
haydab berish.;
- dizelni to'htatmasdan boshqaruvni bir kabinadan boshqa kabinaga
o'tkazish;
Tortish va tormozlash shemalarini avtomatik yig’ish
va ajratish;
Tortuv elektr dvigatellarning uyg’otishni susaytirish kontaktorlarini
avtomatik
boshqarish;
Elektr egenrgiya bilan ta'minlovchi tortuv generatorning uyg’otish tizimini
mashinist kontrollerining poziciyasidan kelib
chiqib avtomatik rostlash
Dizel valini aylanishlar chastotasini elektr tormozlanish ishga tushishi
vaqtidan
boshlab avtomatik boshqarish
Sostavni elektr taminotini avtomatik boshqarish;
TSH keltirilgan teplovoz va dizel bo'yicha barcha himoyalar, teplovoz
himoya aparatlariga ta'sirlar;
Teplovozning barcha elektr tormozlanish rejimlari: to'htatuvchi, teplovoz
pastlikka qarab yurganda tezlikni bir maromda ushlab turuvchi, shoshilinch,
avariyaviy ;
Tormoz
kompressorni boshqarish;
Yilning sovuq kunlari dizelni avtomatik
ravishda qizdirib turish;
Tortuv elektr dvigatellarida sirpanishni va shataklanishni aniqlab bartaraf
qilish;
Suv va moy jalyuzalarni avtomatik va qo'lda boshqarish;
- teplovozni va dizelni avtomatik to'htatish;
272
- real vaqt birligida kabinadagi displey boshqaruv modulida diagnostika va
hizmat ma'lumotlarni berib borish;
-belgilanmagan va avariyaviy holatlar kelib chiqganda displey moduliga
ogohlantiruvchi ma'lumotlarni berish, bunda ishdan chiqgan yoki nosoz elektr
zanjir elementlarini ko'rsatish;
- belgilangan algoritm bo'yicha teplovozning qurilmalarini avtomatik
diagnostika qilish,
-yuqori volьtli zanjirlarni elektr qarshiliklarini o'lchash;
- energetik jihatidan mustaqil malumot yig’uvchiga ogohlantiruvchi signal
berilishidan 5 sekund avval va ogohlantiruvchi signal berilgandan so'ng 5 sekund
o'tib teplovoz tizimidan so'ralgan barcha parametrlarini yozish, bundan tashqari
dizel va kompressorning motosoatlarda ishlaganligi haqidagi hizmat ma'lumotlarni
yozish, umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyani shu jumladan sostavni isitish
uchun berilgan elektr energiya haqida ma'lumotlarni yozib borish;
Ma'lumotlarni qayta ishlash qurilmalari ikkita bir hil yarim komplektlardan
tashkil topgan bo'lib, boshqaruv bloklarini to'liq rezervlash imkonini taminlaydi.
Bloklardan biri ishdan chiqsa mashinist tomonidan qo'lda boshqa zahira
komplektiga ”Pereklyuchenie rezerva” tumblerini ishga tushirish orqali o'tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: