9.2. USTA tizimining ishlash tartibi
Avtomatik rostlashning mikroprocessorli tizimi AR MPT tarkibi va ishlash
tartibi ko'p tomonlama inson - operator harakatlariga o'hshash bo'ladi. Har qanday
ARMPT o'z tarkibiga funkcional tomonidan, konstruktiv tomonidan aniq belgilab
olgan uch qismni qamrab oladi: hisoblash qismi; interfeys qismi, va elektr manba
ta'minot qismi.
ARMPT apparatlari buyruq beruvchi yoki datchiklardan ma'lumotlarni
kiritishni amalga oshiradi, ushbu ma'lumotlarni berilgan ketma - ketlikda mantiqiy
qayta ishlaydi va ish bajaruvchi qurilmalarga olingan natijalarni chiqarib beradi.
Har bir qurilma tomonidan bajariladigan masala, uning ishini algoritmi bilan
belgilanadi, tartibli ketma - ketlikda bajarilib, aniq natijaga olib keluvchi yakuniy
operaciyalarga boradi. Operaciyalarni bajarilish ketma-ketligi, ishni dasturlanishi,
elektr shema tarkibiga, tizim tarkibiga kiruvchi elektron va elektr mexanik
elementlar, apparatlar va dasturlar bog’liqligiga kiritiladi.
ARMPT yaratilishda olingan tajribalar amalda shuni tasdiqladiki ma'lum bir
masalalar ramkasida, algoritmlar va funkciyalar doirasida mahsuslashtirilgan
modul ko'rinishda yaratilish maqsadga muvofiq. Modul deganda alohida yoki
boshqa modullar bilan birgalikda hisoblash yoki boshqarish amallarini bajaradigan
263
konstruktiv yakunlangan qurilmaga aytiladi. Tizimni ushbu ko'rinishda ishlab
chiqilishini o'ziga hos tomoni shundaki, echiladigan masalalardan mustaqil
ravishda elektr zanjir va funkcional modullar jamlanmasi o'zgarmas bo'lib qoladi.
Farqi esa berilgan boshqaruv algoritmlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo'ladi.
9.5- rasm. USTA tizimining hisoblash qismi.
Usta tizimining hisoblash qismi to'liq hisoblash uchun lozim bo'lgan
tizimini tashkil qiladigan, barcha mantiqiy elementlarni o'z ichiga olgan katta
264
kristal yoki juda katta integral mikroshema ko'rinishidagi mikoEHM o'rnatilgan PR
processor moduli ko'rinishida bo'ladi. O'zining tez ta'sirchanligi va imkoniyatlari
bo'yicha bu mikroEVM ma'lum PEVM AT-286 imkoniyatlariga mos keladi, lekin
ehtiyoj bo'lmaganligi sababli klaviatura, diskovod, qattiq disk qismi, videotizim, va
stacionar prototipiga o'hshash katta operativ hotira bilan jihozlanmagan. U
rostlash ob'ektini holatini ifodalovchi sonli ma'lumotlarni qayta ishlash va ob'ektga
lozim bo'lgan boshqaruv ta'sirini aniqlab berish uchun hizmat qiladi va o'zining
funkcional vazifasi bo'yicha operator inson miyasiga mos keladi. Miya kabi
ARMPT ob'ekt holatini ifodalovchi fizik qiymatlarga emas, balki sonli qiymatlarga
asoslanadi.
Tizimning interfeys qismi (interfase ingliz tilidan chegara, uchma -uch
ulangan qism, kontakt sohasi, o'zaro ta'sir etish ma'nolarini bildiruvchi so'z bo'lib),
o'z tarkibiga analog, diskret, va chastotali signallarni kirituvchi qurilmani va
diskret va analog boshqaruv signallarni chiqarish qurilmalarini oladi. U besh
modul ko'rinishida bo'ladi:
-analog sonli o'zgartirgich ACP moduli, diskret signallarni kiritish moduli
GR chiqish kalitlar moduli, Upr. SHIM shirotno impulьsniy modulyatorni
boshqarish modulidan, SHIM kuch kalitlar modulidan tashkil topgan. Tizimning
interfeys qismiga, qo'shimcha teplovoz dizel generator qurilmasini ish rejimini
ifodalovchi analog signallarni birlamchi qayta ishlovchi datchiklar kiradi. U
quydagi funkciyalarni bajaradi:
- Rostlash ob'ekti holatini, parametrlarini qiymatini ko'rsatuvchi galvanik
ajratilgan (A11, A12, ......A1n) analog signallarni (masalan generator toki va
kuchlanishi, dizelni yuqori bosim yoqilg’i nasoslari reykasini holati va h.k.)
hisoblash qismiga kiritish.
Hisoblash qismiga chastotali signallarni kiritish, ya'ni rostlash ob'ektining
(F11, F12) qaysidir jarayonini takrorlanish chastotasini ifodalovchi signallarni
kiritish. Bu signallardan ko'pchilik hollarda rostlash ob'ektining turli
mehanizmlarini burchak aylanish tezliklarini aniqlash uchun foydalaniladi
265
(masalan dizel tirsakli valini aylanishlar chastotasi, lokomotiv g’ildirak juftligini
aylanishlar soni va.h.k.).
Hisoblash qismiga galvanik ajratilgan rostlash ob'ektini holatini ifodalovchi
diskret signallarni (D11, D12,... D1m) kiritish. Diskret signallar “bor -yo'q”
principida shakllantirilib qandaydir apparat yoki qurilmani ishga tushganligi yoki
ishga tushmaganligini aniqlash uchun ishlatiladi.
- hisoblash qurilmasidan rostlash ob'ektiga galvanik ajratilgan ob'ektni
boshqarishda foydalaniladigan uzluksiz va ravon analog boshqaruvchi signallarni
(AO1, AO2…AOn) (masalan generator uyg’otish cho'lg’amidagi tokni boshqarish)
uzatish.
- hisoblash qurilmasidan rostlash ob'ektiga diskret (releli) signallarni (DO1,
DO2,….DOm) lokomotivdagi qandaydir apparatni yoki mehanizmni ishga
tushirish yoki o'chirish (masalan VSH1, VSH 2 kontaktorlarni ishga tushirish yoki
o'chirish, himoya relesini ishga tushirish) uchun uzatish.
Galvanik ajratish deganda signalni manbadan qabul qiluvchiga galvanik
ulanishsiz (ya'ni bevosita elektr zanjirlar bilan ulanishsiz) uzatilishi nazarda
tutiladi.
9.6-rasm. Galvanik ajratish a) - transformatorli; b) - optronli ajratish
266
Galvanik ajratilgan zanjirlarda elektr signalni uzatishda ko'pchilik hollarda
magnit maydon energiyasidan (transformatorli ajtatish) yoki energiyani
nurlanishidan (optronli ajratish) foydalaniladi. ko'pchilik hollarda tashqi ta'sirni
kamaytirish uchun infraqizil diapazondan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |