№3-Laborotoriya mashg’uloti.
WCDMA MOBIL ALOQA TIZIMINI RADIOLINIYALARINING BYUDJETINI TADQIQ QILISH
Ishdan masad
WCDMA mobil aloqa tizimini radioliniyalarining byudjetini o‘rganish
Topshiriq
WCDMA qabul qilgichining sezgirligini hisoblash.
WCDMA tarmog‘idagi maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlarini hisoblash.
3.1. Hisoblash tartibi
WCDMA tizimi radioliniyalarining byudjetini hisoblash masalasi bu trassadagi maksimal yo‘l qo‘yiladigan yo‘qotishlarni baholash hisoblanadi. Yo‘l qo‘yiladigan yo‘qotishlar qiymatini bilish va to‘g‘ri keladigan tarqalish modelidan foydalanish bilan sotaning radiusini hisoblash mumkin.
Radioliniyaning byudjetini hisoblashda antennalarning parametrlari, surishdan yutuqlar, kabellardagi yo‘qotishlar, so‘nishga zahira va boshqalar hisobga olinadi. Hisoblash natijasi trassadagi maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlar hisoblanadi.
Hisoblashda ishlatiladigan asosiy parametrlar
Eb/N0 bitning o‘rtacha energiyasini shovqinning spektral zichligiga nisbati hisoblanadi. talab qilinadigan Eb/N0 nisbat servisning turi, abonentning harakatlanish tezligi va radiokanalga bog‘liq bo‘ladi.
Qabul qilgich kirishidagi minimal ruxsat etiladigan Eb/N0 qiymat qurilmaning xarakteristikasi hisoblanadi va u turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari uchun individual bo‘ladi, shuningdek u tuzilishining murakkabligidagi farqlar tufayli bazaviy va mobil stansiyalar qabul qilgichlari uchun turlicha bo‘ladi. Lekin talab qilinadigan Eb/N0 nisbatning qiymati radiokanalning har xil turlari uchun 3GPPspetsifikatsiyalarida aniqlangan. Bu talablar WCDMA BTS qurilmalarining parametrlari hisobga olinishi bilan 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
Har xil turlar uchun Eb/N0 qiymatlar
Yuqoriga liniya
|
Eb/N0, dB
|
Eb/N0, dB
|
Eb/N0, dB
|
Eb/N0, dB
|
Servis turi
Tezlik
|
Telefoniya
|
64 kbit/c
|
144 kbit/c
|
384 kbit/c
|
3 km/soat
|
4,4
|
2
|
1,4
|
1,7
|
120 km/soat
|
5,4
|
2,9
|
2,4
|
2,9
|
Pastga liniya
|
Eb/N0,dB
|
Eb/N0,dB
|
Eb/N0,dB
|
Eb/N0,dB
|
Servis turi
Tezlik
|
Telefoniya
|
64 kbit/c
|
144 kbit/c
|
384 kbit/c
|
3 km/soat
|
7,9
|
5
|
4,7
|
4,8
|
120 km/soat
|
7,4
|
4,5
|
4.2
|
4,3
|
Talab qilinadigan Eb/N0 nisbatning qiymatiquyidagilarga bog‘liq:
xizmat turi (uzatish tezligi,BERga talab,BLER, kanalli kodlash usuli);
radiokanal (abonentning harakatlanish tezligi, chastota, ko‘p nurlilik);
ulanish turi (yumshoq xendover, ajratilgan qabul qilish, quvvatni tezkor boshqarishdan foydalanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |