Bulg’orcha marinadlangan bodringlar.
Resept: 10 kg bodring, 1 kg piyoz, 2 kg qizil
shirin qalampir, 400 g selderey va petrushka, 600 g ukrop, 400 g sarimsoq, 400 g xren
ildizi. Suyuqlik: 10 l suvga – 4,8 l oshxona sirkasi, 800 g tuz, 800 g shakar, 40 g murch.
Кornishonlar (uzunligi 3-8 sm bo’lgan mayda bodringlar) namlanadi, yaxshilab
yuviladi va 4-5 mm qalinlikda xalqa qilib kesiladi. Piyoz tozalanidva 2-3 mm li xalqalarga
kesiladi. qalampir urug’idan tozalanadi va 3-4 mm poloskalarga kesiladi. Selderey va
petrushka ko’katlari hamda ukrop to’pguli 10-15 sm uzunlikda to’g’raladi. Xren ildizi
tozalanadi va kubik holida to’g’raladi. Bonkalarga to’g’ralgan bodring tig’iz teriladi,
ustidan ziravorlar, so’ngra mayda to’g’ralgan piyoz joylanadi. Marinad syuqligi quyilib,
15 daqiqa sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |