namunalari, moy standartlari, Din va Stark apparati, toluol, ksilol, suv, muzlatgich.
р
а
Х
21
Nazorat savollari:
1.
Moy sifati deganda qanday ko’rsatkichlar tushuniladi?
2.
Yod miqdori nimani anglatadi?
3.
Кislota soni standart talabidan yuqori bo’lgan moylarni oziq-ovqatga ishlatish
mumkinligi haqida tushuncha.
6-ish. OMUXTA EM RESEPLARI BILAN TANIShISh
Darsning maqsadi:
omuxta em reseptlari bilan tanishish. Talabalarga chorva turiga
ko’ra omuxta em tanlash va uni baholashni o’rgatish.
Ishning mazmuni.
Ozuqa bazasi tarkibida barcha kerakli biologik faol va ozuqa
moddalar bo’lgan, mollarni to’ydirib boqishni ta’minlaydigan yuqori sifatli em-xashakdan
iborat bo’lishi kerak. Mollarni to’yimli va sifatli emlar bilan boqishni va em-xashakdan
foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etish chorva mollari mahsuldorligini
oshirishning eng yaxshi natija beradigan omilidir. Chunki mahsulot etishtirish uchun
qilingan sarflar tarkibining 60% ini va undan ham ko’proq qismini em-xashak tashkil
etadi.
Turli ozuqalardan to’g’ri tanlab olingan omixta emlar to’la qimmatli bo’ladi, chunki
bir xil ozuqada bo’lmagan moddalar ikkinchi xil ozuqada bo’ladi va shunday qilib, bir-
birining o’rnini to’lg’azib, to’la qimmatli ozuqa hosil qiladi va bu aralash emning oziqlik
qiymati ayrim ozuqadan yoki bir xil aralashma ozuqadan yuqori bo’ladi. Omixta em aniq
ko’rsatma asosida tayyorlanadi. Barcha omixta emlar ikki guruhga bo’linadi: to’la rasionli
va konsentrat omixta emlar.
Кonsentrat omixta emlar dag’al, shirador (sersuv) va boshqa mahalliy ozuqalarga
qo’shishga mo’ljallangan, ular bir xil sochi-luvchan massa, briket va granula (dona-dona
qilib maydalangan) shaklda tayyorlanadi.
To’la rasionli omixta emlar o’zlashtirilishi (oziqligi) jixatidan to’la qimmatli bo’ladi,
mollarga boshqa narsa qo’shmasdan beriladi hamda ko’pincha briket va granula shaklda
tayyorlanadi. To’la rasionli omixta emlar bo’yi 160-170 mm, eni 70-80 mm va qalinligi
(balandligi) 30-60 mm bo’lgan odatdagi g’isht shaklida tayyorlanadi.
Кonsentrat omixta emlar konsentrasiyalangan turli ozuqalardan tarkib topadi. Ular bir
jinsli sochma massa shaklida uch xil qilib tayyorlanadi: mayin, o’rta va dag’al. Кonsentrat
omixta emlar ba’zan dona-dona qilib maydalangan shaklda yoki galet – teshik-teshik non
shaklida ham tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: