Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar: dotsеnt K. A. Samiyev ruxsat berildi” “ ” 2017 y. Kafedra mudiri f-m f. n. B. E. Niyazxanova Taqrizchi: tdtu “ Elektron aparaturalarni ishlab chiqarish kafedrasi” dotsenti O’. Sharipov


Al-Farg’oniy-Ma`mun akademiyasiningbosh astronomi



Download 89,86 Kb.
bet12/18
Sana21.01.2022
Hajmi89,86 Kb.
#396891
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Akademik litseylarning ijtimoiy gumanitar yo’nalishlarda astronomiya o’qitishning o’ziga xosligi

Al-Farg’oniy-Ma`mun akademiyasiningbosh astronomi. Ma`mun saroyida Xorazmiydan tashkari O`rta Osiyodan yana bir nechta olimlar al-Marveziyning, al-Farg’oniy va al-Javxariylarning ishlagani ma`lum. Bulardan al-Marveziy Marvlik bo`lib, u bir necha risola va «zij» larning muallifi edi. Jumladan, uning «Osmon jismlarining masofalari va ularning xajmlari haqida»gi risolasi, osmon jismlari o`lchamlariga tegishli dastlabki arabcha ilmiy asarlardan edi.

Al-Abbos ibn Sayid al-Javxariy esa, Farob (sirdaryo bo`yidagi shaxar) yakinidagi Javxar (xozirgi Janubiy Kozog’istondagi Javxartepa) shaxarchasidan bo`lib, al-Xarroniylar bilan birga Sinjar dashtida Er meridiani 1 gradusli yoyining uzunligini o`lchashda bosh-qosh bo`lgan olimlardan edi.

Farg’onalik al-Farg’oniyning xalif Ma`munning «Donishmandlar uyi» (Baytul xikmat)ga qachon va qanday kelib kolganligi haqida ma`lumotlar deyarli yo`k. Birok uning bu ilmiy maktabdagi faoliyatiga tegishli ma`lumotlar yetarlicha mavjud. Shubxasiz al-Farg’oniy IX asrning eng ko`zga ko`ringan, buyuk astronomlaridan bo`lgan.Mashxur arabshunos olim I.Y. Krachkovskiy uning «Kitob fi harakati as-samaviya va javami ilm an-nujum» (Yulduzlar haqidagi fan elementlari haqidagi kitob) asari haqida yozib shunday degan edi: «… u astronomiyadan arab tilida bitilgan birinchi asarlardan bo`lib, o`rta asr Yevropasida bu soxada eng ommabop asarlardan edi». Al-Farg’oniyning to`la ismi sharifi Axmad ibn Muxammad ibn Kasir al-Farg’oniy.

Tug’ilgan yili anik bo`lmay, ma`lum yillarda topilgan yoshiga daxldor ba`zi ma`lumotlar asosida uning tug’ilgan yili kilib 798 yil olingan. Farg’oniy haqida tarixda kolgan oxirgi ma`lumot, uning 860 yili Koxira yaqinida Raud oroliga o`rnatilgan nilometrni ta`mirlashda ishtirok qilganligi e`tiborga olib u 861 yillarining o`rtalarida vafot etgan deb taxmin qilinadi.

Abu Rayxon Beruniy «Geodeziya» asarida, xalif Ma`mun davrida, Sinjar saxrosida Er meridiani gradusining uzunligini o`lchashda Fargoniy va boshka yukorida eslatilgan olimlar olgan ma`lumotlarga tayanganini ma`lum kiladi. Ko`p manbalarning bergan ma`lumotlariga ko`ra, al-Farg’oniy Ma`munning xaliflik davri (813-833y.) va undan keyin al-Mu`tasimning xaliflik davrlarida (833-842y.) yashab ijod etgan. Nilometrni ta`mirida ishtirok etganligi haqidagi ma`lumot esa, u Misrga xam sayoxat kilganidan darak beradi. Tarixiy manbalar, al-Farg’oniy tomonidan kuyidagi 6 ta asar yozilganligini bizga ma`lum qiladi.


  1. Yulduzlar haqidagi fan elementlari to`g’risidagi kitob.

  2. Asturlab yasash haqidagi kitob. («Kitob fi san`a al-asturlab»).

  3. Asturlabni qo`llash haqidagi kitob. («Kitob amal al-asturlab»).

  4. Al-Farg’oniy jadvallari. («Jadval al-Farg’oniy»).

  5. Oy Er ustida bo`lgan damlarida vaktni aniklash haqida risola. («Risola fi ma`rifa al-avkat allati yakun al-kamar fixa faun al-ardau taxta»).

  6. Etti iqlim xisobi («Xisob al-akalim assob`a»).

Bulardan «Yulduzlar haqidagi fan elementlari» kitobi, yuqorida eslatilgandek arab tilida bitilgan birinchi astronomik asarlardan bo`lib, uning turli nomlarida atalgan qo`lyozmalari Sank-Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida, Buyuk Britaniyaning Oksford shaxrida (Bodlya kutubxonasida) Parijda «Milliy kutubxonada», Koxirada (Milliy kutubxonada) Prinston (AKSH universiteti kutubxonasida) va Morakkoda (Saviya Sidi Xamza kutubxonasida) saqlanadi. Mazkur asarda 836 yilda xalif Mu`tasim tomonidan bayon etilgan «Surra man ra`a» shaxri haqida xam gap borganligiga karaganda, u 836 yildan keyin yozilganligi ma`lum bo`ladi.

Asarning Oksforddagi arabcha ko`lyozmasi lotincha tarjimasi va keng kamrovli sharxi Golland sharkshunos olimi Yakub Gool tomonidan 1669 yilda nashr etilgan. Asarning lotincha tarjimasi Ioani Sevilskiy tomonidan 1145 yilda bajarilgan bo`lib, nashri ancha keyin 1493 yili amalga oshirildi.

VII asrda asarning lotin tiliga o`girilgan boshka yana bir tarjimasi G.Kramovskiy tomonidan bajarilib, u XVI asrda nashr etildi. Kitob yaxudiy tiliga Y.Anatoliy tomonidan tarjima kilingan. Asarning yaxudiycha tarjimasidan lotin tiliga keyinrok L.

Xristman o`girdi va 1590 yilda nashr ettirdi. Lotin tarjimalarida al-Farg’oniy (Alfraganus) deb ifoda etildi va keyinchalik olim butun dunyoda shu nom bilan mashxur bo`ldi. Al-Farg’oniyning «Yulduzlar haqida fan elementlari» asari kuzatishlarga asoslangan astronomiya xronologiya va geografiya bo`yicha, ma`lumotlarning kiskacha bayonini o`z ichiga olib talabani olam tuzilishi, yoritgichlarning xarakati, kalendarlar va geografiya asoslari bilan tanishtiradi. Mazmunan darslik ko`rinishida yozilgan bu ko`llanma fan bilan qiziqqan keng ommaga mo`ljallanganligi uchun xam o`rta asrning eng ommabop asarlaridan sanaladi. Kitob o`ttiz bo`limdan tashkil topgan.

Asarning dastlabki bo`limlarida olim o`sha davrda sharqqa keng tarqalgan musulmonlar, yunonlar, Kont va Forslilarning takvimlari ustida olam tuzilishining geotsentrik sistemasi haqida osmonning aylanishi tun kunning almashinishi sabablari to`g’risida to`xtaladi. Erning inson tomonidan o`zlashtirilgan qismlari haqida gapirib, al-Farg’oniy bu geografik uzunlama bo`yicha taxminan 1800 ni tashkil qiladi deb uqtiradi. Asarning bo`limlaridan biri «Erning o`lchamlari va uning etti iqlimga bo`linishi» deb atalib, unda al-Farg’oniy Er meridianining aylanasiga uzunligini Ptolemeyga nisbatan ancha aniq belgilab, 20 ming to`rt yuz arab miliga teng chikaradi. Bu taxminan 40800 kilometrga to`g’ri keladi. Meridian uzunligining haqiqiy kiymati esa 40007,98 km.

Bundan ko`rinadiki, Farg’oniyning erishgan kiymati IX asr uchun juda katta anikliqqa ega edi. «Iqlim» atamasi aslida yunoncha «Klima»-«og’ish» so`zidan olingan bo`lib, Ptolemeyning «Al-Majistiy»sida Er sharining parallellari orasidagi qismlari shunday nom bilan atalgan edi. Mazkur asarning VI bobida ekvatordan qutbgacha 39 «Iqlim»ga tavsif beriladi.Bunda 25 ta iqlim kunduzisining maksimal uzunligining bir- biridan ¼ soatga (15 minut) farklanadigan qilib keyingi to`rtta iqlim bir-biridan ½ soatga farqlanib kunduzisining maksimal uzunligi 20 soat bilan chegaralanadigan kenglamagacha borgan.

Keyingi to`rt iqlimda esa kunduzilarning uzunligi bir soatcha farqlanadigan kilinib 66II,5 li kenglamagacha borgan va nixoyat keyingi oltita iqlim 66II,5 dan 900 gacha kenglamalar zonasida joylashib, bir-biridan Quyosh bir oy mobaynida botmaydigan, 2,3,4,5,6, oy botmaydigan zonalarni o`z ichiga olgan. Islom mamlakatlarida Yerni yetti iqlimga bo`linishi, bir vaqtlar fors olimlari tomonidan erning o`zlashtirilgan qismining etti «kishva» (iqlim) ga bo`linganidan boshlangan.

Bu bo`limda turli iqlimlar uchun Farg’oniy tomonidan kunduzining maksimal uzunligi va olam kutbining balandligiga doir ma`lumotlar keltiriladi. Bunda u Ptolemeyning «Al-Majistiy» sidan foydalangan. Al-Farg’oniy bu asarida, shuningdek turli iqlimlar chegarasida yotgan mamlakatlar va shaxarlarning ro`yxatini keltiradi. Bunda birinchi iqlim chegarasi Xitoyning janubiy qismi, dengiz kirg’og’i va Xindistonning cheti orkali o`tkaziladi. Bu iqlim «Arablar oroli» (xozirgi arab yarim oroli), YAman, Kizil dengiz, Abissini (Efiopiya), Nilni o`z ichiga olib, g’arbiy dengizda (ya`ni Atlantika okeanida) tugaydi.

Tibet, Xuroson, O`rta Osiyo, Xo`jand (Leninobod), Ustravshan (O`ratepa), Farg’ona, Samarkand, Balx, Buxoro, Xirot, Marv, Seraxs, Tus, Nishopur, shuningdek Siriya va eronning bir kancha shaxarlarini Farg’oniy to`rtinchi iqlimga kiritadi. Beshinchi iqlimda Toshkent bilan birga Xorazm, Taraz (xozirgi Jambul), Osiyoning shimoliy sharkidagi yajuj (injildagi Goga Magoga), Ozarbayjon va Armanistonlar kiradi.

Asarning bir necha bo`limi Quyosh, Oy va planetalarning ko`rinma xarakatlariga bag’ishlangan bo`lib, unda Oyning bekatlari va bu bekatlar soxasida joylashgan yulduz turkumlari va ularning yorug’ yulduzlariga sharx beriladi.

Asarning oxirgi bo`limlarida Quyosh, Oy va planetalargacha masofalarni aniqlash masalalariga bag’ishlangan bo`lib, ularning Yerdan uzoqliklarini al-Farg’oniy kuyidagicha belgilaydi: Oygacha-208542 mil’, Merkuriyga-542750 mil’, Veneragacha-364000 mil’, Quyoshgacha-3 965 000 mil’, Saturngacha-65 357 000 mil’.

Bu erda bir arab mili-taxminan 2 kilometr ekanligi e`tiborga olinsa, bu ma`lumotlar Erdan eslatilgan planetalar, Oy va Quyoshgacha bo`lgan haqiqiy masofalardan ancha kam ekanligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, Farg’oniy Yer xajmi birligida Quyosh, Oy va planetalarning xajmlarini xam xisoblaydi. Unda Oy 5/17; Merkuriy-1/18; Venera-3/10; Quyosh-51/2; Mars-11/6; Yupiter-49/16; Saturn-4. Yer xajmi ko`rinishlarida keltiriladi. Baxtga karshi bu masalalarda xisoblash metodlaridagi kamchiliklar o`z kuchini ko`rsatib, xatolik katta chikadi.

Xususan, Oyning xajmi uning haqiqiyhajmidan o`n martacha kam chiqqan. Asarning oxirgi bo`limlaridan bir nechtasi yoritgichlarning chiqish va botish vaqtlarini aniqlashga, Quyosh shafaqiga bag’ishlangan. Yoritgichlarning parallaktik siljishi (parallaksi), Quyosh va Oyning tutilish nazariyasi masalalariga asarning oxirgi 4 ta bo`limi bag’ishlangan bo`lib, ularda Quyosh va Oy tutilishning sabablari va shartlari bayon qilinadi.

Al-Farg’oniyning boshqa bir yirik asari o`rta asr astronomiyasining asosiy kuzatish asbobi-astrolyabiyaga bag’ishlangan bo`lib, mazkur asarning to`la ismi «Al xomil fi san`a al-asturlab ash-shimoli val-janubi bi-l-xandasa va -xisob» deb, kiskacha esa, «Kitob fi san`a al-asturlab» deb ataladi. Beruniy o`zining «Yulduzlar haqidagi fan» (Astrologiya) asarida astrolyabiya asbobi haqida yozib, u dastlab greklarning kuzatish asbobi bo`lganini ta`kidlaydi. Grekcha «Astroloban» so`zi, astro-yulduz va «labiin» ushlamoq so`zlaridan olingan bo`lib, u osmonda ko`zgalmas yulduzlarning koordinatalarini aniqlaydigan asbobini bildiradi. O`rta asr arab va musulmon mamlakatlari astronomiyasining rivojlanishida bu instrumentlarning turli xillaridan foydalanishgan.



Al-Farg’oniy ana shunday astronomik kuzatish asboblarini yasashda qadimdan ma`lum bir nechta prinsiplarga amal qilganini ta`kidlab, «..biroq biz bu tamoyillar bayon qilingan biror bir tavsiyanomani risolalarda uchratmadik. Shularga qaramay, asrlar davomida kishilar ulardan foydalanadilar va ularning to`g’riligiga dalil keltira olmasalarda, hisoblashlar qilib, ularga taqlid qiladilar. Shuning uchun ham biz o`tgan olimlarning astronomik tuzilishi va amalda ishlatilishi bilan bog’liq faoliyatlarning aslida to`g’ri ekanligini isbotlash maqsadida ushbu risolani yozdik», - deb uqtiradi asar so`z boshisida olim.

2.2. Gumanitar yo’nalishli liseylarda astranomiya kursining mazmuni. Uni o’qitish bilan bog’liq asosiy prinsplar. Gumanitar yo’nalishli litseylarda yo’nalishlar xususiyatlarni hisobga olish.



Gumanitar yo’nalish akademik - liseylar va kasb - xunar kollejlar uchun tasdiklangan o’quv rejasiga ko’ra, uning oxirgi uchunchi yilida 40 soat ajratilgan. Ushbu o’quv rejasiga binoan tayyorlangan "Astronomiya" kursini o’quv dasturi, Uzbekiston Respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi o’rta maxsus va kasb-xunar ta’limi Markazi tomonidan tasdiklanib, sinov uchun mazkur o’quv yurtlarida tarkatildi. Mazkur maqola, gumanitar yo’nalish akademik lio’eylarda astronomiya kursini aynan shu dastur buyicha qanday qilib uqitishning umumii masalalari yuzasidan o’quvchilarga metodik tavsiya va yo’llanma berishni maqsad qiladi. Buning uchun, dastlab gumanitar mazkur akademik-liseylarda astronomiya kursining maqsad va vazifalari ustida biroz to’xtash o’rinli bo’ladi.

Bundan o’quv muassasalarida astronomiya kursini o’qitish, o’quvchilarda barcha kuzatiladigan astronomik hodisalar dunyosiga bulgan qizikishlarni rivojlantirishni maqsad qiladi.

Shuningdek. mazkur kurs, o’quvchilarni olamni bilish qobiliyatlarini ustirishni, tafakurlarini rivojlantirishni, insonning kundalik faoliyatida astronomiya fanining amaliy axamiyatini, xususan uning dunyoqrashiga ijobiy tasirini xis, e’tish anglash ruhida tarbiyalashni ham o’z oldiga vazifa qilib quyadi. Akademik liseylar uchun "Astronomiya" kursi qadim xalqlar, jumladan, Sharq xalqlari xayotida astronomiyaning amaliy axamityai (vaktni ulchash, joyning geografik urnini aniqlash, ufqtomonlarni topit va xokazo), xamda Olam tuzilishi va unda planetamiz Yerning o’rni tug’risidagi xozirgi zamon tasavurlarini boy tarixi materiallari asosida o’quvchilarga etkazishni rivojlantiradi. Bunda nazariy va amaliy mashgulotlarining mazmuni, o’qituvchitomonidan gumanitar yoylari bilan boyitilgan xolda tashkil e’tilishi, muxim didaktik talablardan hisoblanadi. Gumonitar yo’nalish liseylarda tabiiy fanlarni, jumladan, astronomiyaning o’qitishda, o’qituvchi quyda keltirilgan bir nechta prinsiplarga roiya qilish talab etiladi:

-kursning bayonida uning insonparvarlik va dunyoqarash aspektlariga aloxida urg’u berish;

-sinfdagi va sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilaro bilimini mustaxkamlash maqsadida tavsiya etiladigan barcha misol va masalalar nisbatan yengil mashqlar va sifat masalalari bilan cheklanish;

-o’quv materialinning bayon uzundan-uzoq muloxozolardan murakkab matematik hisoblashlar va formulalardan xoli bo’lish.

-dars jarayonida o’qituvchi ko’rsatma materialar tarixi xujjatlardan keng foydalanish

-astronomiya asoslarini o’rganishda badiiy va ilmiy-fantastik asarlarning astronomik mazmuniga tez-tez murojat etish

-astronomik mazmundagi qiziqarli savollardan (Viktorina, boshqotirma va boshqalar) dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda keng foydalanish.

O’qitishda tarixiylik prinsipini amalga oshirishda o’rta asr Sharq allomalari, jumladan Markaziy Osiyo olimlarining xayoti va ilmiy ijodiga oid maxalliy materiallarning o’qitish mazmunidan keng o’rin olishiga aloxida e’tibor qaratmog’i lozim.

Bog’dod xalifaligi shakillangandan (VII asr) to XV asrga qadar o’tgan davr ichida yashab ijod etgan o’nlab bobokolon astronomlarimizning ilmiy merosi, ularning xayotiga doir biografik ocherklar bu masalalarda boy manbalardan xisoblanadi.

Bu borada, ayniqsa, mamlakatimiz xududlarida tavalud topgan va ijod etgan AL-Xorazmiy, Axmad Al-Fargoniy, Beriniy, U. Xayyom, Ulug’bek, J.Koshiy kabi o’rta asrda dunyoga tanilgan allomallari xaqidagi xayoti lavxalar va ocherklar, ularning osmon jismlarning (birnchi navbatda-Quyosh, Oy va planetalar) xarakatlari, olamning tuzilishi va samoviy jismlarning fizik tabiatlari to’g’risidagi ilmiy qarashlari, o’quvchilarda tabiiy fanlar, jumladan, astronomiya asoslariga katta qiziqish uyg’otishini o’qituvchi unitmasligi lozim.

Ma’lumki, badiy va ilmiy fantistik asarlarda astronomik mazmundagi materiallari tez-tez uchrab turadi. Xususan fantast yozuvchilar G.Uells, A.Azimov, aka-uka Strugasikiylar, Efremovlarning, mashxur yozuvchi L.N.Tolstoyning asarlarida talay mazmundagi materiallar mavjud. O’zbek yozuvchilaridan Odil Yoqubov ("Ulug’bek xazinasi"), P.Qodirov ("YUlduzli tunlar"), U.Xoshimov ("Qyosh tarozisi", "Kvazarlar") badiiy asrlarida shoirlarimizdan A.Oripov ("Yillar oarmoni"), X. Xudoyberdievalarning ("Sadoqat") sheriy tuplamlarida yulduzli osmoning go’zalligi, xilol oy (yangioy) va to’linoy serjiloligi, yashayotgan planetamiz Yer tabiat xayotning inom etgan noyob bir osmon jismi (A Oripov "Mitti sayyora") ekanligi ko’plab marta madx etiladi. Bu materiallar asosida qiziqarli masalari tuzib, o’quvchilar uchun tavsiya etish, yoxud astronomiyani o’qitishda ulardan didaktik materiallar sifatida foydalanish samarali ijobiy natijalar beradi.O’quvchilar kuz o’ngida, tabiat xodisalari, jumladan astronomik xodisalar, osmon jismlarining relefi, Quyosh sistemasining tuzilishi tabiatdagi mavjud go’zalliklarning bir bo’lagi sifatida gavdalantiradi, ularda bu xodisalarga qiziqish uyg’otadi.

Ayniqsa, xalq ogzaki ijodida ko’p uchraydigan yulduz turkumlari ("Etti qaroqchi", "Etti oga-ini botirlar"), tudalari ("Xulkar"-Savr yulduz turkumida), taniqli yulduzlar (Qutb yulduzi "Temirqozik", "Oltin qoziq"), arabcha nomdagi yorug’ yulduzlar(Al-toxir, Al-ganiy, Al-debaron, Al-gul, Al-kor va boshqalar), Somon yo’li xaqidagi turli qadimiy afsona va rivoyatlar bitilgan bo’lib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda ulardan keng foydalanish o’quvchilarni fan asoslariga qiziqtirish bilan birga, tarbiyaviy aspektda xam muxim axamiyat kasb etadi.

Bu materiallar qadimiy milliy qadriyatlar va madaniyatimizning sarxadlari sifatida o’quvchilarda faxir va iftixor xislarini uyg’otadi.

Gumonitar liseylarda astronomiya kursi mazmunini bayon qilishni keng kursatmalilik (plakat, sxema, jadvallar, modellar) asosida tashkil etish, o’quvchilar tomonidan uni o’zlashtirilishini engillashtirib, ko’pchilik fazoviy va abstrakt tushunchalarini tasavur va idrok etishga ko’z oldiga keltirishga katta yordam beradi.

Ayniqsa, dars jarayonida ekran qullanmalaridan (Diapozitiv, dmafilhm, kinolavxalar va fotografiyalar) keng foydalanish, lisey talabalari uchun juda qo’l keladi. Astronomik talim mazmunining o’quvchilar tushunarliligini taminlashda dars bayonida analogiya, obrazlilik va fikriy eksprement kabi metodlarga katta etibor berish talab etiladi.

Masalan, osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari xamda osmon koordinatalar sistemalari bilan o’qvchilarni tanishtirshda giografiya kursida o’rganilgan yerning shartili ravishda qabul qilgan, asosiy chiziq va aylanmalarini (Ekvator paralellar, yer o’qi va qutblari, meridianlar va xokoza) eslash va uxshatish yaxshi samara beradi.

Osmon jismlarigacha masofalarni o’ulchash xaqida gap ketganda esa, bu metod, aslida geimetriya kursida o’rganilgan-borib bo’lmaydigan erdagi (daryoning nargi qirg’odagi) nuqtagacha masofani o’lchash usulining qzginasi ekanligi, o’quvchilarga chizmada osongina tushuniladi (farqi-osmon jismlarigacha masofani o’lchashda "bazis" sifatida yer diametri oinadi. xolos).

Gumanitar yo’nalishdagi akademik liseylarda astronomik kuzatish mashg’ulotlari samarali tashkil etish, o’qitish jarayonida maqsadga eng muxim omillardan sanaladi. Kursning o’quv dasturida sinfdan tashqari astronomik kuzatishlar uchun 6 soat ajratilgan bo’lib, shudan 2 soat kunduzgi Quyosh va undagi obektlarni (Mashallar, Quyosh dog’lari) kuzatish uchun, 4soati esa tungi kuzatishlarga bag’ishlangan.

O’quv yili davomida, Quyosh va undagi ob’ektlarni kuzatish davr, o’quvchi tomonidan, Quyoshda aktiv soxalar ko’paygan davrni aniqlab, tanlanadi. Tungi kuzatishlar esa, iloji boricha, turli fasllarga muljallanib, yulduzlar osmon bilan tanishishni xamda Oy va planetalarni kuzatishlar uchun qulay davrlarni oldindan belgilab tashkil etiladi. Kuzatish uchun qulay va samarali davrlarni tanlashda, "Maktab astronomik kalendarh" yoxud xar yillik "Astronomik kalendar" dan foydalaniladi. Kursning ayrim mavzularga bag’ishlangan darslarini (sferik, amaliy astronomiya va qisman osmon mexanikasiga tegishli), imkoni bo’lganda, planetariyda, astronomik observatori yoki uning filiallarida tashkil etish masarali natija beradi.

Gumanitar yo’nalish akademik liseylarda darsning turli formalaridan, jumladan noan’anaviy darslardan keng foydalanish, o’quvchilarning aktivligini oshirib, fan asoslarini o’zlashtirishini engillashtiradi.

Va nixoyat, gumanitar profili liseylarda astronomiya o’qitishrning boshqa muxim bir xusuiyati shundaki, ularda astronomiya asoslari mazkur lisey talabalari chuqur o’rganadigan fanlarning (ona tili va adabiyot, tarix, xuquqshunoslik, gegrafiya, iqtisod, yoxud jismoniy tarbiya va sport) asoslariga bog’liq xolda tashkil etilsa, ijobiy natijalar beradi. Xususan, tarix va xuquqshunoslik yo’nalishdagi liseylarda, astronomik bilimlar, o’tmish xalo’lar madaniyatini ajralmas qismi sifatida qaralib, unda astronomiya fanining tutgan o’rni va axamiyati xaqidagi materiallarga tez-tez murjat qilinadi o’tmish tarix bilan bevosita bog’liq "Vaqt va kalendar" mavzusini bevosita bayoni, o’rta asr buyuk faylasuf va astromlarimiz (Farobiy, ibn Sino, Beruniy va Ulug’beklar) ning ilg’or fikrlari, Umar Xayyom va Fargoniylarning taqvimalar tuzish bobidagi ulkan xizmatlaridan lavxalar ko’rinishida, predmedlararo aloqa tamoyoili asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Endi, "gumanitar lisey talabalarining astronomiyadan erishgan bilimlari qanday baxolash kerak", - degan masalaga kelsak, bizningcha mazkur predmetning to’la mazmuni o’quvchilarning erishgan malaka va ko’nikmalari bo’yicha ularni imtixon qilish juda to’gri bo’lmaydi. Ular erishgan bilim (malaka va ko’nikmalarini "qoniqarli", "qoniqarsiz" shakldagi baxolar bilan) sinov kurinishida, suxbat tariqasida uyushtirish o’rinli bo’ladi. Chunki astronomiya, ular egallashlari lozim bo’lgan kasbiy yo’nalishlari uchun ikkinchi darajali o’quv predmeti bo’lib, uni o’zlashtirish yo’lida quilgan ortikcha talablar, ukuvchilard mazkur fan asoslariga qiziqishlarining shakllanishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi bilan maqsadga muvofiq bo’lmaydi.



2.3. Akademik litseylarning gumanitar yo`nalishlarida va kasb-hunar kollejlarda astronomiya fanini o`qitish asoslari.

Hozircha akademik litseylarning gumanitar yo`nalishlarida va kasb-hunar kollejlarda astronomiya fanini o`qitish maxsus metodik adabiyot mavjud bo`lmasada, bu maqsadda yo`llanma sifatida o`qituvchi o`rta maxsus ta`limda astronomiya o`qitish metodikasi fani adabiyotlaridan foydalanishi mumkin. Bunday adabiyotlar etarli darajada bo`lib, ularda astronomiya ta`limining metodologik va didaktik qirralari, tabiiyki akademik litsey va kasb-hunar kollejlari gumanitar yo`nalishlarida astronomiya o`qitishning asosi hisoblanadi. SHuning bilan birga unutmaslik kerakki akademik litsey va kasb-hunar kollejlari gumanitar yo`nalishlarida astronomiya ta`limining ba`zi bir o`ziga xoslik tomonlari ham majud. Dastavval bu o`ziga xoslik akademik litseylarni yo`nalishlar bo`yicha differensatsiyalanishi(gumanitar, aniq fanlar, tabiiy fanla) va kollejlarning ko`p mutaxassisliklaridir. Akademik litseylar gumanitar yo`nalishlarida va kasb-hunar kollejlari astronomiya o`qitishni ba`zi bir o`ziga xos qirralari to`g’risida quyida to`xtalamiz. Zamonaviy astronomiyaning dunyoqarash potentsiali ulkan. Olamning astronomik manzarasi, Koinot qarida yuz beradigan samoviy hodisalar hamda jarayonlar va samoning odatdagi noodatiy sharoitida qonuniyatligi bilan tanishib boshlagan talaba unga ma`lum bo`lgan fizikaviy qonunlarning samoning noodatiy sharoitlarida amal qilishi to`g’risida tasavvurlarga ega bo`lib boradi.

Akademik litseylarning gumanitar yo`nalishlarida va kasb-hunar kollejlarda ta`lim maqsadi va astronomiya ta`limining davlat standartlaridan kelib chiqqan holda astronomiya ta`limi mazmunini ishlab chiqishda biz ta`lim mazmuni astronomiya fanining assosini aks ettirishi zarurligiga asoslandik.

Akademik litseylarning gumanitar yo`nalishlarida va kasb-hunar kollejlarda astronomiya kursi maqsadi, mazmun hajmi va taiiyki ta`lim metodiga ko`ra etarlicha farq qilishi shart.

Urg’u berialyotgan ta`lim muassasalarida astronomiya ta`limi quyidagi maqsadsari yo`naltirilishi kerak:

-assosiy astronomik hodisalar va g’oyalarni o`rganish, astronomik tushunchalarni shakllantirish;

– astronomik hodisalar olamiga qizi

qishni tarbiyalash;



  1. – talabalarni anglash qobiliyatlarini rivojlantirish;

– olam qurilishiga nisbatan zamonaviy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

– «Insonva Kosmos» tizimida kelajakda kosmosni o`rganish yo`nalishida tasavvurga ega bo`lish.

Umumta`lim muassasalari o`quvchilari uchun politexnik ko`nikmalar hajmi katta emas, ular uchun amaliy laboratoriya mashg’ulotlari hajmini kamaytirish va soddalashtirish kerak. Bunday mashg’ulotlar turi zarur bo`lib mos ravishda kuzatuv(astronomik kuzatuv bazasida quriladi), sifat va sinov xarakteri kasb etadi.

Bunday maktab o`quvchilari abstrak, nazariy mulohazalashga yo`naltirilmaganligini e`tiborga olsak ular uchun murakkab matematik hisoblashlardan kechish kerak, qatiy ta`riflar va abstrakt astronomik tushunchalarga diqqatni qaratmaslik kerak.

Bundan tashqari, astronomiya ta`limida o`quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda quyidagi faktorlarga e`tiborni qaratish kerak bo`ladi:

– ta`limni gumanitarlashtirish maqsadida, ta`limga tarixiy yondoshuvni kuchaytirish kerak va o`quvchilar diqqatini kosmologik tasavvurlar hamda g’oyalarni, ilmiy qarashlarni paydo bo`lish tarixiga ko`proq qaratish kerak bo`ladi;

– osmon mexanikasi, astrofizikaning asosiy qonunlari kashf qilinishi, olimlar biografiyasiga bag’ishlangan tarixiy ma`lumotlar (qaralayotgan hodisani o`rganishda olimning o`tmishdoshi kim? Olim yashab ijod etgan mamlakatdagi tarixiy holat qanday bo`lgan?);

– Badiiy asarlardan keng foydalanish. Badiiy asarlardan lavhalaridan foydalanishni turli usullari (o`qilgan lavhadagi astronomik hodisani ayting? Sizga taklif qilinayotgan matndan foydalanib masala tuzing. Astronomik hodisada tavsiflangan hodisaga fizikaviy nuqtai nazardan tushuntirish bering?);

– ilmiy-ommabop va ilmiy- fantastik adabiyotlardan keng foydalanish;

– o`quv materialini bayon qilishda o`xshatish, shakllilik, taqqoslash, modellashtirish va h.k. larni keng qo`llash;

– o`quv ko`rgazmalar, komp’yuter texnologiyalar, internet vositalar va boshqa vositalardan keng foydalanish;

– ta`limda mashg’ul qilish vositalaridan foydalanish (qiziqarli masalalar, ertaklar, viktorina, zakovat, imkon shou va b.);

– turli dars shakllari, jumladan noodatiy darslardan foydalanish;

– ko`pgina astronomik hodisalarni kuzatish darslari asosida o`rganish.

Zamonaviy astronomiya ulkan fazo-vaqt ko`lamiga va holatlarning(harorat, bosim, zichlik va h.k.) ekstremal qiymatlariga, materiyaning turli shakllariga, "kosmik tafakkur" teb nomlanuvchi o`quvchilarning turli xil abstrakt-mantiqiy fikrlashlariga tayanadi. Zamonaviy texnikalar bilan ishlovchi va o`z qo`llari bilan moddiy texnik bazani yaratuvchi kishilarga nooddiy ijodiy fikrlash zarurligini zo`rg’a tushuntirish mumkin.

Astronomiya darslari kosmik hodisalarning keng ko`lamligi va ulkanligini, kosmosni o`zlashtirishda xalqaro aloqalarning zarurligini, Samo sirlarini kengbag’rli va ijtimoiy odamlargina faxmlashni anglashda o`quvchilarga ko`maklashadi.

Dunyoqarashlik, umumta`lim fani sifatida, o`quvchilarning umumiy madaniyati va ma`lumotliligiga kam bo`lmagan hissa qo`shadigan astronomiya fani qator ko`nikma va amaliy ko`nikmalarni shakllantira oladi. Ulardan turli astronomik hodisalar: - yoritgichlarning chiqish-botishi, yil fasllarining almashinishi, oy fazalarining almashinishi, Quyosh va Oy tutilishi, meteor va kometalarning davriy paydo bo`lishi, Quyosh va yulduzlarning bitmas tuganmas energiyasi va h.k. ni tushunish ko`nikmasini shakllantiradi.

Gumanitar yo`nalishdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari astronomiya kursida talabalar yulduzlar osmoni, muxim yo`naltiruvchi yulduzlar, yoritgichlar osmonida samoviy yoritgichlarga qarab oddiy yo`nalish olish bilan tanishadilar. Ular yulduzlar osmoni surilma xaritasi bilan ishlash, astronomik taqvimlar, ma`lumotnomalar va teleskoplar, shuningdek komp’yuter dasturlari, virtual planetariylar, virtual teleskoplar bilan ishlash ko`nikmasini ko`nikmalarini egallaydilar.

Shuningdek takidlash kerakki Quyosh sistemasini tuzulishini, gallaktika va uning tizimini o`rganishda, astronomik kuzatishlar bilan bog’liq mashg’ulotlarda o`quvchilarning estetik va axloqiy tarbiyalari muxim ahamiyat kasb etadi.

Gumanitar yo`nalishdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari astronomiya kursi talabalarga umumta`lim tayyorgarlikni ham berishi kerak va ularning kelajakdagi kasb maxoratlarini ham hisobga olishi darkor.Ular uchun astronomiya kurslarida masala echishga bog’liq astronomik mashg’ulotlarni kuchli soddalashtirish zarur. Ijtimoiychilar uchun astronomiya kurslarida bayon qilinayotgan material ko`proq qiziqarli bo`lish tomon yo`naltirilishi, amaliy mashg’ulotlar sifatiy va sinov masalalaridan iborat bo`lishi maqsadga muvofiq.

Astronomiya ta`limini ijtimoiylashtirish maqsadida ta`limga tarixiy yondoshuvni kuchaytirmoq maqsadga muvofiq. Astronomiya kursining asosiy bo`limlarida bilim sohasiga mos ilmiy qarashlarni yuzaga kelish tarixini qarab chiqish foydalidir. Bunday tarixiy sayohatlar anglash jarayoni dialektikasiga ergashishga imkon beradi. Talabalarni eng muxim, ko`p uchraydigan samoviy qonunlar, xususan astronomik (osmon mexanikasi, mutlaq qora jism nurlanishi va h.k.), o`rta asrlar astronomiya quruvchilari- sharqning buyuk astronomlari biografiyalari bilan tanishuv nafaqat anglash xarakteri balki ulkan tarbiyaviy axamiyatga ham ega.

2.4. “Yulduzlar osmoni, yulduz turkumlari“ mavzusini gumanitarlashtirib o`tish metodikasi.



Download 89,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish