II-BOB.Gumanitar yo’nalishli akademik litseylarda astranomiya o’qitish. 2.1. O’rta asr Sharq olimlari hayoti va ijodi astronomiya ta’limini gumanitarlashtirish manbai sifatida.
Bugungi kunda o`tmish madaniy-ma`rifiy merosini, jumladan Sharq xalqlari ma`naviy qarashlarini o`rganish jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan dolzarb masalalardan biriga aylangan. Sharq mintaqasi tafakkuri tarixida vujudga kelgan g’oyalar va ta`limotlarning mohiyatini o`rganish tobora yangilanib borayotgan falsafiy tafakkurimizning o`tmish madaniyatimizning ajralmas qismi bo`lgan Sharq axloqiy-ma`naviy, ijtimoiy tafakkurining yangidan – yangi ufqlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosda barcha davrlar uchun kerak bo`ladigan ilg’or fikrlar borki, bular bugungi taraqqiyot uchun ham muhim. O`tmishdagi ilg’or mutafakkirlarimizning merosi insonning yashashdan maqsadi, jamiyatda insonning tutgan o`rni, tarbiyasi, hayoti haqidagi purma`no fikrli yuksak tafakkur mahsulidir.
Ular xalqimizing ma`naviy dunyosini yanada boyitishda, shaxsni kamol toptirishda, mustaqil davlat fuqarosining dunyoqarashini yuksaltirishda amaliy yordam berib kelmoqda. O`rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy tsivilizatsiya tarixida tutgan o`rni va roliga baho berish, ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan say-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug’ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim. Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo`lgani haqida qadimgi baqtriya, so`g’d, o`rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san`at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko`rfazigacha bo`lgan hududlardagi qo`shni xalqlar erlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit`asining katta qismini qamrab olgan. Milodgacha bo`lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O`rta va Yaqin Sharq, O`rtaer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog’lab kelgan Buyuk Ipak yo`lining ulkan, beqiyos rolini baholashning o`zi qiyin.Mazkur yo`l nafaqat yuqorida zikr etilgan hududlar o`rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit`alar va davlatlar o`rtasida axborot almashuvini ta`minlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog’oz va boshqa ko`plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo`jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi.
Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir-birini boyitib borishi alohida rol o`ynadi. Buyuk Ipak yo`li orqaliYevropaga,Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G’arb olamidagi ulug’ alloma va mutafakkirlar faoliyati to`g’risidagi ma`lumotlar etkazildi. Suqrot, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g’oya va kashfiyotlarini o`rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi. O`rta asrlar Sharqida madaniyatli kishi Grammatikani, ritorika, tarix, geografiyani , she`riyatni bilishi kerak bo`lgan. Atoqli astronom Yan Gelvetsiy tomonidan 1647-yili nashr qilingan “selenografiya” kitobida aytilishicha Oydagi kraterlardan ikkitasiga buyuk vatandoshlarimizning Ahmad al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi berilgan. O`zbekistonning o`zida kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod qo`lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning asosiy qismi YUNESKOning Madaniy meros ro`yxatiga kiritilgan. O`rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo`lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Frantsiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko`plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etadi.
Ahmad Farg’oniy IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, yerning o`lchovi haqidagi dastlabki ma`lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko`rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo`lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo`yicha asosiy darslik sifatida o`qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo`lib xizmat qilgan. Ahmad Farg’oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o`rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqan va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko`p asrlar davomida suv sathini o`lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgan.
Abu Nasr Forobiyni X asrning qomusiy allomasi zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo`lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko`plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat xususida so`z”, “Fanlarning paydo bo`lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi.
Forobiy asarlarining asosiy qismi ko`plab Yevropa va sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo`lib kelmoqda. Abu Ali ibn Sino Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug’ zot o`z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag’ishlangan. Ibn Sino (980-1037) “ TIb qonuni” Yevropada darslik sifatida o`qib kelingan va bugun ham butun jahon ahli bu asardan bahramand bo`lib kelmoqda. Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi etib kelganiga qaramasdan, alloma qo`lyozmalarining qo`limizdagi ana shu to`liq bo`lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi.
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo`lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o`ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya`ni bo`shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit`a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo`lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas. Yana bir buyuk mutafakkir Xorazmiy Bog’doddagi Bayt-ul hikma ilmiy markazini mudiri bo`lgan, O`nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini, ilm-fan soxasiga joriy etgan, Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o`nlik tizimi bilan tanishtiradi, “Kitob al jabr va al-muqobala”, “Astrolyabiya bo`yicha risola”,“ Yer ning shakli xaqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar” kabi asarlar muallifidir.
Asosiy ilmiy kashfiyotlari: Yer meridianini uzunligini aniqlagan, Yer xaritasini tuzgan, Arifmetikaga asos solgan, Algebrani mustaqil fan sifatida shakllantirgan. Mirzo Ulug’bek XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo`lib, bu asar astronomik o`lchovlar bo`yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi. Mirzo Ulug’bek Uchta madrasa bunyod etgan – Buxoro madrasasi (1417 y), Samarqand madrasasi (1417-1420 yy) va G’ijduvon madrasasi (1433 y);1424-1429 yillarda Samarkand yaqinida Ulug’bek rasadxonasiga asos solindi;Samarqandda 15 ming tomdan iborat kutubxona tashkil etdi.
Astornomiyani rivojlantirishda sharq mutafakkirlariningbuyuk xizmatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |