Mavzu 4: Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining xujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish va o’tkazish tartiblari
Reja:
1. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining xujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish
2.Hududlar va joylarni ko’zdan kechirish. Mol-mulkni inventarizatsiyadan o’tkazish
3. Hujjatlarni va predmetlarni talab qilib olish va olib qo’yish
4.Soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish
1. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining xujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining xujjatli tekshiruvlari rejali va rejadan tashqari amalga oshirilishi mumkin. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) – tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o’tkaziladi. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining rejadan tashqari soliq tekshiruvi (taftishi) quyidagi hollarda o’tkaziladi: yuridik shaxs tugatilayotganda; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi tekshiruvlarni o’tkazish zarur bo’lganda; davlat soliq xizmati organiga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq to’lovchi tomonidan buzilganligi hollari haqida qo’shimcha ma’lumotlar tushganda. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirishga (taftishga), O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan nizom asosida maxsus shahodat sinovidan o’tgan davlat soliq xizmati mansabdor shaxslari qatnashish huquqiga ega bo’ladilar.
Soliq to’lovchilarning moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha tekshirishlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridan biri bu-tekshirishni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rishdir. Biz quyida dastlab, soliq organlari tomonidan o’tkaziladigan rejali soliq tekshiruvi, ya’ni soliq tekshiruvlarining asosiy shakllaridan biri bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftish)ga tayyorgarlik ko’rish jarayonini yoritishga harakat qilamiz. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftish)ni o’tkazishga tayyorgarlik soliq xizmati organlarida tekshirishlar rejasini Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tasdiqlaganidan so’ng darhol amalga oshiriladi. Тezkor axborot mavjudligi munosabati bilan tekshirish rejasiga kiritish uchun taqdim etilgan korxonalarni tekshirish bo’yicha tayyorgarlik mazkur korxonaga doir axborot olinishi bilan darhol boshlanadi. Тekshirish o’tkazishdan oldin soliq organlarida xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqida bor ma’lumotlarni o’rganib chiqilib, tekshirishga puxta tayyorgarlik ishlari o’tkazilishi va quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur: - tekshirish o’tkaziladigan davr uchun soliq inspeksiyasiga soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, o’rganish, soliq va majburiy to’lovlar va boqimandalar holatini tahlil qilish; - tegishli organ va tashkilotlardan tekshirilishi lozim bo’lgan soliq to’lovchining moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga doir ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish va mavjud kamchiliklarni aniqlash; - soliq to’lovchining moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha avval o’tkazilgan tekshirishlar natijalari (tekshirish dalolatnomasi, tekshirish natijasi bo’yicha soliq organining qarori, soliq to’lovchiga nisbatan qo’llanilgan javobgarlik choralari va ularni soliq to’lovchilar tomonidan bajarilish holatlarini o’rganish; - soliq tekshiruvi qatnashchilari (uni amalga oshiruvchilar) tarkibi va sonini aniqlash, ularning majburiyat hamda vazifalarini taqsimlab berish; - soliq tekshiruvi turi va muddatidan kelib chiqqan holda boshqa nazorat organlaridan mutaxassislarni jalb qilishni tashkil qilish; - soliq turlarini tekshirishda savollar tayyorlash va ularning ro’yxatini tuzish; - tekshirilishi rejalashtirilgan soliq to’lovchining faoliyatini tekshirish yuzasidan “soliq tekshiruvi dasturi”ni tayyorlash va tasdiqdan o’tkazish; - soliq to’lovchining faoliyatini tekshirish yuzasidan tekshiruvchilar, tekshirish muddati va maqsadi ko’rsatilgan soliq organining buyrug’ini tayyorlash va uni ro’yxatdan o’tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirishga (taftishga) doir soliq organining buyrug’ida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishligi lozim:
Soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o’tkazish uchun hududga va joylarga qo’yishi shart. Soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda soliq tekshiruvini o’tkazish uchun hududga va joylarga qo’ymaslikka haqli, agar: tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to’g’risidagi buyruqda ko’rsatilmagan bo’lsa va (yoki) o’z xizmat guvohnomasini ko’rsatmagan bo’lsa; soliq tekshiruvini o’tkazishning buyruqda ko’rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o’tib ketgan bo’lsa; tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni qayd etish daftarini to’ldirishdan bosh tortsa. Coliq tekshiruvini o’tkazuvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga soliq tekshiruvini o’tkazish uchun hududga va joylarga kirishiga to’sqinlik qilinganda, uning o’zi va soliq to’lovchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Soliq to’lovchi mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslariga soliq to’lovchining hududiga va joyiga (turar joy binolari bundan mustasno) kirishiga to’sqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o’z xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o’z xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo’lmaydi. Soliq tekshiruvini o’tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yo’l qo’yilmaydi. (SK. 92-modda)