Vaqtbay mehnatga haq to’lash shartlari:
ishlab chiqarish jarayoni qattiq taqiqlab qo’yilganligi;
ishchining asosiy funktsiyasi texnologik jarayonni nazorat qilish bilan chegaralanadi;
qattiq belgilangan rejim asosida ishlab chiqarishning konveyer va potok usullari harakat qilishi;
mahsulot ishlab chiqarishni ko’payishi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga olib kelsa
mahsulot chiqarishni oshirish imkoni yo’qligida;
joriy qattiq reglamentlangan ishlab chiqarishda;
ishchini vazifasi texnologik vazifani kuzatish bilan bog’liq bo’lsa.
Shuning uchun korxona yoki tadbirkor o’zi uchun qaysi mehnat haq to’lash tizimi ma’qul bo’lsa shu usuldan foydalanishi mumkin. Albatta, korxonadagi ishlab chiqarish shakli, mahsulot xususiyati, u yoki bu texnologik jarayonlar mavjudligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasi, faoliyat jarayoni va boshqa xususiyatlar hisobga olinadi.
Korxonada ishbay haq to’lash shakli qo’llansa, albatta, vaqt me’yori va ishlab chiqarish hajmini hisobga olinishi kerak. Har bir birlik (metr, dona, tonna) mahsulot uchun ma’lum ishbay haq, rastsenka belgilanadi. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
(1.2.1)
Bu yerda,
Do'stlaringiz bilan baham: |