Bunda aniqlangan ko‘rsatkichlar amaldagi standartlar talabiga javob berishi lozim.
Qumlarning sifati, ularning donalar tarkibi, kattalik moduli, chang va loy zarralari borligini standartlarga binoan aniqlanadi. Tajriba uchun kamida uch marta yoki yangi qum partiyasi keltirilganda tekshiriladi.
Mineral kukunlarning sifati har bir yangi partiyasi bo‘yicha standart talablariga binoan aniqlanadi.
b) issiq va iliq asfaltbeton qorishmalarining haroratini yotqizishga kelayotgan har bir avtomobildagi;
v) asfaltbeton qorishmasini bir tekis yoyish va tekislash va yotqizilgan qatlamning zichlanish koeffitsiyenti hisobga olingan holyaagi kdlinligi va 16.91 band talablariga asosan;
d) ko‘ndalang va bo‘ylamya nishab, qoplama qurishdagi doimiy paytda tekisligi;
e) ulanishlarni sinchkovlik bilan bajarilishi;
Qurilgan qoplamada: zichlik koeffitsiyenti va qatlam qalinligi; qatlamlarning bir biri va asos bilan mustaxkam etishishi; asfaltbetonning xususiyatlarining ko‘rsatkichlarini texnik talablarga javob berishi;- qoplamaning g‘adir-budirligi o‘lchovlari, avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan tirkashuvini nazorat qilinadi.
Joriy tekshirish bo‘yicha uch-besh kunda kamida bir marta mineral kukunlarning namlik darajasi, donalari tarkibi va bir hilligi aniqlanadi.
Bitum sifati har bir yangi partiyasi bo‘yicha standart talablariga binoan tekshiriladi. Joriy tekshirishda 250S haroratda ignaning kirish chuqurligi aniqlanadi. Buning uchun tajribaga har bir ishchi qozondan, uzu-luksiz bitum qurilmadan har smenada bir marta tekshiruv partiyasi olinadi.
Agar bitumga YuFM qo‘shilsa ABZ uning me’yorini va bir hilda qo‘shilishini tekshiriladi.
ABZ ga keltirilgan qurilish materiallaridan,qabul qilish va joriy standart qoidalariga muvofiq tekshirish uchun olinadi.
Mineral materiallarni va bitumlarni me’yorlab o‘lchash nazorati o‘z ichiga:
a) me’yorlovchi qo‘llanmalar ishini nazorati (kamida oyiga 1 marta) va mineral materiallar, bitumlar, YuFM va faollashtirgichlarni nazorati (oyiga 2 marta);
b) asfaltbeton qorishmalarida bitum miqdorini tezlashgan ekstrigirlash usuli bilan 3-4 sida bir marta, qorishmani ko‘rinishi o‘zgar-ganda aniqlanadi;
v) bitum ekstrigirlash qilingandan so‘ng asfaltbeton qorishmalaridagi mineral qismining zarralari tarkibi aniqlanadi, yoki chaqirtosh, qum va mineral kukunlarning zarra tarkibidagi ko‘rsatkichlarga asoslanib qorishmani hisoblash (uch smenada 1 marta). Agar mineral materiallarning Tarkibida ozroq ( 10% atrofida o‘zgarish aniqlansa, ularning nisbatlariga o‘zgarish kiritiladi.
Agar o‘zgarishlar ko‘rsatilgan chegaralar katta bo‘lsa, asfaltbeton yangi qorishmasi tarkibi tanlanadi: chaqiq toshning qorishma tarkibidagi miqdorini bitum ekstrigirlash qilingandan so‘ng tezkor usul bilan smenada bir marta aniqlanadi.
Asfaltbeton qorishmalari va bitumlarini tayyorlashda harorat tizimini nazorat qilishda o‘lchanadi: asfaltbeton qorishmalarining hamda qozonlardagi bitumning haroratini va 2-3 soatda. Bitumning haroratini termobug‘ orqali kuzatiladi, agar termobug‘ bo‘lmagan taqdirda cho‘mich bilan olingan 2-4 l bitumda o‘lchanadi. Doimo ishlab turuvchi bitum erituvchi qo‘llanmada bitum harorati termometr bilan tayyor bitum bo‘liimda o‘lchanadi. Asfaltbeton qorishmasining haroratini termometr bilan har bir avtomobilga to‘kilgan tayyor qorishmada o‘lchanadi.
Asfaltbeton qorishmalar tayyorlash jarayonida smenada 2-3 marta mineral materiallar bilan bitumni aralashtirishni ko‘rsatilgandek vaqtda bajarilayotganini nazorat qilinadi (agar qorishtirgich avtomat boshqaruviga ega bo‘lmasa).
Agar asfaltbeton qorishmalarining fizik-mexanik xosiyatlari, doimo tanlashdagi olingan ko‘rsatgichlardan (xususiyatlardan) farq qilsa, unda hamma materiallarning fizik-mexanik xossalari, qorishma tarkibi va uni tayyorlashdagi texnologik jarayon tekshiriladi.
Qoplama qurishda va uning dastlabki shakllanish paytida quyidagilar tekshiriladi:
a) asosning tekisligi, zichligi va tozaligi, yonbag‘ir tirgaklardan foydalanilganda ularni o‘rnatilganligi har smena boshlanishida, ish jarayonida;
d) ko‘ndalang va bo‘ylama nishabligi, ish jarayonida muntazam ravishda qoplama tekisligi;
e) ulanishlarni sinchkovlik bilan bajarilishi;
Qurilgan qoplamada: zichlik koeffitsiyenti va qatlam qalinligi; qatlamlarning bir-biri va asos bilan mustahkam yopishishi; asfaltbetonning xususiyatlarining ko‘rsatkichlari texnik talablarga javob berishi; qoplamaning g‘adir-budirligi o‘lchovlari, avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashishini nazorat qilinadi.
Asfaltbetonning sifatini nazorat qilish uchun qoplamadan kernlar yoki bo‘laklar olinib, qoplamaning zichlanish koeffitsiyentini aniqlash, hamda asfaltbetonning xususiyatlari standart talablariga javob berishni, ularni shakllantirib yoki shakllantirmasdan sinaladi.
Issiq va issiq qorishmadan bo‘lgan qoplamadan, yotqizilgandan 10 sutka o‘tgandan so‘ng namunalar olinadi.
Ustki qatlam qalinligi 3 cm dan kambo‘lgan taqdirda kernlar va bo‘laklar quyi qatlam bilan qo‘shib olinadi.
Sinashdan oldin ustki qatlam quyi qatlamdan asta ajratib olinadi.
Kern va bo‘laklar faqat harakat tasmasi o‘rtasidan olinmasdan, qoplamalar etarli darajada harakatlar bilan zichlanmagan joylardan, hamda ikki qatnov qismi yoki harakat tasmasi birlashishi yaqinidan ham olinadi.
Namunalar: qoplama keng bo‘lmagan joyda uchta 1 km.da; qoplama eni 7 m dan keng bo‘lsa har bir 7000m2 maydon 3 ta namuna hisobidan olinadi.
Namuna olish davrida qatlamlarning qalinligi o‘lchab olinadi, bir biri va asos bilan yopishish mustahkamligi ko‘z chamalash orqali baholanadi.
Issiq va issiq asfaltbeton qorishmadan qurilgan qoplamaning zichligi zichlanish koeffitsiyenti Kz bilan baholanib, standart talablariga binoan aniqlanadi.