«Актуальные научные исследования в современном мире» Выпуск 9(77) ч. 1
ISSN 2524-0986
55
g’ijimlar, eziklar va mexanik iflosliklardan holi bo’lishi lozimdir. Gul bosish bo’yog’I tarkibiga:
bo’yovchi modda, quyultma va yordamchi moddalar kiradi.
Gul bosish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Matoni gul bosishga tayyorlash
gul bosish
quritish
bug’lash
yuvish
quritish.
Gul bosishda paydo bo’ladigan nuqsonlar ayrim joylardagina uchraydigan va butun
gazlama to’piga tarqalgan xillarga bo’linadi. Ba’zi gazlamalar maxsus pardozlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda gul bosishning quyidagi usullari qo’llaniladi: dastaki, aerografiya, to’r qolipli va
naqshband metal valli.
Gul bosish uchun ishlatiladigan quyultiruvchilar quyidagi talablarni qanoatlantirishi
lozim:
-
mato yuzasiga ravon o’tish,
-
gul chegara chiziqlarining aniqligi,
-
gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash, unda ushlanib qolish va gul bosish
jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik;
-
ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi;
-
mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi;
-
oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi,
-
bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik.
Texnik xossalari quyidagilar:
-
gul bosish ravonligi,
-
gul chegara chiziqlarining aniqligi,
-
bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi,
-
bo’yoqning naqshband o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati,
-
rang to’qligi,
-
bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi.
Gidrolizlangan bo’yoqning yuvilish darajasi bo’yicha faol bo’yoqlar 4 ta guruhga
bo’linadi:
-
yaxshi yuviladigan va oq fonga o’tmaydigan bo’yoqlar;
-
qoniqarli darajada yuviladigan va oq fonga qisman o’tadigan bo’yoqlar;
-
yomon yuviladigan va oq fonga o’tadigan bo’yoqlar;
-
Juda yomon yuviladigan va oq fonga faol o’tadigan bo’yoqlar.
Rang mustahkamligini oshirish uchun qo`shimcha yakunlovchi ishlov berish tavsiya
qilinadi. Bo`yashning termozol usuliga boshqa mualliflarning izlanishlari ham bag`ishlangan.
Prof. V. Androsov sellyulozali tola va PAN tolasi aralashmasini kation va kub bo`yovchi
moddalar bilan bo`yashni uch usulini taklif etgan. Yana shu muallif PAN va atsetat tolalari
aralashmasini dispers va kation bo`yovchi moddalar bilan bir vannali ikki bosqichli uch usul
bilan bo`yashni ham tavsiya etgan. Bu usulda ham oldin PAN tolasi kation bo`yovchi modda
bilan bo`yaladi, so`ng yana shu vannaning o`zida atsetat tolasi dispers bo`yovchi moddasi 30
bilan bo`yaladi. Ammo to`q rang olish uchun ikki vannali usuldan foydalanish ma`qulroq.
Yuqorida ko`rib o`tilgan termozol bo`yash usulini bir va ikki vannali variantlari PAN va paxta tola
aralashmalari uchun ham ahamiyatli. Bir vannali usul iqtisodiy jihatdan ustunroq turadi. Bu
usulda bir vaqtning o`zida bo`yovchi moddalarning aralashmasi tolalarda, matolarda yuqori
haroratda qizdirish orqali bog`lanadi. Dispers va aktiv bo`yovchi moddalar aralashmasidan