«Актуальные научные исследования в современном мире»
ISCIENCE.IN.UA
Выпуск 9(77) ч. 1
ISSN 2524-0986
54
foydalanish mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers bo’yovchi modda
aralashmalari va hokazolar. Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik
rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat. Respublikamizda an`anaviy ishlab
chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment
yaratishda mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy
pardozlash texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga
moslash o`ta dolzarb vazifadir. Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-
mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom
paxta xom ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va oqlik
berish talab qilinadi. Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli
aralashma mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu
sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash, hamda paxta
tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi 11 katalizatorlar qo`llash zarur
bo`ladi. Paxta-ipakli aralashma matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta
nozik tomonlarini jiddiy o`rganish shu kungacha to`liq amalga oshirilmagan.
Matoga gul tushiruvchi aralashma bo`yoq deb ataladi va bo`yash eritmasidan o`zining
quyuqligi bilan farq qiladi. Gul bosish bo`yog’i tarkibiga: bo`yovchi modda, quyultiruvchi va
yordamchi moddalar kiradi. Bo`yovchi moddalar to`qima materiallar yuzasida ravshan va
mustahkam rang berishi lozim, bu talablarga quyidagi sinf bo`yovchi moddalari javob beradi: -
sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda – aktiv, kub, suvda erimaydigan azobo`yovchi
moddalar va pigmentlar; - oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali,
metallkompleks bo`yovchilar va pigmentlar; - atsetat va sintetik tolalar uchun – asosan dispers
bo`yovchi moddalar va pigmentlar. Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va
tolali materiallar holati, hamda ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik-kimyoviy qonuniyatlar
gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi, lekin bo’yashda farqli o’laroq matolarga gul bosishda
bo’yovchi moddalarning eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini
yo’qotadi. Mato yuzasiga gul shaklida tushirilgan bo’yovchi modda quritish mashinasidan
chiqqach, quyultiruvchi molekulalari bilan molekulalararo bog’lanishlar yordamida mustahkam
ushlanib, quyultiruvchi plyonkasida qotib qoladi va tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi. Bo’yash
jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik kimyoviy bosqichlar ketma-ketligi
buziladi. Quyultiruvchi plyonkasida qotib qolgan bo’yovchi moddaning tola ichki qatlamlari
tomon harakatlanishi uchun bo’yovchi moddani o’z ichiga qamrab olgan plyonkani yumshatish
lozim. Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizdiriladi. Qaynoq bug’ yoki
havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga
yuqori harorat ta’sirida tola g’ovaklarida suyulib, bo’yovchi modda diffuziyasini tezlashtiruvchi
muhit hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va quyultiruvchi
orasidagi o’zaro ta’sir kuchsiz bo’lgani sababli gul bosishda bo’yovchi moddaning tola ichiga
diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sabali, turli sinf bo’yovchi moddalari bilan gul bosishda
ularning o’ziga xos bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum.
Gul bosishning bo’yashdan farqi shuki, bunda bo’yovchi modda mato yuzasining ayrim
qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish jihozlari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda
tarkibi murakkabroq bo’lsa ham, lekin fizik-kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo’yashdagidek
kechadi. Gul bosish uchun mo’ljallangan matolar ma’lum oqlik va kapillarlikka ega bo’lib, yuzasi
ISCIENCE.IN.UA
Do'stlaringiz bilan baham: |