Isajon Sulton hayoti. Isajon Sulton ijodi



Download 32,55 Kb.
bet6/8
Sana09.12.2022
Hajmi32,55 Kb.
#882195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiy jarayon mustaqil ish

shamol (qismat ramzi) syujet voqelarini izchil harakatlanishiga zamin hozirlaydi. Binobarin, tafakkur qilishga odatlangan kishilargagina olam sirlari oʻz mohiyatidan dars beradi. Ozod – roman kompozitsiyasida tafakkur timsoli. Uning turli xil fikriy va ishqiy sarguzashtlari aynan shamol yordami (ishorasi) bilan yuksak mohiyatga evriladi. Adib ushbu romanida azal va abad oʻrtasidagi mangu kurash, omonsiz jang, inson oʻzagi sanalmish maʼrifatni tahlil va tadqiq qilishni maqsad qiladi. Unda qoʻllanilgan ishora va tafsilotlar negizida erkin fikrlashga oʻrganayotgan, oʻzini tanishga ichki ehtiyojni hayot aʼmoliga aylantirayotgan ozod inson obrazini koʻramiz. Ayniqsa, har bir detal, tasvir, mikro nuqtalarigacha voqelik dramatizmi qahramon qalbida uygʻongan his-tuygʻular bilan akslanadi, ziddiyatga kirishadi. Demak, tasvirlanayotgan voqelik zamirida mushohada zalvori tafsilotlararo teranlashib boradi. Bu haqda adabiyotshunos olim Abdugʻafur Rasulov shunday yozadi: “Aslida romandagi barcha qiyofalar va obrazlar Ozodning oʻzidir, deb oʻylash tarafdoriman. Akslar deganda ham mana shu mantiq nazarda tutilmaganmikin? Agar u maʼno kengliklari sari yoʻlga chiqmasa, otasi kabi boʻlar va ekinzorda mehnat bilan kuni oʻtarmidi? Boylik sari intilsa, qismati uzumzorlar egasining taqdiri kabi armon va taassuflar aro pushaymonlik soʻqmoqlarida tentirash boʻlarmidi? Er yetilayotgan barcha yigitlar eranlardir. Ozod oʻzining teranlik xususiyati tufayli dillarga orom beruvchi – Diloromga intildi. Ha, ayol Dilorom, biroq, Vatan ham diloromdir”. Darhaqiqat, olim eʼtirofida ikki xususiyat koʻzga tashlanadi: birinchidan, asarda voqelik hikoyachisi shamol barcha hodisalarning bashoratgoʻyi, qissagoʻyi, bilimdoni tarzida roman kompozitsiyasini yaxlitlashtiradi, ikkinchidan, har bir akslanayotgan timsol va taqdirlar bosh qahramon shuurini oʻziga mahliyo qiladi. Buning zamirida adib qadim mifologik tasavvurlardan joriy tasavvurlargacha qamrab oladi. Oraliqda botiniy hislar zohiriy tushunchalarni idroklaydi. Ozod aynan ushbu taqdirlar negizida ulgʻaya boradi. Adib “Ozod” timsolida shartli ravishda Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr”, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”, Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi ichindadir” asarlaridagi bosh gʻoyaga mutanosiblikni payvandlaydi. Ezgulik va yovuzlik, ofat va balolar qayerdan kelishi, barcha balo qazolarning sababkori kim yoki nima degan savollarga mantiqiy javob axtarayotgan qahramon intellekti namoyishi qabarib koʻrinadi. Bir qarashda, Ozod timsol, ishora va ramzlarni oʻzida jamlaydi. Aslida, tashqi biologik olam bilan ziddiyatga kirishayotgan mudom tole qushini izlab sargardon kezayotgan shaxs ruhiyati har bir qalbda yashirin. Yozuvchi Isajon Sulton aynan ushbu jihat: qalb va qiyofa suvratini chizishni oʻz oldiga aniq maqsad qilib qoʻyadi.
Romanda shunday lavhalar borki, ular bamisoli rangin va serjilo sheʼr kabi mutolaa qilinadi. Isajon Sulton qahramonlar ruhiy olamini ifodalashda Dostoyevskiy, Tolstoy, Kafka, Kamyu, Folknerlar yoʻlidan bormaydi. Uni xarakterlarning teran psixologik holatidan koʻra, faoliyatidagi ruhiy evrilishlari, iroda yoʻnalishi eʼtiborini tortadi. Boshqacha aytganda, real borliqdan koʻra, oʻz taxayul dunyosidagi Ozodlarni haqqoniy inkishof qilish qiziqtiradi. Badiiy sanʼatning samoviy nuqtalaridan turib nazar tashlansa, avvalo, syujet va gʻoya qabarib koʻrinadi. Gʻoya yozuvchi tafakkurining jamlanmasi. Syujet qayta ishlangan, sayqallangan, poetik idroklangan asar tayanch nuqtalari sanaladi. Isajon Sulton uslubiga xos xususiyatlardan biri shuki, aynan, koʻz oʻngida zohir olam ravishini emas, ichki olam suvratini idroklash tamoyili yetakchilik qilishini kuzatish mumkin. Bunga quyidagi lavhada ham shohid boʻlamiz:
“Aslida soʻz hechdir. U – bagʻridagi maʼnosi tufayli haybat kasb etdi. Ularga iroda jamlaguvchi Tangrimning oʻzidir. Yaʼni, olamda gapirmaydigan narsa yoʻq, hammasi oʻzining holidan xabar berib turadi, ammo odam bolasigina soʻzlarga maʼno joylaydi. Shu bois, boshqalar uchun ham soʻz ayta oladi, unga Tangri maʼno baxsh etgani uchun duoga aylanadi. Avom ham, olim ham ana shu sabab duoga intiladi. Birovdan yaxshilik istasa, “meni duo qiling” deydi. Duo esa taqdirni oʻzgartiradi. Bahaybat bir shakl olib, osmon toqiga yetib boradi, soʻng hodisaga aylanib, yana yer yuziga qaytadi.
Qargʻish ham taqdirni oʻzgartiradi. Soʻzning qudratini ana shularga qarab anglab yeta olasan.
Bizgacha behisob soʻzlar aytildi. Ularning hammasi oʻz joyiga borib oʻrnashdi. Bir kishi bor edi, uning aytgan soʻzlari oʻzi uchun gulu gulzor boʻldi. Boshqa bir kishining aytgan soʻzlari esa dahshatli maxluqlarga aylanib ketdilar – endi ular oʻz egalarini kutmoqdalar.
Avom ham, olim ham soʻz aytdi. Avomning soʻzi zaif, olimniki salmoqli edi. Shu sabab avomning xatosi kichik, olimniki halokatli boʻldi”.
Isajon Sultonning “Ozod” romanida syujet va kompozitsiya tigʻizligi yaxlitlik intizomiga boʻysundirilgan. Ramziy talqin negizida kechayotgan muloqot zalvori favqulodda kechinmalarga aylanib ketadi. “Koʻr kishining hikoyasi” faslidan olingan ushbu lavhada qahramon his qilayotgan maʼnolar bilan yana-da jonlantirilgan. Asarda koʻr kishining aslida koʻr emasligi, bir paytlar koʻzi ochiq boʻlganligi haqida axborot beriladi. Biroq uning koʻp siru asrorlarni bilib olishida ochiq koʻzga muhtoj emasligi, qalb koʻzining ochiqligini koʻrsatadi. Ozod bu hikoyadan oʻziga tegishli xulosalar chiqarish barobarida, mustaqil fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazadi. Demak, hol tili – barcha yaratilgan jonliyu jonsiz predmetlar gapirish xususiyatiga ega ekanligi, hodisotlarning kutilmaganda roʻy berishi, azaldan taqdirga bitilgan qismat deya, anglab qoladi. Taqdirning puchmoqlarida roʻy berayotgan hodisotlar, aslida qahramonning tashqi dunyoga bergan savollariga javob yangligʻ yuzaga chiqadi. Ayniqsa, 
Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish