Isajon Sulton hayoti. Isajon Sulton ijodi


-“Hazrati Xizr izidan” asaringiz haqida ikki og‘iz…



Download 32,55 Kb.
bet3/8
Sana09.12.2022
Hajmi32,55 Kb.
#882195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiy jarayon mustaqil ish

-“Hazrati Xizr izidan” asaringiz haqida ikki og‘iz…
Bu ham xalq orasidan olingan asar-da. O‘zbekistonning janubidan shimoliga qarab yursangiz, ming chaqirimdan ziyod yo‘l bosasiz. Har qishloqning tutumi, shevasi o‘zga… Har birida qachonlardir, qaydadir Xizrga duch kelgan kishi haqida rivoyatlar eshitasiz. Gohida ajablanasiz ham: qanaqa ajoyib yurt bu, har qishlog‘iga bir Xizr qadam qo‘ygan bo‘lsa? Qolaversa, u g‘aroyib zotning o‘zi kim? Kishi umri davomida Xizrga uch bora duch keladi, deyishadi. Qay qiyofada, qay mahal namoyon bo‘ladi? Ota-ona, do‘stu yormi siymosidami, farzand yoki shunchaki bir hamyurt ko‘rinishdami? “Oldimdan Xizrday chiqdingiz” deydi mushkuli oson bo‘lgan kishi ko‘makdoshiga. U holda, el-yurtning Xizrlari kimlar? Xullas, butun dunyo izlayotgan nuroniy zot bilan bog‘liq o‘zbekona tasavvurlar haqidagi asar.
-O‘zbekistonda e’lon qilinganmi?
-Nasib qilsa, shu oy “Sharq yulduzi” jurnalimiz to‘liq holda e’lon qiladi. Shuningdek, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kitob holida nashrga tayyorlamoqda.
-“Genetik” nomli romaningiz hayotiy voqealarga asoslanganini hamma ham bilmaydi. Uning qahramoni – bizning yurtdoshimiz, real shaxs, to‘g‘rimi? Nima uchun genetika faniga qiziqib qoldingiz?
-Ha, uning ramziy qahramoni – Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi, genetik olim Ibrohim Abdurahmonovdir. Ibrohimjon — o‘simliklar va inson genetikasi sohasida katta kashfiyotlar qilgan olim.
Meni qiziqtirgan mavzu –tog‘ etaklaridagi juda oddiy bir qishloq bolasining olimga aylanish jarayoni. Hamma qishloqlar bir-biriga o‘xshash, “o‘qib olim bo‘larmiding” yoki “sendan kim chiqardi” degan tanbehlarni bolalar ko‘p eshitgan. Lekin “Umid bilan suqilgan tayoq, Bir kun berar mevayu yaproq” deyilganidek, o‘sha oddiy qishloq bolasi bugun olamni lol qoldirgan kashfiyotlar egasiga aylandi.
Genetika fani aytadiki, har sulola kishilarining iste’dodi yo‘qolib ketmasdan, avloddan-avlodga sifatida o‘tib boraveradi. Sulola qanchalar qadimiy bo‘lsa, iste’dod kalitlari shunchalar ko‘p bo‘ladi. Kishilarning har bir hujayrasiga o‘chmas tarzda muhrlangan shonli tarix bu! Mana shunday mulohazalar chet bir qishloqda tug‘ilib, tirik jon egalari hayotini boshqarish usullarini topgan el bolasi haqidagi “Genetik” asarining yaratilishiga turtki bo‘ldi.

Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish