Isaboyev sharofiddin musomiddinovich materiallar qarshiligi fanidan misol va masalalar



Download 188,5 Kb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi188,5 Kb.
#761436
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Кириш-1-14-бетлар (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISABOYEV SHAROFIDDIN MUSOMIDDINOVICH


MATERIALLAR QARSHILIGI FANIDAN
MISOL VA MASALALAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT – 2022



Sh.M.Isaboyev. Materiallar qarshiligi fanidan misol va masalalar. – T., «Namangan», 2022, - bet.

Ushbu o`quv qo`llanma oliy o‘quv yurtlarining texnika va qurilish ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat kunduzgi va sirtqi bo`lim talabalari uchun mo‘ljallangan. O`quv qo`llanmada nazariy ma’lumotlar bilan birga, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil masalalarni yechishda nazariy ma’lumot natijalaridan keng foydalanishga asosiy e’tibor qaratilgan. Unda an’anaviy bo‘limlar bilan birga statik noaniq sistemalarni hisoblashda ko‘chishlarni aniqlash va mustahkamlikni baholashda ruxsat etilgan kuchlanishlar usulidan, chegaraviy holatga o‘tish usuli orqali baholash keng yoritilgan.

Taqrizchilar: Sh.S.Yuldashev – texnika fanlari doktori, professor
A.X.Umrzaqov – texnika fanlari doktori, professor
N.A.Nishonov – texnika fanlari bo`yicha falsafa doktori,PhD
ISBN 978–9943–10–

«Namangan» nashriyoti, 2022.


SO‘Z BOSHI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`grisida”gi PQ-3775 sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oily ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilar jamoasiga ham bir qator mas`uliyatli vazifalar belgilangan.
So`nggi yilarda mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida malakali muhandislarga bo'lgan talab keskin oshganligi, oliy ta`lim muassalariga qabul rejasidan ham ko'rinib turibdi. Ushbu talabalarni o'qiv-uslubiy ta'minoti masalasini yechishga, fanlarni o`zlashtirish darajalarini yanada oshirishda institut professor-o`qituvchilari tomonidan tayyorlanayotga yangi avlod uslubiy materiallar- darslik, o`quv qo`llanma, uslubiy ko'rsatma va nazorat topshiriqlari tayyorlash ham hozirgi kun uchun dolzabligi bilan ajralib turadi.
Materiallar qarshiligi fanining barcha turdagi deformatsiyalarni yanada mukammal o`rganishda, fanga oid tushunchalar sodda, rangli tasvirlar bilan berilganligi, talabalar fanni yanada ravon va oson o`rganib, real masalalarni, topshiriqlarni bajarish bo'yicha bilim va ko`nikma hosil qilib, talabalarni fan bo`yicha bilim darajasini oshirishga olib keladi. Ayniqsa, so`nggi yillarda pespublikamiz ko'plab tarmoqlar rivojlanish bo`lganligi uchun-ularni malakali kadrlar bilan ta`minlash borasida, oliy o'quv yurtlarida deyarli barcha yo`nalishlarni sirtqi bo'limlarning qayta ochilganligi, ushbu talabalar uchun ham mazkur o'quv-uslubiy material o`z vaqtida yozilganligi bilan ahamiyatlidir.
Materiallar qarshiligi fanidan dars beradigan oliy va o`rta maxsus kasb hunar ta`limi professor-o`qiuvchilari uchun, talabalarga dars berish jarayonida, birinchi navbatda, sirtdan o'qiydigan talabalar duch keladigan qiyinchilar uchun juda yaxshi ma'lumot ba`zasi hisoblanadi. Yetuk mutaxassis bo`lishda asosan bino va inshootlar va mashina mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustivorlikka, muhandislik nuqtai nazaridan hisoblashni amaliy usullari egallashiga bogliq bo`ladi.
Hozirgi kunda materiallar qarshiligi fanining barcha masalalarini qamrab oluvchi ko‘plab o‘quv adabiyotlari mavjud. Chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining aksariyatida texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan mavzular yuqori ilmiy-metodik uslubda bayon etilgan. Ushbu darsliknig yozilish sababi mamlakatimiz oliy ta’limida bir pog‘onali tizimdan ikki pog‘onali bakalavr-magistr tizimiga o‘tilganligidir. Shu sababli fanga tegishli mavzularni shartli ravishda ikkiga ajratishga to‘g‘ri keladi – birinchi bo‘lagida nazariyaga oid ma’lumotlarni qisqaroq berib, asosan amaliy masalalar tadbiqiga ko‘proq e’tibor qaratish, ikkinchi bo‘lagida chuqur fundamental ta’limga asoslangan holda fanning shu kunlarda yechim topmagan masalalarini nazariy jihatdan yorituvchi materiallarni bayon etish. Ushbu darslik fanning birinchi bo‘lagi masalalarini yoritishga mo‘ljallangan. Unda, boshqa adabiyotlardan farqli o‘laroq, turli qiyinlikdagi masalalarni amaliy yechish yo‘llari va ularning samaradorligini taqqoslash usullari keltirilgan.
Ikkinchi tomondan nuqtaning kuchlanish holati, jismdagi oquvchanlik, plastiklik tushunchalari, dinamik masalalar to‘g‘risidagi tushuncha va vaqt bo‘yicha siklik o‘zgaruvchan ta’sirlarda materiallar mustahkamligini tekshirish mavzulari qisqaroq lekin sifatli qilib berilgan.
Statik aniqmas sistemalar hisobiga oid masalalar chuqurroq tahlil etilgan. Shuningdek darslikda konstruksiya elementlarining mustahkamligini chegaraviy holatga o‘tish usuli orqali hisoblash birinchi marta keltirilgan va uning ruxsat etilgan kuchlanishlar usuli bilan o‘xshash va farqli tomonlari ko‘rsatilgan.
Mazkur kitob, mualliflarning fikricha, kunduzgi va sirtqi bo`lim talabalari uchun materiallar qarshiligidan amaliy masalalarni mustaqil yechishda yordam beradi. Kitobning tuzilishi va materialning bayon qilishda ana shu maqsadni ko'zlagan.
Qo`llanma O va O`MTV namunaviy dasturiga mufofiq-yo`nalishi uchun tayyorlandi.
Qo`llanmani tayyorlashda har bir mavzusi bo'yicha nazariy qismiga oid tushuncha va formulalardan qisqa ma'lumot keltirgan, bu esa talabaga kam vaqt sarf qilib darsdan o'tgan materialni o`zlashtirishda-intensiv usulda o`rganishga imkon beradi. Qo'llanmaning asosiy qismi amaliy masalalarni yechishga ajratilgan va batafsil bayon qilingan, bunda talabaning o'qituvchisi yordamisiz ham, masalani yechish usulida mustaqil tushunib olishiga imkon beradi.
Har bir navzuga oid ishlangan masalalar, misol va mustaqil yechish uchun tavsiya qilingan masalalar ushbu qo`llanma uchun maxsus tuzilgan, ulardan biri o'quv adabiyotlardan olingan (adaboyitlar ro'yxatiga kiritilgan). Mualliflar boshqa adabiyotdan olingan masalalar mavzusi va hisoblash sxemalarini birma-bir qobul qilingan usul cheklanishlarga moslab qaytadan tuzilgan.
Qo`llanmaning o`z ichiga bir qator yangi ma'lumotnoma materiallari, chunonchi, materiallarning profiliga oid DAST(GOST) jadvallari keltirigan.
Kitobda ko'sh raqamlash qabul qilgan bo`lib, birinchi raqam bobning raqamini, ikkinchi raqam ayni bobdagi misol, masala raqamini ochib beradi.
Avvalgi(ruscha) nashrning I, III-V, XVII bob larini S. E. Xanin, VI-IX, XIV-XVI boblarini esa B.A.Obodovskiy yozgan. Bundan tashqari qo'llanmani tayyorlashda o. P. Orjexovskaya (X - XII boblarning avtori) va G.M.Itskovich (II bobni, S. E. Xanin bilan birgalikda XVIII bobni va B. A. Obodovskiy bilan birgalikda XІІІ bobni yozgan, shuningdek, 5.5, 7.4, 7.5, 8.8, 12 4, 15.5, 15.7, 15.9, 15.10, 17.1-misollarni tuzishgan) olimlar ishtirok etdilar.
Ikkinchi nashrdagi misollarni tuzishda Jdanov nomidagi metallurgiya instituti materiallar qarshiligi kafedrasining xodimlari V.V.Sushev, G.V.Artyux, A.P. Jukoves, V.G. Kulish, V.A.Lyubov ishtirok etdilar.
Ikkinchi(ruscha) nashrni tayyorlashda taqrizchilar - texnika fanlari doktori, prof. N. V. Baranovskiy va N. N. Koptev katta yordam berdilar.

Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish