Irsiyat va muhit



Download 85,5 Kb.
bet1/4
Sana24.07.2021
Hajmi85,5 Kb.
#127169
  1   2   3   4
Bog'liq
IRSIYAT VA IRSIY KASALLIKLAR


IRSIYAT VA IRSIY KASALLIKLAR

Reja:
1. Irsiyat haqida tushuncha.



2. Mendel qonunlari.

3. Irsiyatning sitologik asoslari.

4. Irsiy va nasliy kasalliklar haqida tushncha.

5. Irsiy va nasliy kasalliklarning oldini olish chora tadbirlari.

6. Irsiyat va muhitning o`zaro bog`liqligi.

7. “Sog`lom avlod uchun “ davlat dasturi va boshqalar.

Tayanch tushunchalar: Irsiyat, gen, muhit, dominanta, retsessiv, xromosoma, mutatsiya, irsiy va nasliy kasalliklar, D.N.K. R.N.K.

Barcha xujayralar, to`qimalar, organizmlar ko`payish hususiyatiga ega. Tirik organizmlar ko`payishi orqali o`ziga ohshash organizmlarni hosil qiladi. Xujayra ikki xil: oddiy va murakkab bo`linish yo`li bilan ko`payyadi. Oddiy – ya`ni amitoz ipsimon tuzilmasiz bo`linishidir, bunda avval yadrochalar cho`ziladi, so`ng protoplazma va yadrochalar ikkikga bo`linishidan ikkikta qiz xujayra hosil bo`ladi. Murakkab bo`linish, ya`ni mitoz -kariokinez bo`linish bo`linish 4 bosqichda amalga oshadi.

Hozirgi zamon biologiyasi va medisinasining asosiy muommalaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo`llarini bilib o;ish isiyat masalasidir. Irsiyat organizmlarning o`z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o`tqazish hossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi hususiyatlari avloddan- avlodga o`zgarmagan holda o`tadi.

Organizm belgi - hususiyatlarining bir qancha avlodda turg`un saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bo`lib, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma`lum moddalar almashinuvini xarakterini va rivojlanish tipini ta`minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan xarakterlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o`zgarish vujudga kelgan bo`lar edi.

Organizmning ikki hususiyati irsiyat va o`garuvchanlikni o`rganadigan fan - genetika fani deyiladi.

XYIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida biologiya fani ulug` tabiatshunos va filosof Jan Batist Lamarkning g`oyalari bilan boyidi. Jan Batist Lamarkning evolyutsiyani organizmlar yoki organlarning tashqi muhit ta`siri ostida ma`lum tomonga o`zgarib borishidir deb faraz qildi. Paydo bo`lgan o`garishlar nasldan- naslga o`tib, avlodlarda mustahkamlanadigan bo`lib qoladi. Irsiyat plastik, muloyim bo`ladi, muhit organizmlarni yashash sharoitlariga hammadan ko`p moslashib oladigan qilib etishtiradi. Lamark ta`limoti tarafdorlari va izdoshlari uning g`oyalarini to`g`riligini tajriba yo`li bilan tasdiqlab berishga bir necha marta o`rinib ko`rishgan bo`lsada, bu ta`limot ishonchli dalillarga ega bo`lolmay qoldi.

Lamark vafotidan keyin yarim asr o`tfach Charz Darvinning “Turlarni kelib chiqishi haqida “ degan mashhur asari bosilib chiqdi. Darvin fanga evolyutsiyaning qudratli omili tashqi muhit ta`siri bilan bog`langan tabiiy tanlashdadir degan fikrni kiritdi. Darvin tirik organizmlarda kelib chiqadigan o`zgarishlar tasodifiy deb tahmin qildi. Biror tomonga yo`nalmagan tasodifiy ravishda ro`y beradigan o`zgarishlar butun tabiiy yo`nalishini belgilab beradi. Bir turning boshqa vakillaridan ustunlikka ega bo`lib qolgan individlari yashab qoladi va nasl beradi, foydali belgi bu naslda ham namoyon bo`ladi.

Darvin g`oyalari hozirgi kunda ham to`la-to`kis e`tirof etiladi. Biroq o`tgan asrning o`rtalarida Darvin ta`limoti qattiq tanqidga uchradi. Uning ko`pgina tomonlari tushunib bo`lmaydigandek tuyuldi, chunki fan sifatidagi genetika hali mavjud emas edi. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Yogan Gregor Mendel morfologik belgilarning ya`ni ikki belgisi jihatidan bir- biridan farq qiladigan no`hatlarni chatishtirib, belgilarning irsiy yo`l nasldan-naslga o`tish qonuniyatlarini aniqlagan va shu mavzuda doklad qilgan. U o`zidan changlanadigan ikki o`simlik navi qizil va oq gulli no`hat o`simliklarini olib, ona o`simlik (qizil gulli) no`hatni oq gulli no`hat changi bilan changladi.

Birinchi bo`g`inda o`simliklarning hammasi qizil gulli bo`lib chiqdi. O`z-o`zidan changlanishdan keyin paydo bo`lgan bo`g`in 3:1 nisbatda ham qizil gulli, ham oq gulli o`simliklardan iborat bo`ldi. Birinchi bo`g`inda ro`yobga chiqqan va ikkinchi bo`g`inda ustun bo`lib qolgan qizil gul belgisi dominant belgi, oq gul belgisi resesiv belgi deb ataladigadi.

bo`ldi. Birinchi bo`g`inda resessiv belgi yashirin holda bo`ladi. Oq gulli o`simliklarning o`zidan chamglanishi natijasida paydo bo`lgan uchinchi va keyingi bo`g`inlarda faqat oq gulli o`simliklar bunyodga keladi. Qizil gulli o`simliklarning nasli har xil bo`lib chiqdi. Nasllarning 3/1 qismi qizil gulni saqlab qoldi, 3/2 qismi 3:1 nisbatda ham qizil ham oq gullar chiqardi. Mendel tomonidan kashf etilgan bu qonuniyat belgilarining nasllarda alralish qonuni deb ataladi. Mendel tajribalaridagi dastlabki ota-ona organizmlar bir emas, balki bir nechta belgisiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan bo`lsa , bu belgilarning bir-biridan mustaqil holda nasldan –naslga o`tishi aniqlandi. Shu tariqa belgilarning bir-biridan mustaqil holda nasldan-naslga o`tish qonuniyatini ta`riflab berildi.

Mendelning 1-chi qonuni dominanta va resessivlik qonuni bo`lib, yuza chiqqan belgilar dominanta , yuzaga chiqmagan lari- resessiv belgilar deb yuritiladi.

2-chi qonuni ota-ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan-avlodga o`tadi, ya`ni 75% dominant, 25% resessiv belgilar yuzaga chiqadi.



Irsiyatning moddiy negizi bu xujayraning o`z nushasini qayta vujudga keltira oladigan va bo`linish jarayonida qiz xujayralarga taqsimlanish hususiyatiga ega bo`gan barcha elementlari hisoblanadi.

Irsiyat nasldan-naslga qay tarzda o`tishini bilish uchun xujayra haqida ma`lumotga ega bo`lish kerak. Barcha tirik organism xujayralardan tashqil topgan. 1665 yilda Guk tomonidan soda mikroskop ixtiro qilinishi xujayra ta`limotining tug`lishiga olib keldi. U no`hatdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganda mayda katakchalarni ko`rdi va ularga xyjatra deb nom berdi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan xujayraning tarki va xujayradagi moddalar almashinuvi o`rganila boshladi. Xujayra sharsimon, duksimon, pizmasimon shakllarida bo`ladi. Har bir xujayra sitoplazmatik membrana, sitoplama, yadro, xujayra organoidlaridan tashqil topgan. Xujayra organoidlariga maxsus tuzilishga ega bo`lgan va ma`lum funksiyani bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik to`r, ibosomalar, Gol`ji apparati, mitoxondiriyalar, lizosomalar va sentrosomalar va boshqalar. Xujayra membramasi xujayraning tashqi va ichki muhiti orasidagi modda almashinuvini boshqaradi. Endoplazmatik to`r turli moddalarni tanlab o`tkazish hususiyatiga ega. Ribosomalar oqsillar sintezida ishtirok etadi. Mitoxondriyalar xujayrani energiya bilan ta`minlovchi ko`pgina ximiyaviy reaksiyalarda qatnqshadi. Lizosomalarda oziq moddalarni parchalaydigan har xil fermentlar saqlanadi. Yadro atrofida joylashgan organoid xujayra markazi deb nomlanadi. U xujayra bo`linishida muhim rol o`ynaydi. Yadroning shakli, o`lchami ko`roq xujayraning shakli va o`lchamiga bog`liq bo`ladi. Yadro tarkibida xromosomalar mavjud. Xujayra yadrosining bo`linishida kuzatiladigan yaxshi bo`linadigan tanachalarni 1888 yilda nemis olimi V.Valdeyer aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosomalar grekcha so`z bo`lib, “xromosom”- bo`yoq, rang, “somo” tanacha degan ma`noni bildiradi. Xromosomalar organizmning o`ziga hos bo`lgan barcha biologik belgilarni irsiy yo`l bilan nasldan-naslga o`tkazadi u oqsillar va nuklein kislotalarining yirik molekulalaridan tashqil topgan. Xromosomalar ipsimon yoki tayoqchasimon shaklda bo`lib, uning soni turli o`simlik, hayvon xujayralarida turlicha bo`ladi. Xromosomalar tanamizdagi barcha xujayralarda bo`ladi. Dastlab 1956 yilda ko`satib berilganidek odam xujayralarida 46 xromosoma bo`ladi. Jinsiy xujayralar boshqa xujayralardan farq qilib 23 tadan xromosoma tutadi, erkak va ayol xujayralari bir-biri bilan qo`shilganda xromosomalarning soni 46 taga etadi. Xujayraning bo`linishi xromosomalarning ipsimon ikkita tizilmaga ajralishidan boshlanadi. Xromosomalar D.N.K va R.N.K. dan tashqil topganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda D.N.K. da irsiy belgilarning kodlari saqlanishi, ya`ni D.N.K. orqali xujayradan-xujayraga, organizmdan- organizmga irsiy axborot o`tkazilishi isbotlangan. R.N.K. oqsil sintezida ishtirok etadi.bunda 20 ta aminokislota qatnashib, u;arning sintezlanishi 1,5 daqiqa davom etadi. Xromosomalarda yanada maydaroq zarralar, ya`ni oqsil sintezini belgilab beradigan genlar bor. Gen irsiyat birligidir. Genetika fanining eng katta yutig`I D.N.K. molekulasidan gen ajratib olindi va sintez qilindi. Gen bir-biriga yaqin bo`lsa, ular belgilab beradigan belgilarning naslda namoyon bo`lishi ehtimoli shuncha katta bo`ladi. Odamning jinsiy xujayralarida xromosomalar 23 ta bo`lib, diploid soni ta, ya`ni 22 ta juft autosoma(jinnsiz xromosomani) va ikkita jinsiy xromosomani o`z ichiga oladi. Jinsiy xromosomaar qiz xujayralarda “XX”, erkak xujayralarda esa “XY” deb belgilanadi. Tirik organism ko`payish orqali o`ziga o`hshahs organizmlarni hosil qiladi. 1871 yilda talaba Gamm va Levenguk erkak jinsiy suyuqligida- spermatozoidlarni topdi. Bu so`z urug`lik jonivor degan ma`noni anglatadi. Urg`ochi

jinsiy xujayalar taraqqiyoti ovolyatsiya deyiladi.

Erkak va qiz xujayralarining qo`shilishi urug`lanish deyiladi, natijada zigota-undan esa embrion hosil bo`ladi. Jinsiy xujayralar bir-biridan qancha uzoq bo`lsa, zigotada ichki qarama- qarshilik paydo bo`ladi, natijada zigota shuncha yaxshi rivojlanadi. Organizmnung o`ziga meros qilib olgan belgilari genotip, organizmning individual rivojlanishi jarayonida shakllanib boradigan belgi va xossalari fenotip deb nom oldi.

Jins organizmdagi belgi va hususiyatlar yig`indisi bo`lib, yangi bo`g`inlarning vujudga kelishini va irsiy belgilarning nasldan- naslga o`tishini ta`minlaydi.

Organizm irsiyatni o`rganmay turib, nasldan-naslga o`tuvchi kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin emas. Tibbiyotda 1500 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Nasliy kasalliklar xromosomalarning anomal yig`indisi jinsiy xujayralarning o`zgarishi yoki mutatsiya ta`sirida paydo bo`ladi.

Tashqi faktorning salbiy ta`siri natijasida ham irsiy kasalliklar yuza keladi( karlik,qon raki).

Nasldan-naslga o`tadigan kasalliklarni rivojlantirmaslik uchun bolalarni jismoniy sog`lamlashtirish, ovqat sifatini yaxshilash, chiniqtirish, yuqimli kasalliklardan saqlash, o`ta charchashni oldini olish masalalariga katta e`tibor berish kerak. Zararli odatlar bilan shug`ullanmaslik lozim.

Irsiy belgilar tashqi muhit ta`siriga chidamli bo`ladi. Organizm yashayotgan muhit sharoitiga qarab, irsiy belgilarning sifati o`zgarishi mumkin. Irsiy belgilarning bu xil o`zgarishi mutatsiya deyiladi. Mutatsiya- lotincha so`z bo`lib o`zgarish, aylanish degan ma`noni bildiradi hamda u irsiyatda muhim hal qiluvchi rolni o;ynaydi. Mutatsiya - gen apparatida ro`y bergan va nasldan- naslga o`tib boradigan o`zgarishdir. Vujudga kelgan yangi belgilar nasldan-naslga o`tadi va o`z ajdodlaridan boshqacha bo`ladigan yangi nasl paydo bo`ladi. Barcha organizmlar tashqi muhit sharoitiga moslashadi, har xil organizmlar ma`lum tashqi muhit sharoitiga ko`nikma hosil qilgan, shuning uchun ma`lum sharoitdayashash va rivojlanish mumkin. Organizm butun rivojlanish jarayonida urug`langan tuhum xujayradan to voyaga etguhga qadar to`htovsiz genotipning nazorati ostida va tashqi muhit ta`sirida bo`ladi. Odam o`zining biofondini meros qilib oladi, ya`ni butun organizmini ko`z, sochini rangini, organlar shaklini, nerv sistemasini va boshqalarini, biroq bola tug`ilganidan boshlab u ijtimoiy muhit shart- sharoitlarida o`sib, rivojlanib boradi, biologik va ijtimoiy omillarning o`zaro ta`siri natijasida o`ziga hos bo`lgan shaxsiy hususiyatlarga ega bo`lgan organism shakllanadi. Ular fenotipni belgilab beradi




Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish