Irrigatsiya va melioratsiya


 Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

10.4. Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar 
 
Suv qabul qilgichlar
sifatida tabiiy va sun’iy oqar suv va xavzalar (daryo, jarlik, 
suv ombori, katta ko’llar, ayrim xolda yer osti suv singdiruvchi qatlam) xizmat 
qilib, ular zaxi qochiriladigan maydondagi suvlarni o’zi oqib keladigan yoki 
mexaniq ko’tarish orqali qabul qiladi. 
Zah qochirish tizimining ishlashi suv qabul qilgichning imkoniyati bilan bevosita 
bogliq. Shuning uchun xam u quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak. 
1) zah qochirish xududida yigilgan suvlarni o’z vaqtida olib ketish darajasida suv 
o’tqazish qobiliyatiga ega bo’lishi. 
2) quyilish joyida zax qochirish kanallari satxi tusiqqa uchramasligi, buning 
uchun suv qabul qilgich suv gorizonti kollektordagi sizot suvlari satxidan ancha 
pastda bo’lishi. 
3)butun uzunligi bo’yicha doimiy va mustaxkam o’zan va qirgoqlarga ega 


217 
bo’lishi. 
Agar suv qabul qilgich bu talablarga javob bermasa, unda maxsus tadbirlar 
amalga oshiriladi: 
Suv qabul qilgichning qoniqarsiz ishlashiga olib keluvchi sabablar: 
Soxilni toshqin suvlari bosishi va qirgoq yuvilishi. 
O’zanning egri-bugriligi sababli suvning nishabligi va tezligi pasayishi. 
O’zanni begona o’tlar va loyqa bosishi 
Xisobiy suv sarfini o’tkaza olmaydigan kichik ko’ndalang kesimi. 
Uzunlik bo’yicha ko’ndalang kesim yuzasining bir xil bo’lmasligi. 
O’zanli suv qabul qilgichda sun’iy to’siq inshootlar orqali suv dimlanishi. 
Zah qochirish xududiga nisbatan suv qabul qilgichning yuqorida joylashishi. 
Agar suv qabul qilgichlar tabiiy sharoitda yuqoridagi talablarga javob bermasa, 
ularni rostlanadi. 
Rostlash quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi: 
Daryo o’zanini rostlash, 
Daryodagi suv oqimini rostlash, 
Suv qabul qilgichning qirgoqlarini mustaxkamlash. 
Agar yuqoridagi tadbirlar o’zi oqar tizim uchun samarali bo’lmasa, unda suvni 
mexaniq ko’tarish tadbirini qo’llash lozim. 
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash: 
Bunda: 
Ko’ndalang kesim yuzasi kengaytiriladi. 
O’zan begona o’tlardan tozalanadi. 
Egri-bugri uchastkalar to’grilanadi. 
Dimlanishga sabab bo’lgan inshootlar olib tashlanadi. 
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash.Tekis yerdagi daryolar egri-bugri o’zanli 
bo’ladi. Bunda Kegri = 2-3 va bu uning suv o’tqazish qobiliyatiga ta’sir etadi. 
Daryo o’zani 2 xil usulda to’grilanadi. 
agar o’zan oqimi miqdori uncha katta bo’lmasa eski o’zan xolatiga qaramasdan 
butun uzunlik bo’yicha to’grilanadi. 


218 
Agar oqim katta bo’lsa, unda faqat eng katta egriliqlar to’grilanadi. 
O’zanning barcha uzunligi bo’ylab bir xil oqim xosil qilish uchun to’grilash 
ishlari olib boriladi. 
Suv qabul qilgich zax qochirish tizimining oxirgi qismi hisoblanib, unga zax 
suvlar qo’shilgandan so’ng quyi maydonlarni suv bosmasligi, zax suvlarni 
o’zlashtira olishi kerak. Agar suv qabul qilgich daryo bo’lsa, undagi suvning sifati 
yaroqsiz bo’lib qolmishigayo’l qo’ymaslik talab qilinadi. 
Zah qochiriladigan maydonlardan oqib chiqqan suvni qabul qiluvchi daryo 
hisoblansa, bu manbaga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.Daryodagi suv sathi, zax qochirish tizimidan yil davomida oqib chiqadigan 
suvni qabul qilish jarayonida zax qochirish tizimidagi suv sathiga to’sqinlik 
qilmasligi, ya’ni suv sathi past bo’lishi kerak. 
2. Zah suvlarni o’zlashtira olishi, ya’ni daryo suv sathini ko’tarmagan holda, 
zax suvlarni qo’shib oqizib ketishini ta’minlashi shart. 
3.Suv qabul qilgichning suv qabul qilish nuqtasi barqaror bo’lishi shart (aks 
holda, suv qabul qilish manbasi bilan zax qochirish tizimi o’rtasidagi aloqa buzilishi 
mumkin). 
Suv qabul qilgichning yomon ahvolda bo’lishining asosiy sabablari: 
1.Daryo 
o’zanining o’tlar bilan qoplanishi «n» g’adir-budirlik
koeffitsiyentining katta bo’lishi, ya’ni n = 0,7 - 1,0 da « v »-kichik, « h »-katta 
bo’ladi va undagi suv sathining baland bo’lishi. 
2.Daryo o’zanining notekis va qiyshiqligi. 
3.Daryo ko’ndalang kesim yuzasining, ba’zi joylari kichik bo’lishi xamda 
uzunligi bo’yicha barqaror emasligi.
4.Daryo o’zanida sun’iy qurilgan inshootlar (to’g’on, ko’prik, suv ombori va 
h.k.) talab darajasida emasligi. 
5.Daryo o’zani qismlarining ba’zi sabablarga ko’ra turli rejimlarda 
ishlashi. 


219 
Bu ko’rsatilgan kamchiliklar daryo suv oqimini boshqarish natijasida bartaraf 
etilgandagina daryodan suv qabul qilgich sifatida foydalanish mumkin. Ba’zi 
xollarda zax suv qabul qilgichlar bo’lib, tabiiy pastliklar, ko’llar xizmat qiladi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish