5.7.Sug’orish tarmoqlarining ko’ndalang va bo’ylama kesim ko’rinishlari
Sug’orish tarmoqlarining ko’ndalang kesim shakli kanallarning o’lchami,
o’zan tuprog’ining tarkibi va kesimni shakllantirishdagi ishlab chiqarish uslubidan
kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Sug’orish kanallarning ko’ndalang kesim ko’rinishi asosan trapetsiya (a)
shaklida bo’ladi, chunki bu shaklda kanalning yon qirg’oqlari barqaror bo’lishi bir
qatorda, ishlab chiqarish uchun ham qulay hisoblanadi.
Trapentsiya shaklidagi kanallar asosan o’rta va kam suv o’tkazuvchi
kanallarda qo’lllash iqtisodiy tomondan maqbul hisoblanadi. Katta kanallar asosan
poligonal (b) kesim ko’rinishida bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Poligonal
118
shakl, trapetsiya shakliga nisbatan barqaror va gidravlik tomondan eng maqbul
yuza hisoblanadi.
Parabola shakl (k) barcha shakllarga nisbatan eng maqbul shakl hisoblanadi,
ammo uni qurish o’ta murakkab bo’lganligi uchun ular maxsus zavodlarda
tayyorlanishi talab qilinadi.
Ko’ndalang kesimning shakli (v, ye) kanaldan qisqa vaqt davomida katta
miqdordagi suv sarfini o’tkazib, qolgan davrda kichik yoki kerakli miqdordagi suv
sarfida ishlashi uchun loyihalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kanallarning to’rtburchak shakli (g) juda kam holatlarda (yonbag’irlarda,
ko’p suv shimiladigan tuproqlarda, oquvchan tuproqlarda), asosan, boshqa
shakllarni yaratish imkoni bo’lmaganda quriladi.
Uchburchak shakl (d), asosan, muvaqqat sug’orish tarmoqlari uchun maqbul
(sug’orish egati, o’q ariq, ba’zan muvaqqat ariq), ulardan qishloq xo’jaligi
texnikalarining o’ta olishlari ko’zda tutiladi va ularning ichki yon devori yotiq
qilib loyihalanadi.
Aylana (j) va yarim aylana shakllar (z) cheklangan shakl hisoblanib, ular
quvur va yarim quvur ko’rinishida faqat zavodlarda ishlab chiqiladi.
Ko’ndalang kesimning tarkibiy shakli (v, ye) kanaldan qisqa vaqt davomida
katta miqdordagi suv sarfini o’tkazib, qolgan davrda kichik miqdordagi suv sarfida
ishlashi uchun hosil qilinadi.
Kanallarning to’rtburchak shakli (g) juda kam holatlarda (yonbag’irlarda,
ko’p suv shimiladigan tuproqlarda, oquvchan tuproqlarda), asosan, boshqa
shakllarni yaratish imkoni bo’lmaganda hosil qilinadi.
Uchburchak shakl (d), asosan, muvaqqat sug’orish tarmoqlari uchun hosil
qilinib (sug’orish egati, o’q ariq, ba’zan muvaqqat ariq), ulardan qishloq xo’jaligi
texnikalarining o’ta olishlari ko’zda tutiladi va ularning ichki yon devori yotiq
qilib loyihalanadi.
Aylana (j) va yarim aylana shakllar (z) cheklangan shakl hisoblanib, ular
quvur va yarim quvur ko’rinishida faqat zavodlarda ishlab chiqiladi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |