73
4.4.1.-rasm. Tomchilatib sug’orish usulining ko’rinishi
O’simlik ildiz usti qatlamini namlantirish
nuqtalarining soni oldindan
belgilanmaydi, ular tuproqning mexanik tarkibi va qishloq xo’jalik ekinlarining
turiga qarab belgilanadi. Bu usulda sug’orish suvi barcha o’simliklarga
bir tekis
taqsimlanadi. Nuqtali hisoblanmish namlantirgichdan tomchi ko’rinishidagi
o’simlik ildiz qatlamiga singib boradi, bunda gravatatsiya kuchining ta’siri qariyib
sezilmaydi. Tomchilatib namlatgich o’chog’ida tuproqni namlantirish darajasi
namlantirish maydoni bo’yicha notekisdir, suv tomchisi
tushgan nuqtadan suv
bosim radiyenti unchalik katta bo’lmaydi, bu qiymat namlanish o’chog’ining
kengayishi bilan ortib boradi.
Tomchilatib sug’orishda o’simlikning ildiz tizimi boshqa sug’orish
usullariga nisbatan yaxshi rivojlanadi. Namlantirish o’chig’i oldida ildizlar qalin
bo’ladi. Agar tomchilatib sug’oriladigan ekinlarda boshqa sug’orish
usuli
qo’llanilsa, ildizi bu usulga tez moslashadi.
Tomchilatib sug’orish usulining quyidagi afzaliklari bor:
1.
O’simlik ildiz qatlaminining faol (aktiv) rivojlanishi va tuproqda
havoning yaxshi almashinuvi hisobiga ozuqa moddalarning o’simlik
tomonidan
o’zlashtirilishi tezlashadi.
2.
Ekin dalasida ekinlarga dala ishlov ishlarining olib borishidan qat’iy
nazar, kunning istalgan vaqtida sug’orish amalga oshirilishi mumkin.
74
3.
Qator oralig’i tuproqning sug’orilmay qolishi, istalgan vaqtda tuproqqa va
o’simlikka ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olishga imkoniyat yaratadi.
Tomchilatib sug’orishning quyidagi ustunliklari mavjud:
1.
Kam suv sarflanadi.
2.
Suvning bug’lanishga, faol qatlamdan foydasiz isrof bo’lishiga yo’l
qo’yilmaydi.
3.
Shamol kuchi sug’orish jarayoniga ta’sir ko’rsatmaydi.
4.
Qiyin re’lefli maydonni ham sug’orish imkoniyati mavjud.
5.
Namlik (sug’orish suvi) bir tekis taqsimlanadi.
6.
Sug’orish ishlarini 24 soatning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.
7.
Begona o’tlar boshqa usulga qaraganda kam chiadi.
8.
YOmg’irlatib, tuproq ustidan sug’orish usullariga nisbatan tuproqdagi
harorat yuqori bo’lishi buning oqibatida qishloq xo’jalik ekinlari erta yetiladi.
9.
Suvning tuproqqa shimilishi, asosan kapillyar printsipida amalga oshadi.
10.
Sug’orish jarayonida o’simlik ildiziga sug’orish
suvi bilan birgalikda
mineral o’g’itlar kiritim imkoniyati mavjud.
11.
Sug’orishlar orasidagi muddatlarning kichik (1-3 kun). Bunda o’simlik
ildiz qatlamidagi namning keskin o’zgarishi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: