4.3.3-rasm. Tejamkor texnologiyalardan foydalanish
Mamlakatimiz miqyosida suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni, jumladan
tomchilatib sug’orish, egatga plyonka to’shab hamda o’q ariqlar o’rniga
egiluvchan ko’chma quvurlar yordamida sug’orishni keng joriy etishga alohida
e’tibor berilmoqda. Faqatgina oxirgi yillarning o’zida 7,6 ming gektardan ortiq
maydonda
tomchilatib
sug’orish
tizimi
qurilib,
muvaffaqiyatli
tarzda
ishlatilmoqda. Egatga plyonka to’shab va ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida
sug’orish texnologiyasi 4 ming gektarga yaqin maydonda qo’llanilib, uning asosiy
qismi paxta maydonlarini sug’orishda ishlatilmoqda.
Suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishda suvni
tejaydigan ilg’or texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga egaligini hisobga
olib,
davlatimiz
tomonidan
ushbu
yo’nalishni rivojlantirish qo’llab-
quvvatlanmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2013 yil
19 apreldagi «2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-
68
tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming
gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda egatga
plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q ariqlar
o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy etilishi
belgilangan.
5.1. Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tartibi (O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi PQ-4087-sonli qarori va
Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 21 iyundagi PQ-176-sonli qarori
)
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Tomchilatib sug’orish
tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etish va
moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2013 yil
21 iyundagi 176-sonli Qaroriga ko’ra:
1.
Tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish
texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga
tejalgan suv resurslaridan boshoqli don ekinlaridan bo’shagan maydonlarda
qishloq xo’jaligi ekinlarini o’stirishda foydalanish huquqi beriladi;
2.
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tomchilatib sug’orish tizimi
va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalari uchun butlovchi qismlarni
ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan tashkilotlarga deklaratsiya qilingan narxlarda
granula xarid qilish uchun har yillik kvotalar ajratiladi.
3.
Suvni tejaydigan sug’orish texnologiyasini joriy qilgan yuridik shaxslarga
beriladigan imtiyozlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil
22 oktyabrdagi PF-1478-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan fermerlik faoliyatini
rivojlantirish
va
mustahkamlashga
qaratilgan
qonunchilik
bazasini
takomillashtirish tadbirlari doirasida tomchilatib sug’orish tizimlarini joriy qilgan
yuridik shaxslarni tomchilatib sug’oriladigan yer uchastkasi bo’yicha 5 yil
muddatga yagona yer solig’ini to’lashdan ozod etish;
4.
Respublika miqyosida suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni, jumladan
tomchilatib sug’orish, egatga plyonka to’shab hamda o’q ariqlar o’rniga
69
egiluvchan ko’chma quvurlar yordamida sug’orishni keng joriy etishga alohida
e’tibor berilmoqda. So’nggi yillarda 8,0 ming gektarga yaqin maydonda
tomchilatib sug’orish tizimi qurilib, muvaffaqiyatli tarzda ishlatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 21 apreldagi “2013-2017 yillar
davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resurslaridan oqilona foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi PQ-1958-sonli Qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25
ming gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda
egatga plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q
ariqlar o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy
etilishi belgilangan.
5.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2013-2017 yillarda
sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan
oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2013 yil 19 apreldagi
PQ-1958-sonli Qaroriga muvofiq 2013-2014 yillarda eksperiment tariqasida
“Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi” tomonidan
ajratilayotgan mablag’larning 5 % igacha qismini tomchilatib sug’orish tizimlarini
joriy qilayotgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga tijorat banklari orqali
yillik 6 % li imtiyozli kredit sifatida ajratish.
6.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tomchilatib
sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy
etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” gi
2013 yil 21 iyundagi 176-sonli qaroriga ko’ra mamlakatimizda tomchilatib
sug’orish tizimlari va boshqa suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini qo’llash
yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladigan “Suv
tejovchi sug’orish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi” sho’’ba
korxonasi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshida tuzildi.
7.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshida “Suv
tejovchi sug’orish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi” sho’’ba
70
korxonasini tuzish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi
vazirligining 2013 yil 22 noyabrdagi 221-sonli buyrug’i imzolandi.
Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan
keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib
bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risidagi 2018 yil 27 dekabrdagi PQ-4087-sonli
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori natijasida g’o’za yetishtirishda
tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishning ustuvor
yo’nalishlari belgilangan:
1.
G’o’za yetishtirishda tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan foydalanish
bo’yicha loyihalarni amalga oshirayotgan paxta xom ashyosi ishlab
chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimini joriy
etish, tomchilatib sug’orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab
chiqaruvchilarni rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
2.
Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sug’orish
yo’li bilan g’o’za yetishtirish sohasidagi innovatsion g’oyalar, ilmiy-tadqiqot
ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy etish;
3.
Respublika hududlarining tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga
olgan holda tomchilatib sug’orish texnologiyalarini qo’llash uchun ilmiy-amaliy va
uslubiy asoslarini shakllantirish;
4.
Tomchilatib
sug’orish
texnologiyalarini
qo’llagan
holda
paxta
yetishtirishda foydalaniladigan
qishloq xo’jaligi texnikasi, mashina
va
mexanizmlarni, shuningdek, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish;
5.
Sug’orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish va undan
foydalanish bo’yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil etish, va boshqalar belgilab o’tilgan.
Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari
Ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda
yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, yer
ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi,
71
tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha
kamayadi, egat olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |