Irrigatsiya va melioratsiya


  V. Sug’orish tarmoqlari va tizimi



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 


91 
V. Sug’orish tarmoqlari va tizimi
5.1.Sug’orish tarmoqlarining asosiy elementlari 
Sug’orish tizimi, bu noqulay tabiiy sharoitlarni tubdan yaxshilash, atrof 
muxitga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 
qishloq xo’jalik ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini 
oshirishga xizmat qiladigan, sug’orish manbasi, sug’oriladigan maydonlar va 
ulardagi turli inshootlar majmuasi tushuniladi.

Sug’orish tizimining asosiy texnik vazifasi, bu sug’orish manbasidan suvni 


olib, sug’oriladigan maydonlarga kerakli muddat va miqdorda yetkazib berish 
xamda uni alohida suv iste’molchilarga va dalalarga taqsimlab berish, o’simliklar 
uchun zarur bo’lgan tuproq namligini ta’minlashdan iborat. 
Sug’orish tizimining asosiy elementlari quyidagilar kiradi (2.4.1-rasm):
1. Sug’orish manbasi.
2. Bosh suv olish inshooti.
3. Sug’orish tarmoqlari.
4. Suv yig’uvchi - tashlama va kollektor-zovur tarmoqlari tizimi.
5. Sug’orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlar.
6. Ximoya daraxtzorlar va yo’llar.
7. Sug’oriladigan yerlar va boshqalar.
Sug’orish tizimining rejadagi ko’rinishi 2.4.1-rasmda keltirib o’tilgan.
5.1.1-rasm. 1-sug’orish manbai; 2-bosh suv olish inshooti; 3-bosh kanal; 4-
xo’jaliklararo kanal; 5-xo’jalik kanali; 6-xo’jalik ichki kanali; 7-shox ariq; 8-muvaqqat ariq;


92 
9-o’q ariq; 10-egatlar; 11- Suv yig’uvchi - tashlama (zovur) tarmoqlar; 12-gidrotexnik 
inshootlar; 13-yo’llar; 14 - ximoya daraxtzorlar; 15-noqulay yerlar. 
Sug’orish manbalari nima? Sug’orish manbalari,
 
bu daryolar, ko’llar, suv 
omborlari, xovuzlarga yig’ilgan maxalliy yer usti oqimlari, yer osti suvlari, qayta 
foydalaniladigan tashlama (zovurlar, sanoat va kommunal xo’jalik) suvlari 
hisoblanadi.
Sug’orish manbalariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
1.Ekin talabidan kelib chiqqan xolda suv bilan ta’minlash.
2.Mavjud suv resurslarini isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik. 
3.Suv manbasi sug’oriladigan maydonga nisbatan yaqin va yuqorida 
joylashgan bo’lishi kerak. Bu orqali suvni o’zi oqar bo’lishini taxminlashimiz 
mumkin. 
4.Ekinni sifatli suv bilan ta’minlash. va boshqlar.
Kerakli suv miqdoriyetishtiriladigan ekin turini hisobga olgan xolda, 
xududning gidrologik va suv xo’jalik hisoblari bilan aniqlanadi. Suv manbasining 
asosiy vazifalardan biri, bu ekinlarni talabidan kelib chiqqan xolda, sug’orish 
davrida to’liq suv bilan ta’minlashi kerak. Suv manbasining rejimi bilan ekinlarni 
sug’orish rejimi o’zaro muvofiqlashtirilishi talab qilinadi, bir-biriga mosligi asosiy 
ko’rsatkich hisoblanadi.
Sug’orish tizimidagi gidrotexnik inshootlar to’g’risida fikr yuritamiz. 
Bosh suv olish inshootining asosiy vazifasi manbadan suvni oladi va 
sug’orish tarmog’i yetkazib berishdan iborat. Bosh suv olish inshootlari quyidagi 
turlarga bo’linadi: to’g’onsiz, to’g’onli va mexanik suv ko’tarishli.

Suvni 
manbadan olish usuliga qarab o’zi oqar va mexanik suv ko’tarib
 
sug’oriladigan 
sug’orish tizimlariga bo’lish mumkin.
Sug’orish tizimining asosiy boshlanishi, magistral kanal hisoblanadi.

Magistral kanal
 
- suv manbasidan suvni sug’oriladigan massivga suvni yetkazib, 
sug’orish tarmoqlariga taqsimlab berish uchun xizmat qiladi. Magistral kanal 
ishchi va faolsiz (salt) qismlarga bo’linadi. Salt qismi
 
magistral kanalning 


93 
boshidan birinchi taqsimlovchi kanalgacha, ishchi qismi
 
esa birinchi taqsimlovchi 
kanaldan oxirigacha bo’lgan qism hisoblanadi. Bosh suv olish inshooti majmuasida 
suv manbaidagi suvning sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan xolda tindirgichlar 
(mexanik va gidravlik tozalanadigan) bo’lishi mumkin.
Sug’orish tizimlarini xizmat qilishga qarab o’tkazuvchi (doimiy) va 
boshqaruvchi (muvaqqat)larga bo’lishi mumkin. 
Sug’orish tizimining o’tkazuvchi doimiy kanallariga quyidagilar kiradi:
1. Xo’jaliklararo (MKdan suv olib, xo’jaliklarga taqsimlab beradi.
2. Xo’jalik kanali (suvni xar bir xo’jalikga yetkazib beradi). 
3. Xo’jalik ichki kanali (fermer dalalariga yetkazib beradi). 
4. Shox ariq (fermerning ekin dalasiga yetkazib beradi).
Doimiy sug’orish tarmoqlarining asosiy vazifasi, bu suvni sug’orish 
manbasidan olib, suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymasdan, kerakli muddatlarda va 
kerakli hajmda sug’orish dalasigacha yetkazib berishdan iborat. 
Vaqtinchalik ishlaydigan, boshqaruvchi muvaqqat sug’orish tarmoqlari 
quyidagilardan iborat:
1.
Muvaqqat ariqlar. 
2.
O’q ariqlar. 
3.
Egatlar. 
Muvaqqat ariqlar har yili vegetatsiya davri uchun quriladi, o’q ariqlar va 
egatlar agrotexnik ishlar vaqtida buzilib, ulardan so’ng qayta quriladi. 
Sug’oriladigan, ya’ni ekin ekilgan daladagi ortiqcha suvni olib chiqib ketish 
uchun Suv yig’uvchi, tashlama va kollektor-zovur tarmoqlari hizmat qiladi. 
Suv yig’uvchi - tashlama va kollektor-zovur tarmoqlari turkumi 
quyidagilardan iborat:
1.
Suv tashlagich kanallar - ortiqcha yer usti suvlarini sug’oriladigan 
maydonlardan olib chiqib ketish uchun xizmat qiladi.
2.
Kollektor-zovur tarmoqlari - mineralizatsiyasi yuqori bo’lgan va yer 
yuziga yaqin joylashgan grunt suvlari bor xududlarda quriladi.



94 
Muvaqqat sug’orish tarmoqlarining asosiy vazifasi, sug’orish suvini oqova 
holatidan 
tuproq namligiga aylantirib berishdan iborat. Sug’oriladigan 
matsdonlarni sug’orishda qo’llaniladigan sug’orish kanallarining nomlanishi 
quyidagi 2.4.2-rasmda keltirilgan.


Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish