Irrigatsiya va melioratsiya


 Sug’orish tizimlari ularnig elementlari va vazifalari



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

2.5 Sug’orish tizimlari ularnig elementlari va vazifalari 
Sugorish tizimi– bu suv manbaidan sugoriladigan massivgacha suv yetqazib 


40 
beruvchi va uni aloxida xo’jaliklar o’rtasida taqsimlab, sugorish kanallari tizimidir. 
Sugorish tizimininggasosiy elementlari : 
Bosh kanal yoki quvur va kanallar yoki quvurlarning taqsimlovchi tarmoqlaridir. 
Taqsimlovchi tarmoq bajaradigan vazifasiga ko’ra,XAT( xo’jaliklar aro 
tarmoq), XT(xo’jalik tarmoq), XIT(xo’jalik ichidagi tarmoq), (uchastka 
tarmog’i)UT va sugoruvchi tarmoqlarga bo’linadi. 
Sugorish tarmogi quvurli, ochiq, novli, aralash koplamali yoki koplamasiz qilib 
loyixalandi. 
Sugorish tarmogi (kuchmas) quzgalmas, yarim quzgalmas, muvaqqat va kuchma 
bo’lish mumkin. Sugorish tarmogining kanstruktsiyasi variantlarni texnik iqtisodiy 
takkoslash asosida tanlanadi. 
Sugorish tarmogini loyixalashda quyidagi talablar xisobga olinishi kerak: 
1)sugorish tarmogi qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtirilayotgan dalaga suv talab 
qilinayotgan miqdorda va muddatlarda yetkazilishni ta’minlash; 
2)yuqori yeFK ni; 
3)sugorish tarmogining yuqori FIK; 
4)qishloq xo’jaligi mashina mexanizmlarining yuksak unumdorlik bilan 
foydalanishini. 
Sugorish tarmogining samarali ishlashi uchun uning barcha elementlarini 
sugoriladigan xududni tashkil etish, tabiiy va xo’jalik shart–sharoitlari, xo’jalikda 
mexnatni tashkil etish masalalari bilan o’zaro boglash lozim bo’ladi.Sugorish 
tarmogini rejada joylashtirish printsiplari sugorish dalasi almashlab eqish 
uchastkasi yoki xo’jalikda va sugorish massivida aloxida – aloxida ko’rib 
chiqiladi. Bu uz navbatida turli sugorish usullarida sugorish tarmogi elementlariga 
o’ziga xos xususiyatlarini kengrok ochib berish imkoniyatini yaratadi. Sugorish 
tarmogini sugorish dalasida joylashtirish asosan sugorish usuli va texnikasi, 
topografik shart-sharoitlar va qishloq xo’jalik ekinlari turiga bogliq. 
Davriy sugoriladigan ekinlar uchun uzi okar sugorish usulida tarmoq sugorish 


41 
davrida utkaziladigan muvaqqat tarmoqdan iborat bo’ladi. Muvaqqat ariqlar XIT 
yoki UT (ShA)lardan suv oladi va rejada ikki xil: buylama va kundalang 
sxemalarda loyixalanishi mumkin. 
Mukammallashgan 
sugorish 
tarmogi 
kanstruktsiyalarida 
MA 
o’rniga 
taqsimlovchi quvurlardan: doimiy, yer osti, dala buylab kuchiriladigan quvurlar 
ishlatiladi (TAP-200,KP-160,PPA-165U, PPA-165 va sh.k.). 
Sugorish tarmogi joylashtirish joy relefi, xududni tashkil etish shart-sharoiti, 
xo’jalik talablari, sugorish usuli va texnikasiga bogliq bo’ladi.Sugorish tarmogi yer 
kanallari,navli kanal va yer osti taqsimlanish quvurlaridan iborat bo’lishi mumkin. 
Odatda xar bir XIT ikkita dalaga xizmat qiladi. SHuningdek xar bir taqsimlagich 
bitta yeki bir nechta (3 ... 4 gacha) dalaga xizmat qilishi mumkin, birok bunda 
kanallarni ekspluatatsiya qilish kiyinlashadi. 
XIT dalalarning chegaralari buylab, dalaning eng yuqori nuktadan va mumkin 
qadar, qisqarok qilib loyixalanadi. Almashlab eqish taqsimlagichlari almashlab 
eqish uchastkalari yeki dalalari chegaralari buylab utkaziladi, va bunda xar bir 
almashlab eqish uchastkasi uchun aloxida taqsimlagich loyixalanishi zarur: 
Xo’jalik taqsimlagichi BK yeki XAT dan suv oladi va almashlab eqish 
kanallariga yetkazadi. Agar xo’jalikda bitta almashlab eqish uchastkasi bo’lsa, 
unda tugridan tugri XIK larga uzatadi. 
Tarmoq sxemasi shunday tuziladiki, bunda xo’jalikning suv olishi nuktalari 
ikkitadan oshmasligi kerak. Tomorka yerlarini sugorish uchun odatda XK dan suv 
oluvchi aloxida kanal loyxalanadi. 
Ko’p yillik ekinlar, bog va uzumzorlar va shu kabilarni sugorish uchun maxsus 
taqsimlovchi kanallarni qurish ko’zda to’tiladi. 
Xo’jalik ichidagi novli kanallar odatda uzunligi 2500 m gacha, taqsimlovchi
quvurlar esa 1000...2500 m gacha qilib loyxalanadi, bunda ular 2...3 ta almashlab 
eqish dalasini kesib utishi mumkin. Kanallar uzani yuvilib ketmatlik shartiga 
ko’ra, kanallarning rejada burilish joylarida burish radiusini kanalning suv satxi 
bo’yicha enidan kamida 5 marta katta kiymatda qabul qilinadi. 


42 
Xo’jalik tarmogini loyixalashda quyidagilar ko’zda to’tiladi: 
1)sugoriladigan barcha maydonga suv zarur miqdorda va talab qilingan
muddatda yetqazish sugoriladigan maydonning ixtiyeriy nuktasiga suv bera olish 
uchun kanallarni mumkin qadar baland joylardan o’tqazish; 
2)EFK ning kattaroq kiymatiga erishish uchun kanallar uzunligini mumkin 
qadar qisqarok qilish;kanallar trassasini dalalar, uchastkalar chegaralari bilan 
moslash, ya’ni xududni ratsional tashkil etish masalalarini yechish; 
3) sugorish uchastkasining tabiiy shart-sharoitini, uning muxandislik 
geologiyasi, sugorish usuli va texnikasini xisobga olish; 
4) qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalashtirish va uzan mustaxkamligini 
ta’minlash; 
5) yuqori FIK; 
6) ekspluatatsiya qulayligi; 
7) tizimning yuqori texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlar 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish