2.3. Irrigatsiya va melioratsiya fanining rivojlanish tarixi
Insoniyat jamiyatining dastlabki taraqqiyoti yer yuzida oqar suvlarning
geografik joylashuvi, undan qishloq xo’jaligida foydalanilishi bilan uzviy bog’liq.
Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy davlatlari ham daryo bo’ylari
tsivilizatsiyasining markazlari bo’lgan. Ko’pchilik mamlakatlarning poytaxtlari va
yirik shaharlar ham daryo bo’ylarida joylashganligini ko’rish mumkin. Daryo
bo’ylarida ko’proq sug’orma dehqonchilik rivojlangan bo’lib, bu esa albatta qaysi
geografik kenglikda joylashganligiga ham bog’liq. Issiq mintaqalarda tabiiy
namlik yetishmasligi, o’simliklar vegetatsiya davrining uzoq davom etishi,
quyoshli kunlarning ko’p bo’lishi sun’iy sug’orishni talab qilgan. Sun’iy
sug’orishda suv taqsimoti va suv boshqaruv inshootlarini bunyod etishni taqozo
qilgan. Bularni amalga oshirish uchun matematik, astronomik, muhandislik,
geodezik, geologik, geografik bilimlar va tadqiqotlarni talab qilgan.
Sug’orish inshootlarini yaratish bo’yicha ko’p olimlar, jumladan Ahmad
al-Farg’oniy (797-861), Muhammad al-Xorazmiy (783-850), Abu Nasr Forobiy
(873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048)lar ilmiy tadqiqotlar olib borishlari
natijasida ishlanmalar yaratishgan.
33
Sharqning ulug’ allomasi Ahmad al-Farg’oniy Nil daryosining suvini
o’lchaydigan astronomik asbob «Miqyosi jadid»ni yaratdi. Hozirda Qohiradagi
muzeyda saqlanmoqda. 861 yili al-Farg’oniy Nil daryosining Sayyolat ul-Rod
degan irmog’ida Misrning Al-Manyal tumani Ar-Rod mavzeyida suv sathini
o’lchaydigan gidrotexnika inshootini qurgan va hozirga qadar ishchi holatda
saqlanib keladi.
Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Tsyan Xitoy imperatoriga yozgan xatida-
yangi eradan 138 yil oldin O’rta Osiyoning Farg’ona vodiysida 70 ta shahar
(shahar-qal’a) mavjud bo’lib, aholisi 300 mingdan ortiq, ular uzum, bug’doy, sholi,
beda va boshqa ekinlar yetishtirishini aytib o’tgan. Bu Farg’ona vodiysida o’sha
vaqtdayoq sug’orish ishlari rivojlanganligini ko’rsatadi. Xorazmda ham sug’orish
madaniyati yuqori cho’qqiga ko’tarildi. Bejizga xitoyliklar «
Kanguy
»-kanallar
mamlakati deb yuritishmagan.
Shoir va davlat arbobi, shox Bobur ham Hindistonda hukmronligi davrida
1387 yilda mashhur “Qizil qal’a”da suv qudug’i qurdirgan bo’lib, uning chuqurligi
145 m dan ortiq bo’lib, hozirgi kungacha ham saqlanganligi ma’lum. XVIII-XIX
asrlarda esa Samarqand shahri hududidan oqib o’tuvchi Obirahmat arig’i,
Zarafshon daryosidan Mingdona arig’ini Muhammad Latif o’g’li Hasan tomonidan
qazdirilgan va 445 ga yerga suv chiqarilgan. G’uzordagi lalmi yerlarga koriz
qazdirilib, 800 tanob yerni o’zlashtirgan. Bu qadimiy ishlarda quyidagi suv
inshootlari yaratilgan va ishlatilgan:
Koriz
– yer osti suvlarini yig’ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun
quriladigan yer osti inshooti bo’lib, aholini suv bilan ta’minlash va sug’orish
maqsadlarida qo’llaniladi. Korizlar Yaqin Sharq, Janubi-G’arbiy Osiyoda
tarqalgan. O’rta Osiyoning tog’li va tog’ oldi zonalarida uchraydi. Turkmaniston,
O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 200 yaqin
korizlar qazilgan. XX asrning 20-yillariga qadar O’rta Osiyoda koriz suvlaridan
ekinlarni sug’orishda foydalanilgan. Korizlar kavlash yer osti suvlari sathida ro’y
beradigan o’zgarishlar va joy relefidagi nishablikni aniq belgilashni talab etgan.
34
Koriz trassasi belgilab chiqilgach, shu trassa bo’ylab har 5-40 m da quduqlar
kavlangan. Quduqlarning chuqurligi 14-15 m dan ba’zan 80 m gacha borgan.
Quduqlar suvli qatlamga tutashadigan lahim (tunnel) orqali bir-biriga
birlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |