Irrigatsiya va melioratsiya


XVI. GIDROMELIORATIV TIZIMLARINING PASPORTI



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

XVI. GIDROMELIORATIV TIZIMLARINING PASPORTI, 
INVENTARIZATSIYASI, TASNIFLANISHI VA ULARNING ISTIQBOL 
REJALARI
.. 
16.1.
Gidromeliorativ tizimlarni tasniflashning maqsadi, vazifalari va 
qo’llanish usullari
 
Gidromeliorativ tizimlardan samarali foydalanish uchun ularni quyidagi 
me’yoriy ko’rsatkichlar bo’yicha zaruriy jihozlar bilan ta’minlanishi maqsadga 


285 
muvofiq: 
Bosh inshoot tugunlari va suvdan foydalanish uchastkalar o’rtasidagi aloqani 
o’rnatish uchun dispetcherlik aloqasi tashkillashtiriladi, har 1000 gektar 
sug’oriladigan maydonni 1-2 telefon nuqtasi, hamda 5-6 km telefon aloqa simi 
tortilishi kerak. 
Suv sarfini taqsimlash va sug’orish jarayonini to’g’ri tashkillashtirish uchun 
har 1000 gektar sug’oriladigan maydon uchun xo’jaliklararo tarmoqlarda 6-8 ta 
xo’jalik ichki tarmoqda esa 10-15 ta suv o’lchagich nuqtalari tashkil etilishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Sug’oriladigan maydondagi yer-suv muvozanatini nazorat qilish uchun 
zovur-kollektor tarmoqlarida ham suv o’lchash inshootlari quriladi. Sug’oriladigan 
maydonlardagi sizot suvlarini sathini nazorat qilish uchun sizot suvining sathi 10 
metrdan chuqur bo’lmagan maydonlarda asosiy va yordamchi nazorat quduqlari 
o’rnatiladi. Bunda stvorlar, oralig’i 5-6 kilometr, quduqlar oralig’i 1,0 - 1,5 
kilometr etib joylashtiriladi. Bu kuzatish quduqlaridan tashqari xo’jaliklarda 
sug’orish tarmoqlaridan siziladigan suvlar sathini va sug’orish natijasida sug’orish 
dalalarida sizot suvlar sathini o’zgarishlarini nazorat qilish uchun har 100-150 
gektar maydonga 1 ta kuzatuv qudug’i ham joylashtiriladi. 
Har 1000 gektar sug’oriladigan maydon uchun o’rta hisobda 50-60 ta gidrotexnik 
inshootlar qurilishi to’g’ri keladi. 
Sug’orish tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash va ishlovchi xodimlar va 
ishchilar uchun, ombor, garaj va ustaxonalar kerak bo’ladi. Ularga 1 gektar 
sug’oriladigan maydon hisobiga istiqomat binolari uchun 0,1 - 0,12 m 

, ustaxona 
ombor va garajlar uchun 0,08 - 0,1 m 
2
yer maydonlari ajratiladi. 
Bir ishchiga 8,0 m
2
xizmat joyi va 10 – 12 m
2
yashash joyi bo’lishligi me’yor 
hisoblanadi. 1000 kishiga mo’ljallangan kichik poselkada 150 o’rinli klub, 20 
kishilik tibbiy punkt 3 - 5 o’rinlik mexmonxona, issiq va sovuq suvli, gaz va elektr 
energiyasi bilan ta’minlangan, hamda telefon aloqasi bo’lgan poselka maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Masalan 30 ming gektar sug’orish maydoniga ega bo’lgan 
tizim uchun 100 - 200 ishchi va 500 aholiga mo’ljallangan posyolkalar qurilgan: 


286 
Gidromeliorativ tizim o’zining mustaqil elektr tarmog’i va tranasos 
stantsiyasi formatoriga ega bo’lishi shart va bu tarmoq tizimdagi barcha
inshootlar, suv tarqatish tugunlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Elektr 
quvvatidan sug’orish tizimlarini tozalashda, ta’mirlashda, avtomatlashtirish va 
yoritishda foydalaniladi; 
Gidromeliorativ tizim o’zida bir ishchi kuchi bilan ta’mirlanganda, o’zining 
ishlab chiqarish bazasiga, ta’mirlash punktlariga, ba’zida o’z avtokorxonasiga, 
ko’chma mexanizatsiyalashgan qolonnasiga ham ega bo’ladi; 
gidromeliorativ tizimda sug’orish, sizot va zovur suvlarini minerallashganlik 
darajasini aniqlash, tuproqlarning suv fizik xossalarini tekshirish, sho’rlanish turi va 
darajasini aniqlash, yerni meliorativ xolatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash 
maqsadida laboratoriya tashkil qilinadi; 
sug’orish tarmoqlari bo’ylab piket, kilometr belgilari reperlar va boshqa ko’rsatuv 
belgilari qo’yiladi. 
Sug’orish va zah qochirish kanallari bo’ylab quriladigan aloqa yo’llarini eni 
kamida 4,5 m bo’lishi ulardan ariq va zovurlarni undagi inshootlarni nazorat 
qilishda va ta’mirlashda foydalanishadi. 
Sug’orish kanallari bo’ylab va alohida himoya maydonlarida daraxtlar 
eqiladi. Bu daraxtlar eqiladigan maydon tizim xizmat ko’rsatayotgan umumiy 
maydonning 4-5% tashkil etishi kerak. Meliorativ xolati yomon sug’orish 
tizimlarida esa bu maydon 7-8% ni tashkil etadi. 
O’zbekiston Respublikasi xududida suv resurslarining taqchilligi sababli 
hozirgi vaqtda gidromeliorativ tizimlarga bo’lgan talabni oshishi mavjud 
tizimlardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat bermoqda. 
Bu o’rinda sug’oriladigan maydonlarni kapital va joriy tekislash, zamonaviy 
sug’orish texnikasini joriy qilishga katta e’tibor berilmoqda. Sug’oriladigan 
maydonlardagi yo’llar va ulardagi inshootlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
yetishtirishda muxum ahamiyatga egadir. 
Sug’orish jarayonida ish unumini oshirish, sug’orish sifatini yaxshilash 
maqsadida qo’llaniladigan zamonaviy bosimsiz va bosimli sug’orish texnikalarini 


287 
qo’llash, sug’orish tizimlarini zamonaviy texnik jihozlar bilan jihozlanishini talab 
qiladi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish