~ 218 ~
kuchini oshiradi va asarni yanada jozibali qilib, tomoshabin qalbida shu asarning sirli
eshiklarini ochadigan oltin kalit bo‘lib qoladi. Ana o‘sha kinoasarning sirli eshiklarini
ochishga xizmat qiladigan oltin kalitlardan biri xalqimiz orasida “otalar so‘zi” deb
e’tirof etiluvchi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunasi sanalmish maqollardir.
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq
maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir.
Maqol
atamasi arabcha [
قو ڶ
– “қавлун”] maqola, kichik asar; so‘z, nutq. Hayotiy tajriba
asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan,
ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. Maqol, masal, zarbulmasal, naql,
hikmat, foyda, hikmatli so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishmandlar
so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari
g‘oyat ommaviy bo‘lib, umumfolklor namunasi hisoblanadi.
O‘zbek turmushini, milliyligini, o‘zligini namoyon etgan juda ko‘plab milliy
kinolarimiz bor. Kino ortida o‘z kasbining fidoyilari, jonkuyarlari, katta adabiy-badiiy
zahiraga ega bo‘lgan ma’naviy shaxslar faoliyat yuritishadi. Odatda mashhur
“Mahallada duv-duv gap” filmi haqida gap ketsa, Shuhrat Abbosovning filmi deyishadi,
lekin ssenariy mualliflari Ramazonov va Rest tilga ham olinmaydi. Buning ustiga
dialoglarni buyuk Abdulla Qahhor yozgani qayd etilmaydi ham. Rejissor Sh.
Abbosovning oliy malakasini mutlaqo inkor etmagan holda sayoz ssenariy hech qachon
teran film paydo bo‘lishiga olib kelmaganini ta’kidlab o‘tamiz. “Mahallada duv-duv
gap” ssenariysiga A.Qahhordek hajv, dialog ustasi sayqal bergani, uzoq yurtda yurib
Vatanini sog‘ingan, yurtdoshlarining mehmondo‘stligini, mehr va sadoqatini,
keksalarga izzat-hurmatini, yoshlarga bo‘lgan samimiy his-tuyg‘ularini, ayniqsa chuqur
his etgan rejissor Shuhrat Abbosov asar mualliflari Abdulla Ramazonov va Y.Rest
tasvirlagan obraz va voqealarni yoshlarga xos shijoat, ehtiros ila ekranga olib chiqqani
ham mazkur komediyaning yuksak reytingini belgilab berdi.
Kundalik hayotimizda maqollardan ko‘p foydalanamiz. Badiiy asarlarda
maqollarning ishlatilishi asarning nafaqat badiiyligini ta’minlaydi, balki insonga estetik
zavq-shavq ulashadi. Ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib, davr sinovlaridan o‘tib
kelayotgan o‘lmas, nodir kinolarimizda ham milliyligimiz ramzi bo‘lgan “otalar so‘zi”
- maqollardan keng o‘rinlarda qo‘llanilgan. Jumladan, 1960-yilda rejissor Shuhrat
Abbosov boshchiligida su’ratga olingan “Mahallada duv-duv gap” kinokomediyasida
ham maqollarning o‘rni bo‘lakcha. Kino ishlanganiga qariyb yarim asrdan ziyod vaqt
o‘tsada, o‘z muxlislariga ega ushbu kinoda hokisor Mehriniso ona obrazi tufayli elning
“aya”siga aylangan Lutfixonim Sarimsoqovaning tilidan aytilgan
Do'stlaringiz bilan baham: