ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni // Barkamol avlod – 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 
1997. 
2. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI” O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va 
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish 
to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi 


~ 52 ~ 
ZAMONAVIY TA’LIMDA XALQ PEDAGOGIKASINING O‘RNI
 
 
Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi 
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 
301-guruh talabasi 
Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi kata o‘qituvchisi Achilov N.A.
 
 
Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda mamlakatizmiz ta’lim tizimida turli 
o‘zgartirishlar kuzatilmoqda. Zamon talabiga munosib mutaxassislarni tayyorlash 
maqsad qilib olingan holda bu ishlar amalga oshiriladi. Zamonaviy o‘qitish usullaridan 
foydalanish yuqori natijalarni kafolatlaydi. Ayni shu jarayonda zamonaviylikni 
an’anaviy usul bilan boyitgan holda olib borish xalq pedagogikasini to‘la ravishda 
saqlagan bo‘lamiz. Xalq pedagogikagasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning qamrovi 
nihoyatda keng, bag‘oyatda serqirra va serjilo tushuncha bo‘lib, u shu xalq paydo 
bo‘lgan butun davrni o‘z ichiga oladi. Uning sayqal topishida ne-ne buyuk allomalar, 
pedagoglar xizmati beqiyosdir. Xalq pedagogikasi o‘zbek xalqi xarakter-xususiyatlarini 
chuqur o‘rganilib, qiyosiy tahlillar asosida ishlab chiqilgan xalqimiz odobnomasining 
nodir namunasi hisoblanadi. Unda hayotning barcha tomonlarini, xalq og‘izaki ijodi 
qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo‘nalishlari, 
diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar 
davomida to‘plangan boy tajribalarini, ijtimoiy, axloqiy, siyosiy, falsafiy, ma’rifiy, 
estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba, xulosalarini 
lo‘nda ammo bag‘oyat teran, donishmandnoma tarzda ifodalaydi. Bularning barchasi 
inson tarbiyasi uchun, uning barkamol inson sifatida yetishishi uchun qo‘llanma deb 
qaralsa ham bo‘ladi. 
O‘zbek xalq pedagogikasi an’anaviy o‘quv qo‘llanmasi uzoq yillik ilmiy, 
pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli, ilmiy-
ommaviy tilda yozilgan. Xalqning ommaviy-maishiy hayoti, ta’lim tarbiyaviy axloq-
odobga oid hayotiy yo‘l-yo‘riqlarni, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar – 
dostonlar, ertaklar, mehnat - marosim qo‘shiqlari asotirlar naqllar, rivoyatlar, afsonalar, 
maqollar, matallar, hukmatlar qayroqi so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, 
bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari, aytimlar, olqish va qarg‘ishlar, suyish-
erkalash qo‘shiqlar, erkalamalar, ovunmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinmachoqlar, 
hukmlagichlar, chorlamalar, guldur - guplar, sanamalar, o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq 
lapar, aytishuv, o‘lan, termalar, chorlash qo‘shiqlari, ramazon qo‘shiqlari, boychechak, 
yomg‘ir, quyosh, suv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, 
“Navro‘z”, “Mehrjon”, bahor, kuz, qish, yoz aytim qo‘shiq ashulalari, dehqonchilik, 
chorvachilik va kasb - hunarga oid nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar 
dunyosiga oid namunalar hamda mifologik (mif – afsona) tasavvurlar aks etgan asarar 
bilan boyitilgan. “O‘zbek xalq an’anaviy pedagogikasini” bamisoli ummonga qiyos 
etish mumkin. 
Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keladi, yashovchanligi, “umri” uning 
shunchalar uzoq muddatlar bilan o‘lchanishi, uni hech qanday kuch qudrat bilan 
tenglashtirib bo‘lmas. U ham boshqa dunyoqarash, mafkura, ma’naviyat omillari kabi, 
xalq pedagogikasi tarix to‘fonlariyu, ur - yiqitlarga, to‘s - to‘polonlarga bardosh berib 


~ 53 ~ 
tajriba sinovlardan muvaffaqiyat bilan o‘tib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt hech 
bir davrda – u qanchalik og‘ir, murakkab, qiyin bo‘lmasin, baribir o‘z faoliyatini 
to‘xtatmasdan, aksincha faol xizmat qilib, avlodalar tarbiyasi, kamoloti borasida hal 
qiluvchi rolni o‘ynab keldi. 
Mustaqillikka erishib, o‘zimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega bo‘lgach, 
umuminsoniy va o‘zbekona qadryatlarni har tomonlama chuqurroq anglay boshladik. 
Vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi yangi avlod 
tarbiyasi, salohiyati birinchi o‘ringa chiqdi. Ayni shu jarayonlarda xalq pedagogikasi 
hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini barcha 
muommolarini, qamarab olishi bilan xarakterlanadi. 
Hozirgi zamon ta’lim tarbiyasi, istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, 
uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalrini qabul qilsa, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-
vazifalarini sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki xalq odobnomasi va ibratnomasining 
bu ikki teran, boy, serma’no, mazmunli sohasi – xalq og‘izaki ijodi va xalq pedagogikasi 
an’analari 
– 
insonni 
har 
tomonlama 
tarbiyalash, 
kamolga 
yetkazish, 
ma’naviyatlarimizning ustuvor iymon-etiqodlarimizning butun bo‘lishligi, qadrli 
qadryatlarimizning qadrlanishi garovidir. 
Yuqoridagi fikrlardan ayonki xalq pedagogikasi mamlakatimiz ta’lim tizimi 
ajralmas qismidir. Uni biz ta’limning har bir bo‘g‘imiga olib kira olishimiz lozim. 
Mamlakatimiz xalqaro baholash dasturlariga, xalqaro o‘qitish metodlarini, usullarini 
qo‘llash ko‘lami kengayib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu holatda har bir yangi 
yo‘lni o‘z pedagogik manbalarimiz bilan boyitgan holda tizimga kiritishimiz talab 
etiladi. Masalan PIRLS xalqaro baholash dasturi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
o‘qish savodligini tekshiruvchi dastur sanaldi. Ayni shu dasturni amalga oshirishda 
o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlari, dostonlari, hikoyalaridan foydalanish o‘zligimiz, 
qadryatlarimizni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.
Xalq pedagogikasi bu o‘zbek xalqining o‘zligi, tarix ko‘zgusidir. Biz undan hech 
qachon kechmaymiz, aksincha yanada boyishiga, sayqal topishiga o‘z hissamiz qo‘shib 
boramiz.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish