~ 226 ~
qo‘msab qaytib keladi.
(Otamdan qolgan dalalar)
2. Paxtazor – daftaring bo‘ladi,
g‘o‘zalar – husnixating bo‘ladi! – deydi.
(Otamdan qolgan dalalar)
3. Mash’allarni
ko‘ring – havas qiling! – deydi.
(Otamdan qolgan dalalar)
4. Bu qo‘l emas – kosov
bo‘libdi… Bu yelka emas – qing‘ir-qiyshiq temir-tersak bo‘libdi.
(Otamdan
qolgan
dalalar)
5. Voy bolam-ay, paxta urib ketgan bolam-ay!
(Otamdan qolgan dalalar)
Yuqoridagi misollarda dalani, paxtani, paxtazorini har narsadan muqaddas bilgan,
dalasini jon-u dilidan suygan o‘zbek xalqining boshidan kechirgan dard-u armonlari
metaforizatsiya orqali ifodalab berilgan. Metaforizatsiya inson tafakkurining sirli hamda
sehrli tilsimotlaridan biridir. Metaforizatsiyaning shakllanish va amal qilish
mexanizmida universaliyalar ham, milliy xususiyliklar ham mavjuddir. Zero, “bir xil
narsalarni har xil millat va xalq, odatda, har xil ko‘radi, bir xil tovushni turlicha eshitadi,
bir holatni turlicha his qiladi, tuyadi. Aks holda, xo‘roz hamma joyda bir xil qichqirsa-
da, uni o‘zbek “
quq-qu-quvv
”, rus kishisi “
ku-ka-re-ku
” tarzida eshitmas edi. Bu o‘ziga
xoslik tabiiy-jo‘g‘rofiy o‘ziga xoslik, milliy-etnik dunyoqarash, diniy-e’tiqodiy
muhit
kabi juda ko‘plab omillar bilan bog‘liq.
Masalan, Nasim oshna, sen mening qiyomatli
oshnamsan-ku, sen ayt.
(Yulduzlar mangu yonadi). O‘zbek lingvomadaniyatida
“ajralmas, abadiy birga” ma’nosida “qiyomatli do‘st”, tutingan kishilarga nisbatan
“qiyomatli opa-singil”, “qiyomatli aka-uka” kabi birikmalar uchraydi va bu kabi
birikmalarni boshqa xalqlar lingvomadaniyatida deyarli uchratmaymiz. Diniy e’tiqodga
ko‘ra, qiyomat insonlarning
qayta tirilish kuni, go‘yo bu dunyo tugagach, u dunyoda
hamma so‘roqqa to‘planadigan kun, oxirat, mahshar.
Qirqida qo‘liga soz olgan,
qiyomatda qulog‘ini burar.
(Maqol)
Atama sifatida fanga XX asrning birinchi choragida kirib kelgan geshtaltlar esa,
o‘zining ekspressiv xususiyati bilan eng ta’sirchan, eng esda qoluvchi, kishini o‘ylashga,
fikr-mulohaza yuritishga beixtiyor majbur qiluvchi kuchga egaligi bilan ajralib turadi.
Jahon tilshunosligida metafora
va frazeologik birliklar, geshtaltlar va butun-bo‘lak
munosabatini qiyoslab o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Metafora va
geshtaltlar muayyan millatning tili va madaniyatining o‘ziga xos va universal
xususiyatlarini ochib beradi, nazariy asoslarini tadqiq etishga imkon yaratadi.
Milliy
xususiylikka ega bo‘lgan atamalardan biri lingvistik geshtaltlar har kimda shartli,
o‘zgaruvchan bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, geshtaltning madaniyatimizdagi milliy-
mental tabiati darajasini belgilaydi. Geshtaltlarning asarlarda namoyon bo‘lishi
jarayonida ular asosan yaxlit tushuncha yoki predmet
tavsiflangan mikromatnlarda
uchrashining guvohi bo‘lamiz:
Beg‘ubor bolalik, bebosh yoshlik yaqin olislarda… yaqin
olislarda – sochlarning oqi, yuzlarning bujuri, ko‘zlarning nuri, ko‘ngilning tub-tubida
qoldi...
(Yulduzlar mangu yonadi).
Misoldagi “yoshlik” so‘zi xuddi “ona”, “vatan”
so‘zlaridek til, millat tanlamaydigan geshtaltlardan biridir.
Lingvistik geshtalt, asosan, shaxsning ichki yoki tashqi qiyofasini tasvirlash, tabiat
manzarasi yoxud biror predmetning ko‘rinishini o‘quvchining tasavvurida jonlantirish
maqsadida yaratilgan matnlarda namoyon bo‘ladi. Geshtalt hodisasi ma’lum ma’noda
falsafiy kategoriyalardan biri bo‘lgan butun va bo‘lak munosabatlarining tildagi
ifodasidir. Xalqona tilda ijod qilgan, xalqona mushohada qiladigan adib ijodida
“qishloq” so‘zi ham geshtalt darajasiga ko‘tariladi. Bunga sabab adibning o‘zi bir umr
tug‘ilib - o‘sgan qishlog‘ini sog‘inib, doimo unga talpinib yashaganligida edi. 1.
Xayr,
jannatmakon nurafshon qishloq! Xayr qishloqlarim – gulbog‘larim! – deya pichirladi.
~ 227 ~
(Momo yer qo‘shig‘i)
2. Olam bir, hovuch! Qishloq choldevor! Keng yuzli hovli tovuq
katagi!..
(Oydinda yurgan odamlar)
Misollardagi qishloq leksemasi turli xildagi emotsional-ekspressiv holatni, ijobiy
va salbiy ottenkani bildirib kelgan. Ijobiy: jannatmakon, nurafshon, gulbog‘lar makoni.
Salbiy: choldevor. Ushbu misolda keltirilgan “
Olam bir, hovuch!”
gapida sinekdoha
usulida ma’no ko‘chgan bo‘lsa, keyingi jumlalarda metaforik usulda ma’no ko‘chgan.
Unda Oymomoning ruhiyatidagi tushkunlik, muttasil ravishda
ezilganlikning natijasida
butun hovlining, qishloqning, olamning juda torligi, ko‘rimsiz
holatda ekanligi
tasvirlangan.
Xulosa qilib aytganda, olamning lisoniy manzarasini o‘rganish mobaynida duch
keladiganimiz metaforik ko‘chim, metaforizatsiya asosida vujudga keluvchi
geshtaltlarning mohiyatida insonlarni
dunyoni tushunishga intilishi, fikrlarini obrazli
ifodalashga bo‘lgan ehtiyoji yotadi. Ularsiz nutqimiz ta’sirchan, ifodali va leksik
jihatdan boy bo‘lmagan bo‘lar edi. O‘ziga xos ijod yo‘liga, uslubiga ega T.Murod
ijodida esa metafora va geshtaltning nodir namunalarini uchratamiz,
har bir asarida
adibni qaytadan kashf etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: