~ 154 ~
esa harir libos yuziga tortgan bahor. Bahorning ilk elchisi-adirdagi nimjon imillagan
qishni hurkitmoqchidek uning qoqshol panjasi -qor qatlami etagidan tutib olgan , ustma-
ust zug‘um qiladi: goh chimo‘tni qorga ko‘madi,goh saharda zaharli izg‘irin
purkab,yaxmalakka zanjirtob o‘raydi.U
esa qasdma-qasdiga olib,tobora rang
ochadi.Qish bu xarxasha, yopishqoq qo‘shnidan chekinadi,oq ko‘rpasini shosha- pisha
yig‘a ketadi". Bu xil tasvirlar kitobxondagi ona tabiatga mehr hissini junbishga
keltiradi,o‘zi ham shu ona tabiat farzandi ekanini eslatib turadi. Ulug‘ rus shoiri Pushkin
"Tabiat uyqu sukutini allalaydi" deganda haq edi. Yozuvchi uzoq yillar davomida
Amudaryodagi "Payg‘ambar oroli" qo‘riqxonasida direktor o‘rinbosari lavozimida
ishladi .Bu yillarda hudud hayotini o‘rgandi, materiallar yig‘di. Shu kuzatishlar
natijasida "Katta daryodagi kichik orollar" turkumidagi asarlari yuzaga keldi. Bu
turkumdagi ilk asar " Ayrishox" qissasidir.
Bu qissa yozuvchining shoh asaridir. Asar voqealari Amu sohillari va Bobotog‘
etaklariga tutashib ketgan Qobadiyon va Xontog‘ay dashtlarida bo‘lib o‘tadi. Asarda
"Jahongir Chingizxonni mag‘rurligi, go‘zalligi bilan lol qoldirgan, shunday shafqatsiz
fotihdan omon qolgan, ammo bugunga kelib arzimas sabablarga ko‘ra qirilib ketayotgan
Bug‘ular,
shaxsiy hayotda omadi kelmagan, tabiat jonkuyari Suyar Suyun, "yuzida
umidsizlik ko‘lankasi soya solgan", befarzand Oynovvot," hayot va baxt o‘g‘risi",
tiriklikning eng muqaddas ildiziga bolta urishdan ham tolmaydigan Botir obrazlari
yorqin aks ettirilgan.
Buxoro bug‘usi - xongullar! Bunga mahliyo bo‘lmagan inson bu olamda topilmasa
kerak. Xongullar o‘z erkini muqaddas bilgan tanti hayvondir. Yozuvchi yozadi"
"Erksevarliging boshingga ming xil kulfat, balo- qazolar yog‘diradi.Erk har qanday
qulaylik, farog‘atdan yuksak. Dono ajdodlar maqtagan xosiyating
ham shu xislating
bo‘lsa kerak.Hurriyatning timsoli uchqur asov zotsizlar, so‘nggi istak , xilqat emas-
insonning hali ochilib ulgurmagan notinch xayol,parvozga mahbub tuyg‘ularisiz". Asar
qahramoni "Ayrishox" dastlab odamlar orasida voyaga yetadi.Bug‘u ulg‘aygach
odamlar uni o‘z qavmiga-to‘dasiga qaytaradi.Bug‘u insonlarga xos mehrni ham,
razolatni ham ko‘radi, ya’ni "hazrati inson" bu nodir hayvon qulog‘iga olovli tamg‘a
bosadi. Ona bug‘u shunday o‘ylaydi: "- Qo‘rqma,ular meni boqdi. Keyin shu yurtga
keltirishdi va to‘dangni topib ol, deyishdi. Qulog‘imdan cho‘zishib olov tamg‘a
bosishdi. Qulog‘imdagi tamg‘a
ulardan ulgu,odamlar ming yaxshi bo‘lgani bilan,
ulardan olisroq yurgan afzal". Tiriklik qavmida insonchalik buyuk zot ham,insonchalik
nokas zot ham yo‘q. Hatto qondoshiga xusumat illati ham faqat shu qavmga
xos."Bugungi kunda juda oz qolgan noyob bu hayvonni odamlar tutib, hayu- havas hovli
bezagi qilishsa , ovchi esa ko‘rgan yerida otsa, bu antiqa hayvonlar qirilib bitadiku" -
deya ozorlanadi adib. Bu asarni o‘qiyturib, beixtiyor Chingiz Aymatovning "Oq
kemasi"dagi Shoxdor ona bug‘u haqidagi rivoyat esga tushadi. Ona bug‘u ham dastlab
insonlarga do‘st edi. Lekin odamlar shonu- shuhrat ilinjida bug‘ularni o‘ldirib, ularning
shoxlarini o‘z ajdodlari qabriga bug‘ushox o‘rnatishni o‘ylab topishadi, natijada
bug‘ularga qirg‘in keladi. Go‘zallikni toptab o‘ldirib bo‘ladimi? Go‘zallik xazon
bo‘lgan joyda razolat va qabohat chechak otadiku! Adib ona tabiatning atrof-muhitning
,tabiat yaratgan go‘zallik, boylikning ehtirosli himoyachisi bo‘lib maydonga chiqadi.
Yozuvchi bu bilan yurtga mengzatilgan hayvonlarlarning qirilib ketishiga oddiy
tomoshabin bo‘lib qolmayapmizmikin? - deb o‘ylaydi.
~ 155 ~
2. "Yozuvchi ijodini yaxshi bilishni istasang , avvalo, u tug‘ilib- o‘sgan joyni ko‘r
"- deydilar.Chunki oila, odamlar, atrof- muhit xotirasida o‘chmas iz qoldiradi,asarlari
mavzusiga ,
obrazlariga, tafakkur tarziga o‘ziga xos jilo baxsh etadi , bir umr shu
manbadan ma’naviy ozuqa oladi.Buni ulkan ijodkorlarning o‘zlari ham e’tirof etishadi.
Mengziyo Safarov surxondaryoliklar hayotini, Surxondaryo koloritini adabiyotga olib
kirishga intildi.Uning barcha asarlari Surxondaryoning o‘tmishi va buguni haqida,
barcha qahramonlari surxondaryoliklar,ya’ni siz-u biz bilgan oddiy odamlardir.Asardagi
har bir qahramon go‘yo hayotning o‘zidan shundaygina ko‘chirib olinganga o‘xshaydi.
Asardagi eng xarakterli obrazlardan biri Botir obrazidir. U dastlab bug‘uni otish
uchun kelgan edi. Aslidaku, uning niyati yomon emas edi, yani uning maqsadi:
"Go‘daklik yillarida bir bug‘uchani boqqan, keyin uni
qizaloqdan majburlab tortib
olishgan, o‘shandan qizchaning diydasi qotgan", ulg‘ayib turmush qurib farzand
ko‘rmagan, befarzandlikning davosi allaqanday eshonning tavsiyasiga ko‘ra dam
solingan bug‘u go‘shtini yeyish kerak bo‘lgan ayolga yordam berish! Lekin u Suyar
Suyun kabi hayotini bug‘ularni asrashga baxshida etgan insonlar bilan tanishib fikri
o‘zgaradi.
Asosiy obrazlardan yana biri Oynovvot obrazidir.Yozuvchi uni "xastadil" yuzida
nur, joziba o‘rniga "bemavrid parishonlik" egallagan deb ta’riflaydi. Oynovvotni
befarzand ayollargagina xos "zaifona xokisorlik" allaqachon o‘z iskanjasiga olgan ,
undan qutilish chorasiga bo‘lgan ishonch so‘ngan. Uning eri qovog‘i soliq
Bahodirning
ham chehrasida shu umidsizlik aks etgan. Bu obraz ham bizga "Oq kema"dagi "
xushnud damlari kamdan- kam bo‘ladigan", doim g‘amgin va tajang, "farzandi
bo‘lganda butunlay o‘zgacha yuradigan" Bekey xolani eslatadi. Bu yozuvchining
Chingiz Aytmatov asaridan ijodiy ta’sirlanish natijasi deyish mumkin. Yozuvchining
qadri va martabasi ,obro‘yi va mavqei uning ma’naviy hayotimizga qo‘shgan hissasi
bilan belgilanadi.
Tanqidchilarimizdan biri "Asarni birov o‘qimasa - bu fojea, bu ma’naviy halokat"
degan edi.
Nazarimizda, asarning amaliy ahamiyati bo‘lmasa, bu ham fojea. Shu
ma’noda Mengziyo Safarov asarlarining ahamiyati shundaki, yozuvchi inson va tabiat
qanchalik bog‘liqligini, o‘zligini tanigan insongina tabiat, umr, ezgulik qadriga
yetishini uqtiradi. Yozuvchi tabiat bilan chambarchas bog‘liqligini anglamagan, bunday
hayajonni his qilmagan inson umri zanglagan umrdir deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: