ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


ШЎЪБАСИ BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQ VA TEZ



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

ШЎЪБАСИ
BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQ VA TEZ 
AYTISHNING O‘RNI
 
Eshmirzayeva Safarmo Ўзбек филологияси, 3 курс талабаси 
Ilmiy rahbar: A. Arslonov 
Xalq og‘zaki ijodi va uning janrlari kishi kamolotida katta o‘ringa egadir. Shuning 
uchun uning qadr-qimmati barcha xalqlarda yuksak baholangan. Xalq og‘zaki ijod 
namunalari
tarixiy madaniyatning bebaho hujjatlaridir. Buyuk rus yozuvchisi A. N. 
Tolstoy shunday deb yozgan edi: “Og‘zaki adabiyotni xalq ko‘ngilxushligini 
mevasigina deb o‘ylash xato. U xalqning aqli va vijdonidir.” 
O‘zbek xalqi qadimdan san’atni sevuvchi xalqdir. Shuning uchun folklor 
namunalari ko‘p va rang-barang. Xalq og‘zakini o‘rganish, uning janr xususiyatlarini 
tahlil etish folklorshunos olimlar tomonidan chuqur va atroflicha o‘rganilmoqda. 
H.Zarifov, I.Afzalov, M.Alaviya, M.Murodov, G‘.Jahongirov, T.Mirzaev, M.Obidova, 
Z.Husainovalarning tadqiqotlarida xalq og‘zaki ijodi namunalarining turli janrlari, 
paydo bo‘lishi va taraqqiyot masalalari nazariy jihatdan asoslangan.
Har bir janr bolalar tarbiyasining ma‘lum bir xususiyatini o‘zida aks ettiradi. Ana 
shunday tarbiyaviy va foydali janrlardan bir tez aytish va topishmoqlardir. Bu ikki janr 
insonlar tafakkurini boyitish bilan bir qatorda badiiy asarlarni ta’sirchan, obrazli va 
qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
B. Karimov, M.Afzalov, Z. Husainova kabi olimlar 
o‘zbek topishmoqlarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shganlar. Z. Xusainova 
tomonidan tuzilgan “O‘zbek xalq topishmoqlari” kitobi shu janr yuzasidan qilingan 
katta ishlardandir. Tadqiqotchi shunday deydi: “Xalq donishmandligining durdonalari 
— topishmoqlar inson idroki, kuzatuvchanligi, poetik tasavvur qobiliyatini o‘stiruvchi 
aqlning quvnoq o‘yini, maʼnaviy damolish vositasigina bo‘lib qolmay, ajdodlarimizning 
ruhiy olami, tarixiy o‘tmishinibilishda kalit vazifasini ham o‘taydi”. O‘zbek 
topishmoqlarida o‘zbek voqeligi, o‘zbeklarga xos milliklik ifodalangan. Topishmoq 
narsa yoki voqelik tushunchasini yashirib o‘sha predmet voki voqeilikka tegishli belgilar 
bilan uni ifodaydi. Dastlabki topishmoqlar sodda va oddiy bo‘lgan. Qoziq ustida qor 


~ 152 ~ 
turmas Keyinchalik insoniyat faoliyati kengaygani sari topishmoqlarning ham mavzu 
ko‘lami kattalashgan va o‘zining dastlabki xususiyatlarini, sodda ko‘rinishlarini 
o‘zgartib, o‘zgacha xarakter kasb etgan. O‘zbek ertaklari tarkibida ko‘pincha 
topishmoqlar inson donoligini sinash vositasi bo‘lib kelaadi, uning yechimi og‘ir 
damlarda qahramon hayotini saqlab qoladi. 
Bora-bora topishmoqlar vazifasi o‘zgarib, u ko‘proq so‘z o‘yiniga aylanadi. Buni 
quyidagi topishmoq orqali bilish mumkin: 
O‘yin, o‘yin, o‘yinim, 
Ko‘ngil ochar to‘yinim. 
(Topishmoq) 
Yana bir kichik va ajoyib janrlardan biri bu tez aytishdir. Tez aytishda adashib 
(yanglishib) ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh, asosan bir xil tovush bilan 
boshlanadigan soʻzlar, jumlalar qoʻllanadi. Masalan: 
Qishda kishmish pishmasmish, 
Pishsa kishmish qishmasmish. 
Bu tez aytish qofiyadosh so‘zlardan tuzilgan bo‘lsa, mana bu tez aytishda esa har 
bir so‘z bir xil tovush bilan boshlanadi. Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp. 
Bir tup tutning tomiri bir tup turpning tomirini turtib turibdi, bir tup turpning tomiri bir 
tup tutning tomirini turtib turibdi.
Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham toʻy va bayramlarda tez aytishda 
musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga 
o‘tgan. Bugungi kunda tez aytish va topishmoqlar faqatgina o‘yin, musoqa, 
ko‘ngilxushlik vositasigina emas, balki bolalar idrokini, zehnini o‘stirishda o‘ziga xos 
tarbiya maktabi sifatida yashab kelmoqda. Bu kichik janrlarning tarbiyaviy va didaktik 
imkoniyatlari g‘oyat rang-barangdir. Bolalarda so‘zga muhabbat uyg‘otadi, estetik zavq 
bag‘ishlab, ularni og‘zaki sheʼriyat dunyosiga olib kiradi. Biz quyida ularning bolalar 
nutqini rivojlantirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Bugungi kunda bola nutqini rivojlantirishga oid bir qancha ta’limiy texnologiyalar 
ishlab chiqilgan. Ularning asosiy tarkibini atrof muhit, jismoniy o‘yinlar, milliy urf-odat, 
bayramlar va xaq og‘zaki ijodi namunalari tashkil etadi. Og‘zaki ijod namunalari 
bo‘lgan topishmoq va tez aytishlarning mavzu ko‘lami bola yoshiga mos tarzda tanlansa
nutqning ravon, tog‘ri, tez shakllanishiga xizmat qiladi. Masalan:
Bola dastlabki yoshda atrofidagi kishilar va narsalarni ilg‘ab qolishga harakat 
qiladi. 1-2 yoshlarida esa ularning nomi lisondan tilga ko‘chadi. 3-4 yoshlarda esa 
undagi qiziqish kengayib narsalarning rangi, shakli, xususiyatini ham bilishni qamrab 
oladi. Aynan shu yoshda uning anglaganlari qanchalik to‘g‘ri ekanligi asta-sekin 
tekshirilib borilsa bo‘ladi. Bu davrda bola u nima, buning rangi qanaqa mazmundagi 
savollarga javob bera oladi. Shundan so‘ng uni oddiy topishmoqlar bilan sinab ko‘rish 
mumkin. Bolaga beriladigan dastlabki topishmoqlar oddiy, aniq ko‘rinishga ega bo‘lgan 
predmetlar (uy jihozlari, oziq-ovqat mavzulari) bo‘lishi kerak. Masalan: suyuq suv 
emas, qattiq qor emas.(sut) Boshi taroq, dumi o‘roq, (xo‘roz)Topishmoqdagi barcha 
so‘zlarning ma’nosi bolaga chaqib berilishi kerak. Bu bolaning so‘z boyligini oshirishga 
xizmat qiladi. Keyingi bosqichlarda sonlar bilan bog‘liq topishmoqlar o‘rgatilish. Bir 
onasi, bir bolasi, necha yuz ming bolasi.(quyosh, oy,yulduzlar). 


~ 153 ~ 
Tez aytishlar rang - barang tovushlar uyg‘unligiga, alliteratsiyalari, omonimlar 
paronimlar asoslangan ma’no tovlanishlari bilan ham bolalarni qiziqtiradi.
Tez aytishlar 
vositasida bolalar ona tilidagi tovush va so‘zlarni ravon, burro, aniq talaffuz etishni, 
tovushlar ohangdorligini, so‘zlarning nozik ma’no farqlarini idrok qilish, anglash hamda 
ilg‘ab olishni mashq qiladilar. Shuning uchun tez aytishlar tovush va so‘zlar ustidagi 
mantiqiy mashqlar hisoblanadi. Ular o‘quvchilning nutqini rivojlantiradi, so‘z boyligini 
o‘stiradi, so‘zlashda adashmoqlikka yo‘l qo‘ymaydi. 
Tez aytishlar ham oddiylikdan 
murakkablikka qarab o‘rgatilishi kerak. Dastlab so‘zlar miqdori kam va osson bo‘lishi 
kerak. Tez aytishda bola har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilishiga e’tabor qaratilib, 
xatolarini tuzatish kerak. Masalan: 
Ahmad aka Rahmat akani ko‘rdi. 
Ko‘ylagimga ko‘k munchoq. 
Bashar hasharga shoshar, Yashnar hasharda Bashardan oshar. 
Bir burun ko‘rdim burunnan burun, eshikdan chiqdi burunnan burun. 
Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp. Bir tup tutning tomiri bir tup turpning 
tomirini turtib turibdi, bir tup turpning tomiri bir tup tutning tomirini turtib turibdi.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, tez aytish va topishmoqlar
ulg‘ayib kelayotgan 
yoshlarning maʼnaviy ehtiyojlariga oziq bo‘lish bilan bir qatorda, xayolotini, tasavvurini 
kengaytiradi. Ezgulikka chorlab, inson uchun eng aziz bo‘lgan ona tiliga, tug‘ilgan 
yurtiga muhabbat uyg‘otadi va eng asosiysi, bolaning nutqi ravon, fikri teran bo‘lishiga 
xizmat qiladi. So‘zlashuv jarayonida bola nutqidagi takrorlarni oldini olib mazmunli 
so‘zlashga undaydi. Har bir harfni , so‘zni orfoepik qoidalarga mos talaffuz qilishni 
ta’minlaydi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish