Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:
– ishlab chiqarishning to‘planishi;
– kapitalning to‘planishi va markazlashuvi;
– fan texnika taraqqiyoti;
– davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi;
– o‘zaro kelishish.
Monopoliyaning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin:
Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi;
Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va
resurslarni tejash imkonini beradi;
Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklashi narxlarning ko‘tarishi, pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining pasayishiga olib keladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorlikni bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan potensial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, assortimentini
Do'stlaringiz bilan baham: |